Davlat univеrsitеti qayd raqami Tasdiqlayman o ‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
Download 0.61 Mb.
|
Geosiyosat majmoa
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xitoy — O‘zbekiston Munosabatlari
Tashqi siyosat Urushdan keyin Xitoy Sovet davlati bilan yaqin munosabatda bo‘ldi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, 1950—1960-yillarda sovet davlati 250 dan ortiq korxona qurishda ko‘maklashdi. 11 mingdan ortiq sovet mutaxassislari ishladi. Lekin 60-yillardan xitoy —sovet munosabatlari buzildi. 1962-yilda Himolaydagi chegara masalasida Hindiston bilan Xitoy o‘rtasida qurolli mojaro kelib chiqdi. 60-yillarda Xitoy Vetnamga iqtisodiy va harbiy yordam ko‘rsatdi. 70-yillardan Xitoy AQSH bilan munosabatlarini yaxshiladi. 1971-yilda AQSH Prezidentining Milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi G. Kissinjer maxfiy ravishda Xitoyga keldi va ikki mamlakat munosabatlarini yaxshilash, Xitoyni Sovet davlatiga qarshi qo‘yishda katta xizmatlar qildi. 1972-yili AQSH Prezidenti A. Nikson Xitoyga rasmiy tashrif buyurdi. 1979-yilda Xitoy bilan AQSH o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi. 1979-yilda Vetnam Kambojadagi xitoyparast «qizil kxmerlar» hukumatini ag‘darib tashlagandan keyin Xitoy Vetnamga qarshi harbiy harakatuyushtirdi. Mao Szedun vafotidan keyin sovet — xitoy munosabatlarida biroz iliqlik paydo bo‘ldi. M. Gorbachyovning 1989-yildagi Xitoyga rasmiy safaridan keyingina sovet — xitoy munosabatlari yaxshilandi. 1997-yili Buyuk Britaniya Xitoyga Gonkongni qaytarib berdi. XX asr oxiriga kelib Xitoy dunyoning barcha davlatlari bilan yaxshi munosabatlar o‘rnatdi. Bu narsa jahonda Xitoy obro‘si o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Xitoy — O‘zbekiston Munosabatlari 1992-yil martda O‘zbekiston PrezidentiI. A. Karimovning Xitoyga rasmiy safari bo‘ldi. Busafar davomida 16 ta hujjat imzolandi. XXR raisi Li Shankun Xalq majlislari uyida O‘zbekiston delegatsiyasini qabul qilish marosimida: «Xitoy bilan O‘zbekiston rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarning ko‘pgina masalalarini hal etishlari mumkin. Chunki bundan avval ham ikkala mamlakat o‘rtasida yaxshi munosabatlar o‘rnatilgan edi», — deb ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikka katta baho berdi. Tashrif davomida siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy sohalarda qator bitimlar, jumladan, axborot ayirboshlash, radio-televideniye, banklar, transport, aloqa, sarmoyalarni rag‘batlantirish, hamjihatlik, tovarlar yetkazib berish va davlat krediti, sog‘liqni saqlash, ta’lim hamda sport masalalari bo‘yicha tuzilgan shartnomalar va bitimlar ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tardi. 1992—1993-yillarda Xitoy tomoni ajratgan kredit hisobidan respublikamizga minglab tonna guruch, 15000 tonna choy keltirdi. O‘zbekiston Xitoyga «Il-76» samolyotlarini yetkazib bermoqda. 1994-yilda O‘zbekiston hududida 78 ta o‘zbek — xitoy qo‘shma korxonasi faoliyat ko‘rsatdi. Jumladan, Urganch Ipak ishlab chiqarish birlashmasida «Suju» firmasi bilan hamkorlikda velyur, pambarxit kabi materiallar ishlab chiqaradigan korxona qurildi. Toshkentdagi 59-maktab xitoy tilini o‘rganishga ixtisoslashgan litseyga aylantirildi. 1994-yil aprelda XXR Davlat Kengashi rahbari Li Pen O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi va qator bitimlar imzolandi. Jizzaxda Xitoyning «Nunkel» firmasi bilan hamkorlikda yog‘och tolali plita ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. XX asr 90-yillarning oxirlari — XXI asr boshlarida O‘zbekiston Prezidenti Xitoyga bir necha bor rasmiy vizit bilan bordi, bu tashriflar ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik va do‘stlik aloqalarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynadi. 2005-yil bahorida XXR hukumati raisi Xu Szintao boshliq Xitoy delegatsiyasi O‘zbekistonda bo‘ldi. Xavfsizlik masalasi va xalqaro terrorizmga qarshi kurashda hamkorlik bo‘yicha fikr almashildi. O‘zbekiston Prezidentining 2005-yil mayidagi Xitoyga rasmiy tashrifi natijasida qator bitimlar imzolanib, Xitoy O‘zbekistonga 1,5 mlrd dollar miqdorida kredit ajratadigan bo‘ldi. Ushbu mablag‘ xalq xo‘jaligini rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega. Demak, Xitoy bilan O‘zbekiston o‘rtasida iqtisodiy, madaniy va ilmiytexnikaviy aloqalar tez rivojlanib bormoqda. Shunday qilib, Xitoy Xalq Respublikasi XX asrning ikkinchi yarmida murakkab yo‘lni bosib o‘tdi. Totalitar sotsializm yo‘li maqbul emasligini, uning xalq ehtiyojlarini qondirolmasligini isbot qildi. Xitoy sotsialistik rahbarlikka o‘zgartishlar kiritib, uni bozor iqtisodiga moslashtirgan va kata yutuqlarni qo‘lga kiritgan yagona davlatdir. Bunga u kommunistik mafkura yakka hokimligini tugatib, iqtisodni siyosatdan ustun qo‘yganligi tufayli erishdi. Mamlakatga chet el investitsiyasi kiritilishiga yo‘l ochilib, xususiylashtirish keng yo‘lga qo‘yildi, shu sababli xususiy xo‘jaliklar roli o‘sdi. Agar 1980-yilda davlat sektorida sanoat mahsulotlarining 80 foizi ishlabchiqarilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 90-yillarda 50 foizni tashkil etdi. 1990-yillardan «Sotsialistik bozor xo‘jaligi»ga o‘tish va XXI asrda Xitoyni rivojlangan davlatga aylantirish boshlandi. Bugungi Xitoy — iqtisodiyoti gurkirab rivojlanayotgan davlatdir. Bugungi Xitoy yakkapartiyaviylik va totalitar tartib saqlangan holda bozor munosabatlari bosqichma-bosqich qaror toptirilayotgan davlatdir. Bugungi Xitoy — BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi bo‘lgan, qudratli, yadro quroliga ega davlatlardan biridir.
O‘zaro manfaatli hamkorlikning huquqiy bazasini bir qancha hujjatlar mustahkamlab turadi. Bunda 2017-yil 12-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin tomonidan imzolangan O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasining har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma bayonot alohida ahamiyat kasb etmoqda. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning shu yil 11-13-may kunlari Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi O‘zbekiston – Xitoy savdo-iqtisodiy munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tardi. Xususan, ikki tomonlama savdo aloqalarini yanada rivojlantirish, investitsiyalar, moliya, transport infratuzilmasi, erkin iqtisodiy va kichik iqtisodiy zonalar barpo qilish yo‘nalishlaridagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Xitoy O‘zbekiston iqtisodiyotiga eng ko‘p investitsiya kiritayotgan davlatlardan biridir. Xitoy hukumatining imtiyozli va tijorat kreditlari asosida O‘zbekistonda elektr energiyasi, neft-gaz, gidroenergiya va kimyo sanoati, havo va temir yo‘l transporti infratuzilmasini modernizatsiya qilish singari 60 dan ortiq yirik loyiha amalga oshirildi. Bugungi kunda mamlakatimizda Xitoy kapitali ishtirokidagi 700 dan ziyod kompaniya va korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga davlat tashrifi chog‘ida mazkur yo‘nalishdagi hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida «Jizzax» erkin iqtisodiy zonasida tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha yuqori texnologiyali qo‘shma korxonalar yaratishga kelishib olindi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling