Davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish


Download 1.3 Mb.
bet35/112
Sana19.04.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1364438
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   112
Bog'liq
Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va se (2)

Nazorat uchun savollar:

  1. O‘lchash asboblari nimaga asosan va qanday klasslarga bo‘linadi?

  2. O‘lchash asboblarining metrologik tavsiflariga nimalar kiradi?

  3. Asbob ko‘rsatishining variatsiyasi nima?

  4. Anolog o‘lchash asboblariga kanday asboblar kiradi?

  5. Elektromagnit va elektrodinamik o‘lchash asboblarinin afzalliklari va kamchiliklarini aytib bering.

  6. Magnitoelektrik va elektromagnit o‘lchash asboblarining farqini ayting.

  7. O‘lchash mexanizmi nima?

  8. Raqamli o‘lchash asboblarining afzalliklari va kamchiliklari nimalardan iborat?

  9. O‘lchash o‘zgartkichlari deb nimaga aytiladi?
  1. MAVZU: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI STANDARTLASHTIRISH DAVLAT TIZIMI


Reja:
1.O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish xizmati. 2.O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish Davlat tizimi. 3.O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish bо‘yicha texnik qumitalar.
4.Standartlashtirish bo‘yicha meyoriy hujjatlar va toifalari. 5.O‘zbekiston hududida yuritiladigan normativ hujjatlar.

  1. Standartlashtirish tо‘g‘risidagi Respublika qonuni.

Tayanch iboralar: standartlashtirish xizmati, standartlashtirish davlat tizimi.
    1. O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish xizmati

Respublika standartlashtirish bo‘yicha ishlarning tashkil etilishini, muvofiqlashtirilishini va ishlarning maqbul darajada olib borilishini ta’minlash maqsadida tegishli idoralar va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatlar standartlashtirish xizmatini tashkil etadi.
Quyidagi idoralar standartlashtirish ishlarining tashkil etilishini va olib borilishini ta’minlaydilar:

  • tarmoqlararo yo‘nalishga belgilangan mahsulot bo‘yicha –O‘zstandart agentligi;

  • qurilish va qurilish sanoati, loyihalash va konstruktsiyalash bo‘yicha – O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qumitasi;

  • tabiiy resurslardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish, atrof – muhitni ifloslanishdan va boshqa zararli ta‘sirotlardan muhofaza qilish sohasi bo‘yicha

  • O‘zbekistonda Davlat tabiatni muhofaza qilish qumitasi;

    • tibbiyot yo‘nalishidagi mahsulotlar, tibbiy texnika buyumlari, dorivor moddalar va respublika sanoati ishlab chiqaradigan mahsulot tarkibida inson uchun zararli moddalar miqdorini tartibga solish sohasida – O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi;

O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish bo‘yicha ishlarni vazirliklar, texnikaviy qumitalar, korxonalar, birlashmalar va boshqa manfaatdor tashkilotlarning istiqbolli rejalari asosida to’zilgan yillik reja bo‘yicha O‘zstandart agaentligi amalga oshiradi.
Respublika standartlashtirish rejasiga birinchi navbatda milliy standartlar talablari bilan uyg‘unlashtirishni, kishilarning hayoti va sog‘ligi uchun xavfsizlikni, atrof – muhitning muhofaza qilishini, iste’molchilar huquqining himoya qilinishi, milliy sotsial – iqtisodiy va milliy texnikaviy dasturlarning amalga oshirilishini ta’minlaydigan milliy standartlarni ishlab chiqish kiritiladi.
O‘zstandart, agentligi Davarxitektqurilishqo‘m, Davlat tabiatni muhofaza qilish qumitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi (biriktirilgan sohalar bo‘yicha) respublika standartlarini ko‘rib chiqadilar, tasdiqlaydilar, ularning qo‘llanish muddatini cho‘zadilar va bekor qiladilar hamda unga o‘zgartirishlar kiritadilar.
Respublikada ishlab chiqilgan standartlar va ularga o‘zgartishlar tasdiqlanishi darajasidan qat’iy nazar O‘zstandart davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va shaharlarda standartlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish, muvofiqlashtirish va uning muqobil darajasini ta’inlash ishlarini O‘zdavstandart, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qumitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qumitasi va Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli hududiy idoralari va boshqarmalari amalga oshiradi.
Sanoat va qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida standartlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish va ularni muvofiqlashtirish uchun zaruriyat bo‘lgan hollarda, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar va boshqa xo‘jalik to’zilmalarida bo‘linmalar (xizmatlar) va (yoki) fan texnikaning tegishli sohalaridagi yuqori ilmiy – texnikaviy imkoniyatlarga ega bo‘lgan tashkilotlarda standartlashtirish bo‘yicha tayanch tashkilotlari to’ziladi.
    1. Standartlashtirish davlat tizimi

Respublikamizda standartlashtirish jarayoni 3 bosqichdan iborat:

      • atamalarni standartlashtirish;

      • o‘lchovlarni, o‘lchash va sinov uskunalarini va ularni konstruktsiyaga va mahsulot texnologiyasiga bog‘lab standartlashtirish;

      • mahsulotning o‘zini standartlashtirish.

Standartlashtirish sohasidagi birqancha asos bo‘luvchi hujjatlar O‘zstandart agentligi huzuridagi standartlashtirish, metrologiya, sertifikatsiyalash institutida (SMSITI) yaratilmoqda. Bular qatoriga dastlabki standartlar O‘z RST
I. 0 – 92, O‘z RST I. I – 92, O‘z RST I. 2 – 92, O‘z RST I. 3 – 92 va boshqalar kiradi.
O‘z RST 1.0 – 92 «O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy qoidalar» standarti standartlashtirishning asosiy vazifa va maqsadini, standartlashtirish ishlarining tashkil etilishi va asosiy qonun – qoidalarini, me’yoriy hujjatlarning toifasini, standartlar turlarini, xalqaro hamkorlik bo‘yicha asosiy qoidalarni, standartlar va texnikaviy shartlarning qo‘llanishini, standartlarga va o‘lchash vositalariga nisbatan davlat nazoratini belgilaydi.

7.1 – rasm. O‘zbekiston Davlat standarlashtirish tizimining tarkibiy


Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling