Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish


Download 0.58 Mb.
bet80/198
Sana23.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1389275
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   198
Bog'liq
2. Иш юритиш КИТОБ ЛОТИН

(imzo) Alijon Sobirov
Chinoz shahri, ikki ming o‘n sakkizinchi yil aprel oyining oltinchi kuni.


L90


Ariza




48-ilova


Marg‘ilon shahar 1-davlat notarial idorasiga Chinoz tumani Eski Toshkent qishlog'i Samarqand ko'chasi 5 0-uyda yashovchi AHjon Sobirovdan

ARIZA
Men, Alijon Sobirov, 2018-yil mart oyining 22-kunida vafot etgan otam Saidvali Sobirovning merosxo'ri sifatida uning mulkini tasamif etishga kirishmadim va meros mulkidan hissa olishni xohlamayman.
(imzo) Alijon Sobirov
Chinoz shahri, ikki ming o‘n sakkizinchi yil may oyining yigirma birinchi kuni


Sud idoralariga, xo‘jalik yoki hakamlik sudiga, pro- kuratura va boshqa huquqni muhofaza qilish idoralariga yoziladigan va ular tomonidan ко“пЬ chiqiladigan arizalar ham mundarija jihatidan rang-barangdir. Bunda fuqarolar o‘z- larining amaldagi qonunchilikda bclgilab qo‘yilgan huquq va majburiyatlarini himoya qilish yoki ulaming ijro qili- nishini talab etib, da’vo, iltimos yoki shikoyat mazmunidagi arizalami yozadilar. Shuning uchun ham bunday arizalarning aksariyati da’vo arizalari deb yuritiladi. Bunday idoralar- ga fuqarolaming shaxsiy arizalaridan tashqari, muassasalar tomonidan yoziladigan xizmat arizalari ham yo‘llanadi. Bular sirasiga aybdorlami jinoiy javobgarlikka tortish haqidagi, da’vo mazmunidagi va shu kabi arizalami kiritish mumkin. Xizmat arizalari, odatda, maxsus bosma ish qog4ozlarida yoziladi, bunday bosma ish qog‘ozlarida yozilmagan xizmat arizalariga to‘rtburchak muhr qo‘yiladi.
Da’vo arizalari muassasalaming boshqa aybdor mu­assasalar yoki (javobgar) shaxslardan da’vo qilinayotgan
191


Ma lumot-axborot hujjatlari




mablag* yoki b iron-bir mol-mulkni majburiy ravishda un­dirib berishni iltimos qilib, sud idoralariga yoki davlat hakamligiga yo‘llagan yozma murojaatidir. Manfaatdor tomo rming j anjal (nizo)ni ixtiyoriy ravishda ijobiy hal qilish yo‘lidagi harakatlari natijasiz qolganda, ya’ni qarshi tomon manfaatdor tomonning da’vosiga rad javobi bcrgan yoki umuman javob bermagan hollarda da’vo arizalari yozilishi mumkin.
Da’vo arizalarining zaruriy qismlari odatdagi ariza- larnikidan birmuncha boshqacharoq bo‘ladi:

  1. Da’vo arizasi yo‘llovchining nomi, hujjatning tu­zilgan vaqti va tartib raqami ko‘rsatilgan to‘rtburchak muhr.

  2. Sud idorasi yoki davlat hakamligining nomi (varaq- ning yarmidan boshlab o‘ng tomoniga yoziladi).

  3. Da’vogarning to‘liq nomi va manzili (2-qismning ostiga yoziladi).

  4. Javobgarning to‘liq nomi va manzili (3-qismning ostiga yoziladi).

  5. Da’vo summasi (bu qism 4-qismning so‘nggi satrlari bilan bir chiziqda bo‘lishi talab qilinadi).

  6. Hujjat nomi (Da’vo arizasi).

  7. Da’vo arizasining matni (mazmuni) - matnda nizo- ning mohiyati, da’vogarning nizoni ko‘ngilli ravishda hal qilish yoiidagi chora-tadbiri va uning natijalari, da’vo­garning javobgar tomonga qo‘ygan talablari, talablarning haqqoniyligiga dalillar aniq va yaqqol bayon qilinadi.

  8. Ilovalar (da’vogarning talablarini asoslovchi barcha hujjatlar sanaladi).

49-ilovada muassasa faoliyati bilan aloqador da’vo ari­zasi namunasi berildi.


192



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling