Davlat univеrsitеti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Buxgalteriya hisobi


Download 0.69 Mb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1526251
1   2   3
Bog'liq
hujjatlashtirish haqida tushuncha.doc

2. Hujjatlarni turlari.
Xojalik jarayonlari turli-tumanligi ularning aks ettiruvchi hujjatlarni ham turli bolishiga sabab bolishi tabiiydir. Hujjatlar bir necha xususiyatlarga kura turkumlarga ajratiladi, bunday guruhlashga sabab, hujjatlashtirish ishlarini, ulardan hisob ishlarida foydalanishni hamda ular aylanishini, saklashini osonlashtirishdir.
Hujjatlar tuzilishi tartibiga, vazifasiga, xojalik jarayonini aks ettirishiga, qaerda tuzilishi xususiyatlariga kora turkumlarga ajratiladi.
Tuzilish tartibiga kora, dastlabki va yigma hujjatlarga bolinadiki, buni qoyidagicha izohlash mumkin.
Xojalik jarayoni roy berganda albatta hujjatlashtirilishi shart, masalan, tovar keltirish uchun asos bolgan TTN (Tovar transport nakladnoyi), kassa kirimi va chiqim orderlari va hokazo. Bular bir xojalik jarayonini ozida aks ettiradi, hamda dastlabki hujjatlarga misol boladi.109:04
SHu dastlabki hujjatlar tekshirilib, ular asosida yigmahujjatlar tuziladi va bu hujjatlar malum bir davr ichida roy bergan jarayonlar hisobot malumotlar beradi.
Yigma hujjatlarga tovar hisoboti, kassir hisobotini misol tariqasida keltirish mumkin.
Hujjatlar yana ularni vazifasiga kura 5 turga ajratiladi.
Farmoyish beruvchi hujjatlar.
Tasdiklovchi hujjatlar.
Farmoyish-tasdiqlovchi hujjatlar.
Ramiylashtirish hujjatlari.
Axborot hujjatlari.
1.Biror xojalik jarayonini bajarish uchun albatta masul xodimlar tomonidan buyruq beriladi yoki jamoa qaror qabul qiladi. Unda jarayonni bajaruvchi shaxslar, hamda jarayonlar bajarilishi muddati korsatilgan boladi. SHunday qilib biror xojalik jarayonini bajarilishiga farmon beruvchi hujjatlar, farmoyish hujjatlari deyiladi. Ular asosida buxgalteriya provodkalari bajarilmaydi, balki korxona boshqaruvini xodimlari ishlar yuzasidan nazoratni ornatish uchun xizmat qiladi.
2. Xodim, masul shaxsni biror xojalik jarayonini bajarganini tasdiqlovchi hujjatlar ham amalda qollaniladi. Masalan, asosiy vositalarni qabul qilish, topshirish akti asosiy vositalarni qabul qilinganini, tolov qaydnomalari mehnat haqi berilganini (deponentlashtirilganligini) isbotlaydi. SHuning uchun ham bunday hujjatlar tasdiqlovchi hujjatlar deyiladi.
3. Korxonalar buxgalteriya hisobini yuritishda shunday hujjatlar ham mavjudki, ularda bir vaqtning ozida jarayon bajarilishiga farmon berilishi bilan birga, jarayon bajarilganligini tasdiqlash xususiyati ham mujassamlashtirilgandir. Masalan, tolov topshiriqnomasi korxonaning bankdagi «hisoblashish» schetidan tolov otkazilishiga buyruq berilishi bilan birga schetdan pul otkazilganligini ham isbotlaydi. Bunday hujjatlarga tolov talabnomasi, kassa chiqim orderlarini ham misol tariqasida keltirish mumkin. Ularda 2 xususiyat mujassamlashtirilganligi sababli, farmoyish tasdiqlovchi hujjatlar deb ataladi.
4. Buxgalteriya hisobi yuritishda xojalik jarayonlari roy berishi bilan bevosita bogliq bolmagan, ammo hisob ishlarida ahamiyatli hujjatlar ham borki, ular rasmiylashtirish hujjatlar deb ataladi. Masalan, korxonada mavjud bolgan asosiy vositalarga eskirish summasini hisoblash qaydnomalari, buxgalteriya malumotnomalari, sotilgan tovarlarga doir ortacha savdo ustamasini hisoblash jadvali, sotilgan tovarlarga tegishli transport xarajatlarini hisoblash jadvali va xokazo. Ulardan buxgalteriya hisobi registrlariga tegishli yozuvlarni aks ettirishda foydalaniladi.
5. Korxonada roy bergan xojalik jarayonlarini asosi hisoblangan uni moliyaviy holati, tovar moddiy boyliklari zahiralari hisobot axborot beruvchi hujjatlar, ichki boshqaruv va yuqori tashkilot va muassasalari, davlat soliq nazorati, kreditorlar, hissadorlar, tasischilar, tashqi auditorlarga zaruriy vaqtlarda tegishli axborotlar olishda xizmat qiladi. Bunday axborot hujjatlarga mol etkazib beruvchilar, pudratchilar bilan tuzilgan shartnomalar, bank muassasalari bilan tuzilgan shartnomalar tovar moddiy boyliklari zahiralari, tabiiy kamayish meyorlari misol bola oladi.
Hujjatlar qaerda tuzilishiga kora ikki torga bolinadi.
Korxona ozida tuzilgan hujjatlar
Boshqa korxonalarda tuzilgan hujjatlar.
Korxonada sodir etilgan jarayonlar uchun asos bolgan va uni ozida tuzilgan hujjatlarga hisobdor shaxs avans hisoboti, hisob-tolov vedomosti, kassa kirim va chiqim orderlari, hisobotlar misol boladi.
Korxona buxgalteriyasidagi schetlarda tegishli malumotlarni aks ettirishda boshqa korxonalarda rasmiylashtirilgan hujjatlar ham asos boladiki, ularga hisob-kitob schetidan kochirma, unga ilova qilingan tolov talabnomalarini, mol etkazib beruvchi tashkilot yuborgan tovar(mahsulot) uchun asos boluvchi TTN, yuk kvitansiyalari va boshqalar misol boladi.
Hujjatlar maxsus blankalarga xojalik jarayonlarini aks ettirish orqali olinar ekan, xojalik jarayonlari turliligi ular aks ettirilgan hujjatlarda rekvizitlar turlicha bolishiga olib keladi. hujjatlardagi rekvizitlar hisobot soz yuritishdan oldin, blankalardagi rekvizitlarni bilib olmoq maqsadga muvofikdir.109:04
CHunki, malumotlar har tomonlama talabga javob beruvchi blankalarda aks ettirilishi lozim:
blankalarda statistika qomitasi belgilangan shakl kodi bolishi;
xojalik jarayonini aks ettirish uchun maxsus qatorlar bolishi;
masul xodimlar imzosi va muhr uchun orin ajratilishi va xokazo.


Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling