|
Xalq ta’limi vazirligining
2021-yil 26-avgustdagi
______________-sonli xatiga
ILOVA
|
Davlat umumta’lim maktablarida 2021/2022-o‘quv yilining birinchi kunida tashkil etiladigan “Mustaqillik darsi”ning
O‘QUV-REJA va DASTURI
Joriy o‘quv yilning birinchi kuni, ya’ni 6 sentabr kuni davlat umumta’lim maktablarining barcha sinflarida dars mashg‘ulotlari “Mustaqillik darsi” sifatida tashkil etilib, sinf rahbarlari hamda fan o‘qituvchilari tomonidan o‘qitiladi.
Jumladan, mazkur dars boshlang‘ich (1-4) sinflarda 2-soat, yuqori
(5-11) sinflarda 5-soat xajmida o‘qitiladi.
BOSHLANG‘ICH SINFLAR
№
|
Mavzu nomi
|
Davomiyligi
|
Kim tomonidan o‘qitiladi
|
1.
|
Men mustaqillikni qanday tushunaman?
|
45-minut
|
sinf rahbari
|
2.
|
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi davrida erishib kelayotgan ulkan yutuqlar hamda barpo etilgan ulkan inshootlar
|
45-minut
|
sinf rahbari
|
1. “Men mustaqillikni qanday tushunaman?” – 1-soat.
Ushbu mavzu doirasida “mustaqillik” tushunchasiga izoh beriladi, o‘quvchilarning mustaqillik haqidagi tassavvurlari aniqlanadi shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi jarayoni qisqa va sodda tilda taqdimot orqali tushuntirib beriladi.
2. “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi davrida erishib kelayotgan ulkan yutuqlar hamda barpo etilgan ulkan inshootlar” – 1-soat.
Mazkur mavzu doirasida mamlakatimiz hududida mustaqillik yillarida, хususan so‘nggi besh yil davomida bunyod etilgan ulkan madaniyat, sport, ko‘ngilochar va ijtimoiy ob’ektlar, yangi darsliklar, mashhur sportchilarimiz
va iqtidorli maktab o‘quvchilarimizning yutuqlari haqida o‘quvchilarga ma’lumot beriladi. Shuningdek, o‘quvchilar orasida kelajakda qanday kasbni tanlash orqali mamlakatimizni yanada rivojlantira olishlari to‘g‘risida savol-javob o‘tkaziladi.
YUQORI SINFLAR
Do'stlaringiz bilan baham: |