Davlat universiteti
Foydaning ishlatilishi, yakuniy moliyaviy natija va taqsimlanmagan foydani (qoplanmagan zarar) hisobga olish
Download 53.89 Kb.
|
Mirshod Omonov mustaqil ta'lim ishi
Foydaning ishlatilishi, yakuniy moliyaviy natija va taqsimlanmagan foydani (qoplanmagan zarar) hisobga olishFoyda korxonalar tomonidan yil davomida budjet oldidagi foyda (daromad) dan ajratma bo’yicha majburiyatlarni bajarish uchun ishlatiladi. Yil davomida budjetga daromad (foyda) dan ajratma bo’yicha bo’nak to’lanmalar va haqiqiy foydadan qaytadan hisoblash bo’yicha to’lanmalar quyidagi schyotlarda hisobga olinadi: 9810-«Daromad (foyda) solig’i bo’yicha xarajatlar» va 9820-«Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va yig’imlar bo’yicha xarajatlar» schyoti. Bular tranzit schyotlar bo’lib kontrpassiv schyotlariga mansubdir. Ushbu schyotlarning debet oborotlari yil davomida daromad (foyda) dan budjetga ajratma bo’yicha to’lanmalar summasini ko’rsatadi. Hisobot davri oxirida yillik hisobotini tuzishda bu schyotlar yopiladi va ularda yil boshiga qoldiq qolmaydi. Foyda (daromad) dan ajratiladigan soliqlarni hisoblash va to’lash qonunchilik va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Yil davomida budjetga foydadan ajratma, yig’im va boshqa ajratmalar hisoblanganda 9810 va 9820 schyotlari debetlanib 6410 -«Budjetga to’lovlar bo’yicha qarz» schyoti kreditlanadi. Ushbu foydadan ajratma, yig’im va boshqa ajratmalar budjetga o’tkazib berilganda 6410- schyot debetlanib, pul mablag’larini hisobga oladigan schyotlar kreditlanadi. Hisobot yili oxirida bu schyot quyidagi yopiladi: Dt 9910- «Yakuniy moliyaviy natija», Kt 9810, 9820 - schyotlar. Foydadan ajratma, yig’im va boshqa ajratmalarni hisobga oladigan 9810 va 9820 - schyotlarning sintetik va analitik hisoblari bankning hisob - kitob schyotidan berilgan ko’chirmasiga va boshqa hujjatlarga asosan 15 - jurnal - orderda yuritiladi.
Yakuniy moliyaviy natija (foyda yoki zarar) quyidagicha aniqlanadi: asosiy faoliyatdan olingan moliyaviy natija (foyda) ga moliyaviy faoliyatdan olingan daromad va favquloddagi foyda summasi qo’shiladi va shu faoliyatlardan sodir bo’lgan zarar (xarajat) lar olib tashlanadi. 9910- «Yakuniy moliyaviy natija» schyoti tranzit bo’lib aktiv - passiv schyotlarga mansubdir. Debeti bo’yicha xarajatlar, krediti bo’yicha - korxonaning foydasi aks ettiriladi. Bu schyotning debet oboroti bilan kredit oborotini solishtirish yo’li bilan hisobot davridagi yakuniy moliyaviy natija aniqlanadi. BHir hisobot davrining oxirida 9910- «Yakuniy moliyaviy natija» schyotining debet va kredit tomonlari ko’rsatkichlari jamlanib bu schyotning umumiy saldosi hisoblab chiqariladi. Ҳisoblab topilgan saldo hisobot davrida soliqqa tortilgunga qadar bo’lgan umumiy balans foydasi (yoki zarari) ni ko’rsatadi. Hisobot yilining oxirida 9810- «Daromad (foyda) solig’i bo’yicha xarajatlar», 9820 «Foydadan boshqa soliqlar va yig’imlar bo’yicha xarajatlar» schyotlarida foyda (daromad) dan hisoblangan umumiy summa aks ettiriladi. Yillik hisobotni tuzishda oxirgi buxgalteriya o’tkazmalari bilan hisoblangan soliq va yig’imlar summasi, ilgari aytilganidek, quyidagi hisobdan chiqariladi: Dt 9910-«Yakuniy moliyaviy natija», Kt 9810-«Daromad (foyda) solig’i bo’yicha xarajatlar» yoki Kt9820-«Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va yig’imlar bo’yicha xarajatlar» schyotlari. 9910-«Yakuniy moliyaviy natija» schyotida qolgan sof foyda (yoki zarar) summasi quyidagi yozuv bilan taqsimlanmagan foydaga o’tkaziladi: Sof foyda summasiga - Dt 9910-«Yakuniy moliyaviy natija», Kt 8710- «Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)». Zarar summasiga esa, Dt 8710, Kt 9910 - «Yakuniy moliyaviy natija» schyoti. Korxona faoliyatining boshidan yig’ib kelingan va hisobot davrida sodir bo’lgan mavjud taqsimlanmagan foyda yoki qoplanmagan zarar summasining harakati to’g’risidagi axborotlar quyidagi schyotlarda hisobga olinadi: 8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)» va 8720-«Jamg’arilgan foyda (qoplanmagan zarar)» schyotlari. Bu schyotlar nazariy jihatdan passivdir, lekin amaliyotda 8710-schyot debet saldoga ham ega bo’lishi mumkin, ya’ni korxona hisobot davrini zarar bilan yakunlashi ham mumkin. Jamg’arilgan foyda - bu har qanday zararlar, dividendlar va mulkdorlar qarori bo’yicha hususiy kapitalga reinvestitsiya qilingan summalar chiqarilib tashlangandan qolgan xo’jalik yurituvchi subyektning faoliyatini boshidan boshlab olgan sof foydasidir. 8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)» schyotida korxonaning hisobot yili bo’yicha taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari) hisobga olinadi. Dividendlar va mulkdorlar qaroriga binoan boshqa ajratmalar qilingandan so’ng hisobot yilining taqsimlanmagan foydasi 8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)» schyotidan 8720-«Jamg’arilgan foyda (qoplanmagan zarar)» schyotiga o’tkaziladi. Taqsimlanmagan foydadan zaxira kapitalini shakllantirish uchun ajratiladi. Bunda quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)», Kt 8520- «Zaxira kapitali» schyoti. Taqsimlangan foydadan dividendlar hisoblansa, 8710- schyot debetlanib, 6610- «To’lanadigan dividendlar» schyoti kreditlanadi. Dividendlar to’langanda, 6610 «To’lanadigan dividendlar» schyoti debetlanib quyidagi schyotlar kreditlanadi: 5010, 5110, 5210- schyotlar. Pul mablag’lari bilan yoki 9010- «Mahsulot sotishdan olingan daromadlar» schyoti - sotish bahosida ishlab chiqarilgan mahsulot bilan to’lansa, shu bilan birga natura shaklida to’langan mahsulotning haqiqiy tannarxiga 9110- «Sotilgan tayyor mahsulotlar tannarxi» schyoti debetlanib, 2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar» schyoti kreditlanadi.
Shunday qilib moliyaviy faoliyat xarajatlariga quyidagi moddalar kiradi: 1) O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan hisob stavkasi doirasida va ulardan yuqori doirada qisqa muddatli hamda uzoq muddatli kreditlar bo’yicha, shu jumladan to’lov muddati o’tgan va uzaytirilgan ssudalar bo’yicha to’lovlar. Shuni inobatga olish kerakki, xarajatlar tarkibi to’g’risidagi Nizomga binoan olingan kreditlar bo’yicha har qanday foiz to’lovlari korxona tomonidan o’zining xarajatlari tarkibida hisobga oladi. 15 oktabr 2003 yilda O’z R.V.M. tomonidan tasdiqlangan xarajatlar tarkibi to’g’risidagi Nizomga asosan faqat to’lov muddati o’tgan va kechiktirilgan ssudalar bo’yicha foizlar, shuningdek bank va boshqa moliyaviy tashkilotlarning bergan uzoq muddatli kreditlari bo’yicha to’lanadigan foizlar xarajatlar tarkibi to’g’risidagi Nizomning 1-ilovasiga asosan soliqqa tortiladi. 2) Mulklarni uzoq muddatli ijaraga olish bo’yicha to’lanadigan foiz xarajatlari. 3) Kurslardagi salbiy farqlar va xorijiy valuta operatsiyalari bo’yicha zararlar. 4) Sarflangan (qimmatli qog’ozlarga, shu’ba korxonalarga va hakozalarga qo’yilgan) mablag’larni qayta baholashdan ko’rilgan zararlar. 5) O’z qimmatli qog’ozlarini chiqarish va tarqatish bilan bog’liq xarajatlar: aksiyalar, obligatsiyalar, veksellar va boshqa qimmatli qog’ozlar. Bularga blankalarni xarid qilish, qimmatli qog’ozlarni tarqatgani uchun bankka to’lanadigan komissiya summasi va b. 6) Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar, shu jumladan salbiy diskont. Favqulodda foyda va zararlar - bu korxonaning xo’jalik faoliyatida nihoyatda kam sodir bo’ladigan, uning uchun odat bo’lmagan va korxonada boshqaruv qarorlarini qabul qilish natijasi bilan bog’liq bo’lmagan voqealardan olinadigan daromad va xarajatlardir. Shunday qilib, tegishli modda bir vaqtning o’zida odatdagidek emaslik, oldindan ko’rabilmaslik va takrorlanmaslik talablariga mos kelishi kerak. Shuni ham aytish kerakki, tegishli modda favqulodda holatga to’g’ri kelishi va kelmasligiga korxona faoliyat ko’rsatayotgan tashqi muhit ham ta’sir qiladi. Foyda va zararlar summasining hajmi favqulodda voqealarga o’tkazish va o’tkazmaslik uchun sabab bo’lolmaydi. Download 53.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling