Davlat univеrsitеti qayd raqami Tasdiqlayman o ‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
YUNESKO - YUNESKO (UNESCO — The United N
Download 0.61 Mb.
|
Geosiyosat majmoa
- Bu sahifa navigatsiya:
- BIPOLYAR TIZIM
YUNESKO - YUNESKO (UNESCO — The United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization) — BMT qoshidagi ta‘lim, fan va madaniyat masalalari boyicha maxsus tashkilot. YuNESKO 1945 yil 16 noyabrda tashkil etilgan. Tashkilotning shtab - kvartirasi Parijda joylashgan. BMT ga a‘zo mamlakatlarning deyarli barchasi YuNESKO a‘zosi hisoblanadi. YuNESKO ning asosiy maqsad - vazifalari quyidagilardan iborat: davlatlarning ta‘lim, fan va madaniyat sohasidagi hamkorligini kuchaytirish orqali jahonda tinchlik va barqarorlikni ta‘minlash; insonning irqi, tili, dini, jinsidan qat‘iy nazar uning asosiy erkinliklari va huquqlarini hurmat qilish; qonuniylikni va adolatni qaror toptirish; savodsizlikka qarshi kurash; milliy - ma‘naviy meroslarni o’rganish; fan va ta‘lim muammolari bilan shug’ullanish; milliy kadrlar tayyorlash va hokazo.
BIPOLYAR TIZIM - Ikki buyuk davlat qarama-qarshiligiga asoslangan va ular tomonidan yaratilgan harbiy-siyosiy bloklar tizimi. Asosan ―Sovuq urush‖ davrida amal qilgan. Xalqaro siyosat asosan Moskva va Vashington tomonidan belgilab berilgan. MAASTRIXT BITIMI -1991 yil dekabrda YEIH ning 12 ta a‘zosi tomonidan imzolandi. Yagona Yevropa valyutasi; Yevropa siyosiy ittifoqini shakllantirish; Yevropa komissiyasi tasdiqlash Evolyutsiya (lot. yeuo1iIo — avj olish) — rivojlanishnchng sinonimi; asta-sekin, bosqichmabosqich roʻy beradigan miqdor va sifat oʻzgarishlari. Evolyutsiyada rivojlanishning sifatiy asosi keskin oʻzgarmaydi, uning boshlanish va yakunlanish bosqichlari orasida muayyan fursat oʻtadi. Evolyutsion rivojlanishda portlash hodisasi roʻy bermaydi. Jamiyatda, organik dunyoda va jonsiz tabiatda roʻy beruvchi oʻzgarishlarning yoʻnalishini, tartibini, qonuniyatlarini ifodalab, muayyan sistemadagi oʻzgarishlarning doimo oʻzidan ilgarigi holatidan farq qilishini qoʻrsatib turadi va fanda tarix, tarixiylik, taraqqiyot, rivojlanish, oʻsish, ravnaq topish singari tushunchalarning mazmunini ifodalaydi. Determinizm (lot. determino -aniqlayman) — barcha hodisalarning oʻzaro obʼyektiv qonuniy aloqadorligi va sababiy bogʻlanishi toʻgʻrisidagi falsafiy taʼlimot (qarang Sabab va oqibat). Indeterminizmning qaramaqarshisi. Determinizmning mazmuni sababiyat tushunchasida ifodalanadi, yaʼni bunda bir hodisa (sabab) muayyan sharoitda zaruriyatni tugʻdiradi, bu esa boshqa xrdisa (oqi-bat)ni vujudga keltiradi. U inson ongiga bogʻliq emas. Yunon faylasuflari Geraklit, Demokrit, Epikur hamda sharq mutafakkirlari Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Ulugʻbek va b. ham Deternizmni eʼtirof etishgan. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling