Davlat va huquq asoslari


Demarsh-bir davlat tashqi aloqa organlarining boshqa davlatga nisbatan favqulodda chiqishi. Denominasiya-


Download 193.65 Kb.
bet26/51
Sana10.11.2023
Hajmi193.65 Kb.
#1764600
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   51
Bog'liq
Davlat va huquq asoslari ma`ruzalar matni

Demarsh-bir davlat tashqi aloqa organlarining boshqa davlatga nisbatan favqulodda chiqishi.

  • Denominasiya-pul muomalasini tartibga solish va milliy valyo`taga ko’proq salmoq berish maqsadida mamlakat pul birligini yiriklashtirish.

  • Ekosid-hayvonot va o’simliklar dunyosini yoppasiga qirib tashlash, atmosfera va suv resurslarini zaharlash, shuningdek, ekologik inqirozlar keltirib chiqaradigan boshqa harakatlarni amalga oshirish.

  • Ekologik urush- raqibga, uning xududiga ta’sir qilish orqali zarar etkazish. Bu BMT tomonidan man qilingan.

  • Ekologik jamg’armalar-byudjetdan tashqari davlat jamg’armalari. Ular kechiktirib bo’lmaydigan tabiiy muhofaza vazifalarini bajaradilar.

  • Ekologik ofat zonalari- O’zbekiston Respublikasi xududiy uchastkalarida xo’jalik va boshqa faoliyat natijasida faunalar va floralar buzilishi, tabiiy ekologik tizimni vayron qilish natijasida tabiiy muvozanatning buzilishi.

  • Eksgibisionizm- o’z tanasi a’zolarini qarama-qarshi jinsdagi yoki o’z jinsidagi odamlarga yalong’och qilib ko’rsatish orqali jinsiy qoniqish olish yoki lazzatlanish.

  • Eksgumasiya-shaxs o’limining sababi yoki o’likning shaxsini aniqlash masadida ko’milgan murdani qayta kavlab olish.

  • Ijrochi-maishiy xizmat, uy-joy kommunal ta’mirlash, qurilish, transport xizmati va xizmat ko’rsatishning boshqa sohalari bo’yicha iste’molchi uchun ishlar bajaradigan va xizmatlar ko’rsatadigan korxona, tashkilot, birlashma yoki yakka tartibda faoliyat ko’rasatuvchi tadbirkor.

  • Iste’molchi –foyda chiqarib olish bilan bog’liq bo’lmagan holda shaxsiy iste’mol yoki boshqa maqsadlarda tovar sotib oluvchi, ish, xizmatga buyurtma beruvchi yoxud shu niyatda bo’lgan fuqaro (jismoniy shaxs).

  • Ishlab chiqaruvchi – iste’molchiga realizasiya qilish uchun tovar ishlab chiqaradigan korxona, tashkilot, muassasa yoki xususiy tadbirkor.

  • Indent-agent-chegara ortida vositachilik asosida xorijiy mol etkazib beruvchidan kelib tushadigan tovarlarni sotish bo’yicha operasiyalarni amalga oshiruvchi agent.


  • Download 193.65 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   51




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling