Davlat universiteti қозон миллий тадқИҚотлар технология университети


Download 1.22 Mb.
bet46/52
Sana17.03.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1279507
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   52
Bog'liq
Kimyoviy-texnologik jarayonlarni matematik modellash (1)

Determinalashadigan model - chiqish parametrlarining kirish parametrlariga bog„liqliklari tasvirlangan model.
Dinamik model - vaqtning funksiyasi bo„lgan model.
Diskret model - diskret vaqtda faoliyat ko„rsatuvchi dinamik model.
Axborot-mantiqiy model - texnologik jarayon yoki apparatning formal tavsifidir.
Konseptual (mazmunga asoslangan) model - bu mazmun darajasidagi qiziqishlar tizimining tavsifidir.
Davriy qurilmaning mantiqiy-dinamik modeli - texnologik operatsiyalar va ularning o„zgarishini, shuningdek, qurilmani ishga tushirish va to„xtatish rejimlarini aks ettiruvchi davriy qurilmaning umumlashtirilgan modeli.
Matematik model - axborot nazariyasi va tizimli tahlil nuqtai
208
nazaridan matematik modelni sifatida interpritatsiya qilinishi mumkin bo„lgan chiqish parametrlari ni berilgan sistema holat o„zgaruvchilarining fazosida va chiqiy o„zgaruvchilari qiymatlarining fazosida funksional ifodalovchi funksional operator sifatida interpritatsiya qilinishi mumkin, ya‟ni:

bunda Z – bezovta ta‟sir; U – boshqaruvchi ta‟sir.
Uzluksiz model - uzluksiz vaqt ichida faoliyat ko„rsatuvchi dinamik model.
Statik model - ob‟ektning vaqtga invariant modeli.
Stoxastik model - chiqish parametrlarining kirish parametrlariga bog„liqliklari noma‟lum bo„lgan va faqat kirishlar funksiyalari ko„rinishidagi chiqishlarning matematik kutilishi ma‟lum bo„lgan model.
Apparat moduli (bloki) - nisbatan avtonom kimyoviy va texnologik tizim bo„lib, u mustaqil ravishda ham, unga o„xshash boshqa tizimlar bilan birgalikda ham tashkil etish tamoyili asosida ishlay oladi.
Egiluvchan texnologik apparat moduli - egiluvchan kommunikatsiyalarga ega bo„lgan texnologik qurilmalar guruhi tomonidan shakllantirilgan va turli-tuman, odatda, bir bosqichli texnologik jarayonlarga yo„naltirilgan tizim.
Tashkilotning modulli prinsipi - ko„p funksiyali uskunalarning yagona texnologik uskunalaridan foydalanishidan; shuningdek, kompyuterga asoslangan boshqaruv tizimlarining standart konfiguratsiyasi; dasturiy ta‟minot va algoritmik qo„llab-quvvatlashning nazorat dasturlaridan iborat.
Mononom (darajali funksiyasi) - yagona atama bilan hosil qilingan umumlashgan ko„phad.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling