Davlat tuzumi Volodimir Zelenskiy
Mintaqaviy farqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Download 0.49 Mb.
|
IQTISODIY SIYOSAT FANIDAN REFERAT
- Bu sahifa navigatsiya:
- YaIM[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mintaqaviy farqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]Iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan mintaqalar — Donbass (Donetsk viloyati va Lugansk viloyati), Dnepr viloyati (Dnepropetrovsk viloyati va Zaporojye viloyati), shuningdek, Kiev, Xarkov, Odessa, Lvov shaharlari iqtisodiy jihatdan juda katta salohiyatga ega hisoblanadi. Eng agrar iqtisodiyotga boglanib qolgan rayonlar: Podolskiy, Markaziy va Qora dengiz hududlari hisoblanadi YaIM[tahrir | manbasini tahrirlash]
* Ekstrapolyatsiya qilingan qiymatlar. SSSR parchalanishi natijasida shakllangan Ukraina va boshqa yirik davlatlar aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotning oʻsish dinamikasi. Manba: Jahon banki
Iqtisodiyoti[] Kiyev Ukrainaning moliyaviy markazidir. Ukraina — industrial-agrar mamlakat. Milliy daromad tarkibida sanoat 30%, qishloq xoʻjaligi 14%, xizmat koʻrsatish sohasi 56% ni tashkil etadi. Ogʻir industriyada ishlab chiqarish sanoatining ulushi juda katta. Jumladan, konchilik sanoati, qora va rangli metallurgiya, kemasozlik, ogʻir mashinasozlik, neft kimyosi va koks kimyosi sanoati, shuningdek, harbiy sanoat majmuasi rivojlangan. Oʻrmon, yogʻochsozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati, binokorlik materiallari ishlab chiqarish, avtomobilsozlik salmoqli oʻrni tutadi. Ilmfan yutuqlariga asoslangan sanoat tarmoqlari, ayniqsa, raketasozlikning ulushi ortib bormoqda. Jumladan, Ukrainaning „Zenit“ eltuvchi raketasi yordamida xalqaro „Dengiz starti“ loyihasining amalga oshirilishi taʼminlanmoqda. Yirik issiqlik va atom elektr stansiyalari, shuningdek, Dnepr daryosidagi GES kaskadi (yiriklari Dnepr, Kremenchug, Kaxovka GESlari) energetikaning asosini tashkil etadi. 1986-yil Chernobil AESda falokat yuz berishi oqibatida 3000 MVt quvvatli 3 ta energetika bloki 2000-yildagi xalqaro kelishuvga binoan yopib qoʻyilishi natijasida Ukrainada elektr energiya hosil qilish birmuncha kamayib, 2003-yilda 179,5 mlrd. kVtsoatga tushib qoldi. Ukraina iqtisodiyotida konchilik sanoati muhim oʻringa ega: toshkoʻmir (Donetsk va LvovVolin havzalari), qoʻngʻir koʻmir (Dnepr havzasi), gaz va neft (Karpatoldi, Qora dengiz shelfi), temir rudasi (Krivoy Rog va Kerch havzalari), marganets rudasi (Nikopol yaqini), kaliy (Karpatoldi), toshtuz (Donetsk havzasi) va boshqa foydali qazilmalar qazib olinadi. Mahalliy temir va marganets ruda konlari asosida ishlovchi qora metallurgiya korxonalari choʻyan, poʻlat, prokat, polimetall konlariga asoslangan rangli metallurgiya korxonalari simob, alyuminiy, titan, sirkoniy, nikel, mashinasozlik va metallsozlikning yirik korxonasi boʻlmish Novokramatorsk mashinasozlik zavodi domna va marten pechlari uchun uskunalar, shaxtalar uchun mashinalar, yuk koʻtarish mexanizmlari, temirchilik press uskunalari, ekskavatorlar ishlab chiqaradi. Radioelektronika sanoati, shu jumladan, televizor va EHMlar ishlab chiqarish rivojlangan. Ukrainada teplovoz (Lugansk), vagon (Dneprodzerjinsk, Kremenchug, Kadiyevka), avtobus va avtoyuklagich (Lvov), yengil avtomobil (Zaporojye), yuk avtomobillari (Kremenchug) zavodlari, kemasozlik (Nikolayev), Xerson, Kiyev samolyotsozlik, stanoksozlik, asbobsozlik, energetika va elektr texnika sanoati korxonalari bor. Kime va neft kimyosi sanoati korxonalari lok, boʻyoq, sintetik smola, plastmassa, sunʼiy va sintetik tola, kimyoviy reaktorlar, fotoreaktivlar, qishloq xoʻjaligi va roʻzgʻorda ishlatiladigan turli mahsulotlar ishlab chiqaradi. Oziq-ovqat sanoatida qandshakar, spirt, yogʻ, goʻsht, un, mevasabzavot konservalari ishlab chikaruvchi koʻpgina korxonalar mavjud. Qrim, Odessa, Xerson kabi janubiy viloyatlarda va Zakarpatyeda vinochilik, dengiz boʻyi shaharlarida baliq sanoati rivoj topgan. Yengil sanoat toʻqimachilik (ip gazlama, movut, shoyi va zigʻir tolali gazlama ishlab chiqarish), tikuvchilik, koʻnpoyabzal, chinni zavod va fabrikalarini oʻz ichiga oladi. Qishloq xoʻjaligi, asosan, don, texnika ekinlari va chorvachilik mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan. Ukrainaning qishloq xoʻjaligiga yaroqli yer fondi 40,2 mln. gektarni tashkil qiladi. Dehqonchilikda donli ekinlardan kuzgi bugʻdoy, makkajoʻxori, sholi, arpa, tariq, grechixa va boshqa yetishtiriladi. Bogʻdorchilik, polizchilik va tokchilik rivojlangan. Texnika ekinlaridan qand lavlagi, kungabokar, uzun tolali zigʻir, qoʻnoq, tamaki ekiladi. Kartoshka yetishtiriladi. Oʻrmondasht va dasht zonalarida dorivor va efirmoyli oʻsimliklar ekiladi. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki, parranda boqiladi. Bu tarmoq, asosan dasht zonasida, Karpat togʻlari va Polesyeda rivojlangan. Asalarichilik, pillachilik, darrandachilik bilan ham shugʻullaniladi. Qora va Azov dengizida balik, ovlanadi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling