Davlat univеrsitеti qayd raqami Tasdiqlayman o ‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
Download 0.61 Mb.
|
Geosiyosat majmoa
- Bu sahifa navigatsiya:
- TALASSOKRATIYA
- SHIMOLIY ATLANTIKA SHARTNOMASI TASHKILOTI - NATO
TELLUROKRATIYA - Tellurokratiya uchun birinchi navbatda davlat yoki mintaqaning geografik maydoni muhim hisoblanadi. Faqatgina foydali qazilmalari yoki quruq maydonning kattaligi emas, balki ushbu makonning chegaralari nechog’li xavfsizlik jihatidan ta‘minlanganligi, transport va telekommunikatsiya tizimining qanday yo’lga qo’yilganligi, aholi turmush darajasining holati va shu kabi omillar tellurokratiyaning istiqbolini belgilab beradi.
TALASSOKRATIYA - Talassokratiya uchun esa, davlat va mintaqalar atrofidagi (qirg’oqbo’yi) suv sathining tuzilishi hamda unga yaqin bo’lgan orollar va arxipelaglarning strategik yoki nostrategik nuqtada joylashganligi diqqatga sazovardir. RIMLAND - Hadsiz qirg’oqbo’yi makoni. "Rimland" - bu Shimoliy va G’arbiy Yevropaning Atlantika okeani qirg’oq bo’ylari, O’rta Yer dengizi havzasi, Qizil dengiz, Fors ko’rfazi, Janubiy - Sharqiy Osiyoning Hind va Tinch okeani qirg’oqlarini o’zida tutashtirgan yoy – Yevro Osiyo materigining g’arbiy, g’arbiy - janubiy, janubiy, janubiy - sharqiy qirg’oqbo’yi makonidir. Imperiya (lot. imperium, ma'nosi yuqori hokimiyat) — boshligʻi imperator unvoniga ega boʻlgan monarxiya davlati. Bitta markazdan boshqariladigan koʻpmillatli, yoki koloniyalarga ega boʻlgan davlatlar ham imperiya deb yuritiladi. Hozirgi vaqtda davlat boshligʻi imperator boʻlgan bitta davlat bor - Yaponiya (lekin Yaponiyaning oʻzi imperiya emas). Kapitalizm - ishlab chiqarish vositalari xususiylashtirilgan va daromad uchun ishlaydigan hamda narx-navoni bozor iqtisodiyoti belgilaydigan iqtisodiy tizimdir. Dunyoda hozir to‘liq kapitalistik iqtisodiyotli tizim yo‘q, barcha mavjud tizimlar aralashdir; lekin ko‘p tizimlarda bozor iqtisodiyoti asosiy rol o‘ynaganligi uchun, kapitalizm atamasini ularga nisbatan qo‘llashadi. SHIMOLIY ATLANTIKA SHARTNOMASI TASHKILOTI - NATO (ing. North Atlantic Treaty organization) — 1949 yil 4 aprelda o’nta Yevropa davlati va AQSH, Kanada ishtirokida tashkil etilgan. Asosiy maqsad G’arbiy Yevropa va AQSH ni sharqiy kommunizm xavfidan himoya qilish maqsadi tashkil etilgan. ―Sovuq urush‖ davrida a‘zo davlatlar soni 16 taga yetdi. Hozirgi kunda a‘zo davlatlar 28 taga yetdi. Shtab - kvartirasi Bryuselda joylashgan. A‘zo davlat har bir ishtirokchining mustaqilligiga, havfsizligiga tahdid soluvchi har qanday havfga qarshi jamoaviy bo’lib kurashishga kelishib olishgan. A‘zolar: AQSH, Kanada,Islandiya, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Belgiya, Daniya, Niderlandiya, Lyuksemburg,Norvegiya, Daniya, GFR, Turkiya, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Vengriya, Polsha, Chexiya, Bolgariya, Latviya, Litva, Ruminiya, Slovakiya, Sloveniya, Estoniya, Albaniya, Xorvatiya. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling