II. FANNING MAZMUNI
Fanni o‘qitishdan maqsad - Talabalarga ta’lim va tarbiya jarayonlarining nazariy va amaliy asoslarini urgatish, pedagogik faoliyat mazmuni bilan tanishtirish, umumpedagogik bilimlarni, pedagogik madaniyatni, kasbiy-pedagogik kompetentlikni shakllantirish va innovasion ta’lim jarayoniga tayyorlash orqali pedagogik jarayonda muvaffaqiyatga erishish masalalarini xal qilishga o’rgatish.
Fanning vazifalari – Fanning ilmiy, amaliy va metodologik asoslarini o’rgatish, ta’lim jarayonini innovasion boshkarish, inklyuziv ta’lim sharoitida faoliyat yuritish, pedagogik mahoratni egallash yo`llari, ta’lim muassasasining ish xujjatlarini to`gri yuritish, pedagogik manbalar bilan ishlay olish ko`nikma va malakalarini shakllantirish.
III. ASOSIY NAZARIY QISM (ma’ruza mashg‘ulotlari)
III.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-MAVZU. PEDAGOGIK FIKR TARIXI VA MAKTAB AMALIYOTIDA O‘QITUVCHI MAHORATI MASALALARI
Pedagogik faoliyat va uning o‘ziga xos xususiyatlari. O’zbekistan Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida pedagogik faoliyatni tashkil etishga qo‘yilgan talablar. “Pedagogik mahorat” tushunchasi.
Mustaqil ta’lim: Pedagogik fikrlar va maktablar tarixida o‘qituvchi mahorati masalalari.
2- MAVZU: PEDAGOGIK MAHORATNING ASOSIY KOMPONENTLARI.
Pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qismlari. Pedagogik fikrlar taraqqiyotida o‘qituvchi mahorati masalalari.
Mustaqil ta’lim: Pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qismlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |