Davlat tuzumi Volodimir Zelenskiy


Download 0.49 Mb.
bet16/18
Sana16.04.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1360494
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
IQTISODIY SIYOSAT FANIDAN REFERAT

2022 yil 24 fevralda Rossiya Ukrainani «demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish zarurati» yuzasidan «maxsus harbiy operatsiya» boshlaganligini e’lon qildi. Ukrainada «maxsus-harbiy operatsiya» yorlig‘i ostida boshlangan urush, roppa-rosa bir yildirki, davom etib kelmoqda. Urushning birinchi oylarida tomonlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar natija bermadi.
Chuqur globallashuv sharoitida urushning iqtisodiy oqibatlari faqatgina undagi ishtirokchi davlatlar bilan cheklanib qolmaydi. Bu urush pandemiya inqirozidan so‘ng tiklanish arafasida turgan butun boshli global iqtisodiyotga sezilarli zarba bo‘ldi. Quyida ikki davlat boshdan kechirayotgan, biroq badalini butun dunyo hamjamiyati birgalikda to‘lab kelayotgan ana shu urushning iqtisodiy oqibatlari haqida hikoya qilamiz.



Global o‘sishning sekinlashishi


2022 yilda energiya inqirozi, inflyatsion bosim va aholining real daromadlari qisqarishi kabi qator omillar ta’sirida global iqtisodiyotning sekinlashishi kuzatildi va global o‘sish ko‘rsatkichi 2021 yildagi qariyb 6 foizdan 3 foizgacha qisqardi. Jahon bankining tadqiqotlariga ko‘ra, 2023 yilda Ukrainadagi urushning davom etishi, energiya va oziq-ovqat mahsulotlarining yuqori inflyatsiyasi saqlanib qolishi, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tovarlar taqchilligi fonida global YAIM o‘sishi 1,7 foizgacha sekinlashishi kutilmoqda.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD)ga ko‘ra, 2023 yildagi global o‘sishga asosan rivojlanayotgan Osiyo mamlakatlaridagi iqtisodiy o‘sish hisobiga erishiladi. AQSh va Yevropa mamlakatlari iqtisodiyoti sekinlashayotgan bir paytda global o‘sishning to‘rtdan uch qismi aynan rivojlanayotgan Osiyo mamlakatlari hissasiga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda.

Manba: Jahon banki

Rekord darajadagi inflyatsiya


2022 yilning oktabr oyida Xalqaro valyuta jamg‘armasi (IMF) yillik global inflyatsiya ko‘rsatkichi 2021 yildagi 4,7 foizdan 2022 yil yakuniga kelib 8,8 foizgacha o‘sishi va 2023 yilda 6,5 foizgacha pasayishini prognoz qilgan edi. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) mazkur ko‘rsatkichni 9,4 foiz (2023 yilda — 6,6 foiz) deb baholadi. 2022 yilda dunyoning o‘nlab mamlakatlarida ikki xonali, Venesuela, Sudan, Zimbabve, Turkiya va Argentina singari davlatlarda uch xonali inflyatsiya ko‘rsatkichi qayd etildi.

Manba: Statista
Eng birlamchi va doimiy ehtiyojlarni qondirishga mo‘ljallangan tovarlar — oziq-ovqat va uy-joy narxlari pandemiyadan oldingi davrdayoq ko‘tarila boshlagan edi. Ukrainadagi urush oqibatida energiya va oziq-ovqat bozoridagi taklif hamda ta’minot va qiymat zanjirlaridagi uzilishlarning vujudga kelishi mavjud inflyatsiyani yanada tezlashtirdi.
Ta’kidlash joizki, Rossiya va Ukraina iqtisodiyoti ko‘lami jihatidan global iqtisodiyotda yirik ulushga ega bo‘lmasa-da (2022 yilda mos ravishda 3,2 foiz va 0,3 foiz), har ikkala mamlakat jahon bozorida energiya va asosiy oziq-ovqat tovarlari ta’minotida muhim o‘rin tutadi. Shu nuqtai nazardan, Ukrainadagi urush energiya va oziq-ovqat bozorida qisqa muddatda jiddiy shoklarni keltirib chiqardi.

2020−2022 yillarda birlamchi ehtiyojlarga mo‘ljallangan tovarlar (Iste’mol narxlari indeksi (1), oziq-ovqat va alkogolsiz ichimliklar (2), uy-joy, ichimlik suvi, elektr energiyasi, gaz va boshqa yoqilg‘ilar (3)) narxlarining o‘sishi turli daromad guruhlari bo‘yicha mamlakatlar kesimida. Manba: WEF Global Risks 2023
Ukrainadagi urush energiya narxlarining 1970 yillardagi neft inqirozidan beri kuzatilmagan sur’atlarda o‘sishiga olib keldi. Jahon banki mutaxassislarining ma’lum qilishicha, 2023 yilda energiya narxlari o‘rtachadan 46 foiz yuqori darajada saqlanib qolishi kutilmoqda. OECD prognozlariga ko‘ra, energiya narxlarining o‘sishda davom etishi 2023 yilda global YAIMda 0,5 foiz yo‘qotishga va global inflyatsiyaning 0,7 foizga yuqoriroq bo‘lishiga olib kelishi mumkin.


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling