Davlat univеrsitеti qayd raqami Tasdiqlayman o ‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


K.Xausxofer va N.Spikmen ta‟limotlari


Download 0.61 Mb.
bet24/89
Sana25.10.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1721402
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   89
Bog'liq
Geosiyosat majmoa

6. K.Xausxofer va N.Spikmen ta‟limotlari. K.Xausxofer (1869 - 1946) Myunxenda, bavariyalik konservativ aristokrat oilasida tug’ilgan. Uning otasi Myunxen Texnika universiteti professori edi.
K.Xausxofer yoshligidan professional harbiy bo’lishni orzusi qilgan. 18951897 - yillar Bavariya harbiy akademiyasida tahsil oladi. 1899 - yil esa to’liq harbiy sohaga o’tadi. K.Xausxofer nemis armiyasida ofitser bo’lib 20 yildan ko’proq xizmat qilgan. Ofitserlikning barcha darajalarida faoliyat ko’rsatdi. K.Xausxoferning geograf va geosiyosatchi bo’lib tanilishi uning German elchixonasining Janubiy - Sharqiy Osiyo davlatlaridagi diplomatik faoliyati va Yaponiyadagi attashesi (1908 - 1910) bo’lib ishlagan davrlarga to’g’ri keladi. Bu yerda yapon aristokratiyasi vakillari, jumladan imperatorning oilasi bilan yaqindan tanishadi. Yapon harbiy qudratini, uning kelajagini tasavvur qila bildi. 1911- yil u betobligi tufayli Germaniyaga qaytishga majbur bo’ladi va Myunxen universitetida ilmiy ishlar bilan shug’illana boshlaydi. 1913- yil o’zining birinchi kitobi «Buyuk Yaponiya’ni yozadi. Mazkur kitob tadqiqotchining Yaponiya taassurotlariga bag’ishlangan va muallif Yaponiyaning geosiyosiy imkoniyatlariga ham keng to’xtalgan. Ushbu asarida o’z geosiyosiy konsepsiyasini ilgari suradi: anglosakson ambitsiyasiga qarshi Germaniya, Rossiya, Yaponiya harbiy ittifoqini tuzish.
K.Xausxofer fikrlarining haqiqatliligini isbotlash uchun amerikaliklarning "anglosakson siyosati yo’q bo’lishi mumkin, qachonki nemislar ruslar va yaponlar bilan birlashsa" qabilida aytgan so’zlarini bayon etsada, nemis elitasi bunday fikrlarga e‘tibor ham bermagan.28 To’g’ri o’z vaqtida bu masalaga Bismark alohida e‘tibor qaratgan. Uning Uchlar Ittifoqiga Rossiyani kiritishga urinishi qator sabablar bois amalga oshmagan. Shunday bo’lsada, u o’zining maqola va asarlarida Yevrosiyo xalqlari nafasini rostlab olishi mumkin, agarki uning ikki mustahkam xalqlari - nemislar va ruslar o’rtasidagi aloqalar konflikt tusini olmasa va bunga chetdan boshqa kuchlar zamin hozirlamasa bas - deya Germaniyani xalqaro siyosatda hamkorlarni Sharqdan topishga chaqirgan. Shu bois nemis olimi ilgari surgan konsepsiya geosiyosat nazariyasida ba‘zan "Sharqqa yuzlanish" - "Ostorientierung" deb ham ataladi. Faqat fashistlar ―Sharqqa yuzlanish‖ ga boshqacha tus berishdi.
K.Xausxofer nemis xalqi va ular madaniyatining tarixiy ildizlarini Osiyoga - Yevrosiyoga bog’laydi va nemis madaniyatini butun Yevrosiyo madaniyatining g’arbona ko’rinishi sifatida talqin etadi. Shuning uchun bo’lsa kerak, inglizlar IIjahon urishi davomida nemislarni "xunlar" deb ham atashgan. Bunday nomlanish xausxoferchi geosiyosat maktabi vakillari uchun juda ma‘qul kelgan.29
"Ostorientierung" konsepsiyasi Germaniyadan sharqda istiqomat qilayotgan xalqlarni bosib olishga qaratilmagan. Balki keng geografik makonda ikki kuch - Germaniya va Rossiya yetakchiligida boshqa xalqlarga ham sivilizatsion munosabatda bo’lishini nazarda tutgan - "Yangi Yevrosiyo tartiboti"dan bahs etgan. K.Xausxofer nazarida "Yangi Yevrosiyo tartiboti" amaliyotda o’z aksini topsa, hech qanday "dengiz kuchlari" tahdidiga o’rin qolmas edi.3
Afsuski, nemis geosiyosatchisi ilgari surgan nazariy g’oyalar amaliyotda, aksincha, antiyevrosiyo ko’rinishida namoyon bo’ldi. Chunki nemis hukmron elitasi o’zini "quruqlikka oid" deb emas, balki avvalo "dengizlar hokimi" sifatida, keyin "quruqlik hokimi" va nihoyat kelajakda jahon "hokimi" bo’lishini muqarrar deb bildi. Biroq 1939-1945 yillardagi harbiy - siyosiy jarayonlar ular tuzgan rejalarning xom - xayolligini ko’rsatdi.
Xausxofer maktabi vakillari an‘anaviychilikda ulardan oldin geosiyosatshunoslar tomonidan o’rtaga tashlangan Lebensraum - hayotiy borliq tushunchasini yoqlashgan. Ya‘ni ular davlatning rivojlanishi uning naqadar hayotiy kengliklarga egaligiga ham bog’liqligini aytib, kuchli davlatchilikning ilk nishonasi iqtisodiy avtarkiyani (avtoritarizm) barpo etish va iqtisodiy jihatdan qo’shnilariga mute bo’lmaslik, deydi. Ko’rinib turibdiki, "tarixning asosiy o’zagi" - dengiz va quruqlik xalqlari o’rtasidagi konfliktlarning muqarrarligi borasida K.Xausxofer qarashlari X.Makkinder fikrlari bilan uyg’unlashgan.
Nemis olimi natsizm g’oyalari ustuvor bo’lgan jamiyatda yashasada, millatning geosiyosiy "tanlanishi" uning ma‘lum bir irqqa mansubligiga emas, balki millatning qanday hayotiy borliqda joylashganligi bilan bog’lik ekanligini aytgan. Lekin uning "qulay hayotiy borliqda yashayotgan millatning tabiiy ravishda o’zining oliy darajadagi xislatlarini namoyon qilish uchun kurashishi kerak"ligi borasida aytgan fikrlari munozaralidir.
Birinchi jahon urushi davrida general unvonida qator qo’mondonlik lavozimlarida bo’ldi. Rudolf Gess (keyinchalik fashistlar rahbarlaridan biri) uning adyutanti edi. Keyinchalik Gess orqali Ribbentrop, Gibbels, Gimler bilan bog’lanib turgan. Mag’lubiyatdan keyin harbiy sohani butunlay tark etishga qaror qiladi. Versal shartnomasi bandlari nafaqat Germaniya uchun shaxsan o’zi uchun ham haqoratli deb biladi, va o’z faoliyati nemis davlatchiligi manfaatlarini himoya qilishga oid tadqiqotlarni boshlab yuboradi. Germaniyani qayta tiklash uchun Xausxofer fikricha aholi ko’chada geosiyosiy fikrlashni, uning daholari esa geosiyosiy faoliyat yuritishni bilishlari lozim30.
Geosiyosat siyosiy faoliyatdagi eng yaqin va ishonchli yordamchidir. U yagona sterjnga ega emas, uning o’rganilmaganYU ochilmagan qirralari, uslublari nihoyatda ko’pdir. U o’zida siyosiy faoliyat va geografik makon munosabatlarini ifoda etadi. Bir so’z bilan aytganda geosiyosat davlatning geografik aqlidir2. 1928 - yilda geosiyosatning ilmiy dasturi shakllantirishshga harakat qiladi. ―Geosiyosat elementlari‖ to’plamida o’zining quyidagi qator xulosalarini ilgari suradi:

  1. Geosiyosat siyosiy hodisalarni geografik makonga bog’liqligini aks ettiruvchi ta‘limot.

  2. Geosiyosat siyosiy makondagi organizmlarni, ularning tarkibini tahlil etishda fundamental geografiyaga, ayniqsa siyosiy geografiyaga tayanib ish yuritadi.

  3. Siyosiy jarayonlarning borishi, erishiladigan natijalarni qator geografik omillar belgilab beradi. Albatta ularni inobatga olmaslik mumkin emas. 4. Geosiyosat davlatning geografik vijdoni bo’lib qolishi lozim.

Umuman olganda, agar XX asr 20 - 30 yillarida myunxenlik geosiyosatchilar maktabi jahonda yetakchi o’rinlarda turgan bo’lishiga qaramasdan, keyingi yillarda yuqoridagi panideen singari g’oyalardan so’ng K.Xausxofer va uning o’quvchilari o’rtasida ham fikriy bo’linishlar yuzaga kelgan. Shunga qaramasdan geosiyosiy maktablar ichida Myunxen maktabi alohida o’ringa ega.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling