Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasining shakllari 1-ilovaga muvofiq


Download 55.58 Kb.
bet2/2
Sana23.04.2023
Hajmi55.58 Kb.
#1385799
1   2
Bog'liq
666 15.08.2018

T.r

Kiyimlar

Rangi

Mato tarkibi

Izoh

1.

Ko‘ylak

oq

100% paxta

Oddiy klassik bichimda tikilgan, yengi kalta variantda ham tikiladi.

2.

Nimcha

ko‘k, ko‘k katak

65% paxta,
35% poliester

O‘g‘il bolalar nimchasining old tarafida ko‘k katak matodan foydalanilgan, qiz bolalar nimchasining yonida yolg‘on cho‘ntak tikilgan.

3.

Shim

ko‘k

65% paxta,
35% poliester

Shimning old qismida stryelka va ikki yonida cho‘ntaklari bor. Shim kiyib yurilganida oyoqning to‘pig‘i yopiq holatda bo‘lishi ta’minlanishi shart.

4.

Yubka

ko‘k katak

65% paxta,
35% poliester

Trapetsiya shaklida tikilgan va yon qismida to‘rtta yig‘ma mavjud. Yubka kiyib yurilganida tizzadan tepasini to‘liq yopishi va tizzadan pastga ko‘pi bilan 8 santimetrgacha uzaytirilishi mumkin.

5.

Yengil kurtka

ko‘k

65% paxta,
35% poliester

Erkin bichimda tikilgan, yoqa va manjet qismida rezina material va ikki yonida cho‘ntaklari bor.

7 — 11-sinflar uchun


T.r

Kiyimlar

Rangi

Mato tarkibi

Izoh

1.

Ko‘ylak

oq

70% paxta,
30% poliester

Klassik uslubda tikilgan, yengi uzun
va kalta variantlarda tikiladi.

2.

Nimcha

to‘q ko‘k

45% paxta,
55% poliester

O‘g‘il bolalarning nimchasida ikki qator tugma va qizlarnikida bir qator tugma mavjud.

3.

Shim

to‘q ko‘k

45% paxta,
55% poliester

Shimning old qismida stryelka va ikki yonida cho‘ntaklari bor.Shim kiyib yurilganda oyoqning to‘pig‘i yopiq holatda bo‘lishi ta’minlanishi shart.

4.

Yubka

to‘q ko‘k

45% paxta,
55% poliester

Tizzadan yuqori bo‘lmagan, klassik uslubda tikilgan.Yubka kiyib yurilganida tizzadan tepasini to‘liq yopishi va tizzadan pastga ko‘pi bilan 12 santimetrgacha uzaytirilishi mumkin.

5.

Pidjak

to‘q ko‘k

45% paxta,
55% poliester

Klassik uslubda tikilgan, relyef vitochkalari va cho‘ntaklari mavjud.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 666-son qaroriga
2-ILOVA
Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi
nizom
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari (keyingi o‘rinlarda ta’lim muassasalari deb yuritiladi) o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini (keyingi o‘rinlarda — maktab formasi) joriy etish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom talablari ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun majburiy hisoblanadi.
Mazkur Nizom talablari ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari va maktab-internatlari, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktablari va maktab-internatlari uchun tatbiq etilmaydi.
3. Maktab formasining matosi o‘quvchilarning yoshiga, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga to‘liq javob berishi shart.
2-bob. Ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etishning maqsad va vazifalari
4. Maktab formasini joriy etishning maqsadi o‘quvchilarning bilimli, odob-axloqli, sog‘lom fikrli, har tomonlama barkamol shaxs bo‘lib yetishishiga ko‘maklashish, o‘zaro tenglik va belgilangan tartib-qoidalarga itoatkorlik hissini uyg‘otish, ularning salomatliklarini muhofaza qilish uchun shart-sharoit yaratish, o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yuzaga keltirishdan iborat.
5. Quyidagilar maktab formasini joriy etishning vazifalari hisoblanadi:
ta’lim muassasalarida sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, yosh avlodga zamon talablari va milliy qadriyatlar asosida ta’lim-tarbiya berishga ko‘maklashish;
o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro ijtimoiy tenglik tamoyillarini qaror toptirish;
ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning ichki tartib va odob-axloq qoidalariga to‘liq rioya etishlarini tartibga solish;
o‘quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga yot bo‘lgan “ommaviy madaniyat” xurujlaridan himoya qilishga ko‘maklashish.
3-bob. Ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash va ularga qo‘yilgan talablar
6. O‘quvchilar tomonidan maktab formasini kiyishda quyidagi talablarga rioya etilishi lozim:
kiyimlarning o‘ta tor yoki o‘ta keng bichimda bo‘lmasligi;
Oldingi tahrirga qarang.
qizlar uchun yubkaning uzunligi tizzadan kamida 5 — 15 sm pastda bo‘lishi;
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktabrdagi 558-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2022-y., 09/22/558/0887-son)
o‘g‘il bolalar uchun shimning uzunligi oyoq to‘pig‘idan pastda bo‘lishi;
oyoq kiyimlar poshnasining 3 santimetrdan baland bo‘lmasligi;
ko‘ylakning eng yuqoridagi faqat bitta tugmasidan tashqari boshqa tugmalarning qadalgan bo‘lishi;
kiyimlarning toza va dazmollangan bo‘lishi.
7. O‘quvchilar ta’lim muassasasi binosi ichida bosh kiyimsiz yurishlari lozim, ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan turli tadbirlar jarayoni bundan mustasno.
O‘zbekiston Respublikasida aholi turli millat va diniy konfessiyalar vakillaridan iboratligi hamda majburiy umumiy o‘rta ta’lim dunyoviy xaraktyerga egaligi munosabati bilan o‘quvchilarning maktab formasiga turli din va konfessiyalar xamda turli submadaniyatlarga mansublikni aks ettiruvchi elementlarni (hijob, kipa, kashaya, xoch va boshqalar) qo‘shishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shuningdek, umumta’lim maktablarida:
o‘g‘il bola o‘quvchilarning ta’lim muassasasiga tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirgan yoki pirsing qilgan, soqol qo‘ygan, sochi 2-3 santimetrdan uzun bo‘lgan va yorqin ranglarga bo‘yagan holda kelishlariga;
qiz bola o‘quvchilarning ta’lim muassasasiga tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirgan yoki pirsing qilgan, sochini yorqin ranglarga bo‘yagan, yuzini ko‘zga tashlanadigan darajada makiyaj qilgan, qulog‘iga bittadan ortiq sirg‘a taqqan, barmoqlariga uzuk taqqan, qo‘l tirnoqlarini bo‘yagan va uzun qilib o‘stirgan holda kelishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.
8. Ob-havo sharoitidan kelib chiqib, o‘quvchilar maktab formasining nimchasini yoki kostyumini, ko‘ylakning yengi uzun yoki kalta shaklini ixtiyoriy ravishda kiyishlari mumkin. Shuningdek, qishki o‘qish davrida o‘quvchi qizlarga yagona maktab formasiga mos shim kiyishga ruxsat beriladi.
9. Ta’lim muassasasi tomonidan maktab formasining namunaviy yagona shakllarining rangli rasmlari va texnik ko‘rsatkichlari — matoning tarkibi va rangi haqidagi ma’lumotlar 1 — 6-sinflar va 7 — 11-sinflar kesimida ta’lim muassasasining barchaga ko‘rinarli joyiga osib qo‘yiladi.
10. Ta’lim muassasasi rahbariyati har yili 20-fevralga qadar o‘quvchilarning taxminiy soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni sinflar va jins (o‘g‘il/qiz) kesimida tegishli tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limiga taqdim etadi.
11. Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari har yili 1-martga qadar o‘quvchilarning sinflar va jins (o‘g‘il/qiz) kesimidagi tuman (shahar) bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotlarni (prognoz) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasiga taqdim etadi.
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan tasarrufidagi ta’lim muassasalaridagi jami o‘quvchilarning sinflar va jins (o‘g‘il/qiz) kesimidagi soni (prognoz) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirgan holda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga har yili 10-martga qadar taqdim etadi.
13. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan umumta’lim maktablari jami o‘quvchilarining sinflar va jins (o‘g‘il/qiz) kesimidagi soni (prognoz) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hududlar bo‘yicha umumlashtirilgan holda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga har yili 20-martga qadar taqdim etiladi.
14. “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi taqdim etilgan ma’lumotlarni hisobga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda har yili aprel-avgust oylari davomida hududlar bo‘yicha maktab formalarining ishlab chiqarilishini tashkil etadi.
15. “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi maktab formalarining hududlar va tuman (shahar)lar bo‘yicha ishlab chiqarish va savdosi tashkil etiladigan joylar to‘g‘risidagi manzilli ma’lumotlarni har yili 20-aprelga qadar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga taqdim etadi va ommaviy axborot vositalari orqali savdosi tashkil etiladigan joylar to‘g‘risidagi manzilli ma’lumotlarni e’lon qiladi.
16. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi ishlab chiqaruvchilar va savdo shohobchalarining manzillari haqidagi ma’lumotlar har yili 25-aprelga qadar barcha ta’lim muassasalarga yetkazilishini ta’minlaydi.
17. Ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan har yili 1-mayga qadar ta’lim muassasasining barchaga ko‘rinadigan joylariga maktab formasini qayerda va qanday tartibda xarid qilish mumkinligi to‘g‘risida tegishli e’lon joylashtiriladi hamda ta’lim muassasalari tomonidan ota-onalar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib boriladi.
4-bob. O‘quvchilar tomonidan zamonaviy yagona maktab formasini kiyish tartibiga rioya qilmaganlik uchun javobgarlik
18. O‘quvchilarning maktab formasini kiyish tartibiga rioya qilmaslik ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzish deb baholanadi va bunday o‘quvchilarga quyidagi choralar qo‘llanishi mumkin:
ogohlantirish;
kundalik daftariga qayd etish;
tushuntirish ishlarini olib borish uchun ota-onasini xabardor qilish;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ta’lim muassasasidagi yig‘ilishlarda ota-onalar ishtirokida muhokama qilish.
5-bob. Yakuniy qoidalar
19. O‘quvchilarning ta’lim muassasasiga maktab formasida kelishlarini ta’minlash uchun ota-onalar mas’ul hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Ta’lim muassasasida o‘quvchilar tomonidan maktab formasini kiyish tartibiga rioya qilinishi ta’lim muassasasi rahbariyati, sinf rahbarlari va pedagog xodimlar tomonidan nazorat qilib boriladi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son)
Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy maktab formasini joriy etish tartibi to‘g‘risida nizomga
ILOVA
Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi
SXEMASI



(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2018-y., 09/18/666/1768-son; 20.06.2019-y., 09/19/509/3316-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2022-y., 09/22/271/0433-son; 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son, 04.10.2022-y., 09/22/558/0887-son)

Download 55.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling