qо‘yiladigan talablar
“Standartlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarish” fanini о‘zlashtirish jarayonida bakalavr:
standartlashtirishning qonuniy asoslarini;
о‘lchashlarning texnik vositalarini;
mahsulot sifatining kо‘rsatkichlarini;
standartlarning kategoriyalari va turlarini;
metrologiyaning qonuniy asoslarini;
о‘lchash tamoyillari va usullarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
texnik о‘lchov vositalarini tekshirish va sinashni;
mahsulotlarning tarkibi va tuzilishini tekshirish kо‘nikmalariga ega bо‘lishi kerak.
Fanning о‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan о‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi
Standartlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarish fani umumkasbiy fanlar majmuasiga taalluqli bо‘lib, talabalar uni VII-VIII semestrlarda о‘rganishadi.
Bu dasturni amalda bajarish uchun talabalar «Oliy matematika», «fizika»,
«Umumiy va noorganik kimyo», «Organik kimyo» va boshqa fanlardan yetarlicha ma’lumotga ega bо‘lishlari lozim.
Standartlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarish fanidan talabalar yetarli bilim va kо‘nikmalarga ega bо‘lishlari talab etiladi.
Fanning ilm-fan va ishlab chiqarishdagi о‘rni
Standartlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarish fani ishlab chiqarishni bog‘liq bо‘lib, korxona va tashkilotlarda standartlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarish bо‘yicha ishlarni tashkil etish hamda uni jahon tajribalari asosida rivojlantirishni istiqbolli rejasini amalga oshirishga qaratilgan.
Ishlab chiqarish jarayonlarida jumladan, mahsulotni loyhalash, tayyorlash, ishlab chiqarish, sotish va foydalanishda ularni sifatini aniqlash, baholash va nazorat qilishda standartlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarishdaning о‘rni beqiyosdir. Ishlab chiqarish jarayonlarini о‘lchashlar, metrologiya, metrologik ta’minot va sifat nazorati bilan bog‘liq masalalarning maqbul yechimi topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |