Fanning maqsadi va vazifalari
O‘quv fanining asosiy maqsadi- geosiyosiy jarayonlarni spetsifik sotsial fenomen sifatida kompleks taxlil qilishdan iborat.
O‘quv fanining asosiy vazifalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- geosisyot asoslarining mazmun-mohiyati, uslublari, vazifalarini tahlil etish;
- geosiyosiy jarayonlarning mohiyati, tarkibi, umumiy qonuniyatlarini ochib berish;
- geografik makon ustidan nazorat o‘rnatishning asosiy tiplarini, uni amalga oshrish resurslarini belgilab olish;
- geosiyosiy jarayonlar va geosiyosiy bilimlarning rivojlanib borish davrlarini taxlil etish;
- jahonning bugungi geosiyosiy manzarasini qarab chiqishda turli mintaqa mamlakatlarining geosiyosiy xususiyatlarini taxlil qilish;
- mafkuraviy jarayonlarni globallashuvi jarayonida O‘zbekistonning geosiyosiy manfaatlarini belgilab olish.
- dunyoning siyosiy-mafkuraviy manzarasini, unda kechayotgan g‘oyaviy kurashlardan ko‘zlangan tub maqsad-manfaatlarning asl qiyofasini ochib berish.
O‘quv fani dasturining mazmun-mohiyatini o‘zlashtirish yuzasidan talabaga qo‘yiladigan talablar
Fanning mazmun-mohiyatini muvaffaqiyatli o‘zlashtirib olishlari uchun talabaga bir qator talablar qo‘yiladi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
talabada rus va ingliz tilida o‘qish-gapirish ko‘nikmalarining zarurligi. Fanga doir asosiy manbalarning chet tilida ekanligidan kelib chiqiladi. Bu holat esa geopolitik jarayonlarni birinchi bo‘lib G‘arbiy Evropa va AQSh lik olimlarning taxlil etishgani, ularda juda katta ham nazariy, ham amaliy tajriba mavjudligi bilan izohlanadi.
talabada internet bilan muloqada bo‘la olish ko‘nikmasining zarurligi. Chunki eng oxirgi ma’lumotlarga internet nihoyatda boy, undagi tegishli bazalarga kirish, ma’lumot olishga ehtiyojning yuqoriligi bilan belgilanadi.
talabaning zamonaviy politologiya fanining mazmun-mohiyati bilan, uning uslub va vositalari bilan chuqur tanish bo‘lishi talab etiladi. Negaki geosiyosiy bilimlar tarixiy bilimlarning, siyosatning «geografik aqli» sifatida rivojlanib kelgan.
falsafa va umumnazariy fanlarda keng qo‘llaniladigan ilmiy bilishning qator metodlarini chuqur o‘zlashtirgan va ulardan amaliyotdan keng foydalana oladigan bo‘lishi lozim: makon va zamon, analiz va sintez, tarixiylik va mantiqiylik, kuzatish, qiyosiy taqqoslash, umumiylik va xususiylik, mavhumlashtirish va umumlashtirish va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |