Jahon sudi-ayrim mamlakatlarning quyi sudi tizimi bo’lib, kichik fuqarolik va jinoiy ishlarni ko’radi.
Jinoiy javobgarlik-yuridik javobgarlik turlaridan biri. Jinoyat sodir etishning huquqiy oqibati bo’lib, aybdorga nisbatan jazolash shaklidagi davlat majburlov chorasini qo’llashdan iborat.
Jamoa pudrati-brigada yoki boshqa jamoa mehnatini tashkil etish va unga haq to’lash shakli. To’lov bajarilgan pirovard natijaga qarab amalga oshiriladi.
Zarar- fuqarolik huquqida bir shaxsning qonunga hilof harakati yoki harakatsizligi tufayli ikkinchi shaxsga etkazgan pul shaklidagi ziyon.
Zaharlar-sud toksikologiyasida tirik organizmlarga zararli ta’sir ko’rsatuvchi kimyoviy moddalar.
Zo’rlik-biror kishining ikkinchi bir kishiga nisbatan zo’rlik qilishi, zo’rlashi, kuch ishlatish yshli bilan zo’rlashi, jabr-zulm qilishi. U insonning daxlsizligini buzib jismoniy va ma’naviy zo’rlash, jabr-zulm qilish shaklida ham bo’lishi mumkin.
Nikoh shartnomasi-nikohlanuvchi shaxslarning yoki er va xotinning nikohida bo’lgan davrida va er-xotin nikohdan ajratilgan taqdirida ularning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini belgilovchi kelishuvi
Nazariya-jamiyat taaqqiyoti qonuniyatlarini mujassamlashtirgan amaliyotning mantiqan ilmiy umumlashtirilishidir.
Nikoh haqiqiy emas deb topilishi - faqat sud tartibida amalga oshiriladi
Nikohni qayd etish - nikohlanuvchi shaxslardan birining yashash joyidagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Narkobiznes-norkotik moddalarni olish va sotish bilan shug’ullanadigan jinoiy uyushma faoliyati.
Naturalizasiya-xorijiy fuqaroni muayyan davlatni haqiqiy fuqarosi qilib qabul qilish
Nafaqa-qonunda belgilangan tartibda davlat yoki boshqa bir sub’ektlar tomonidan tayinlanadigan umrbod va doimiy moddiy ta’minot.
Negator da’vo-mulkdorning mulkiy huquqini uning ashyoga egalik qilishdan mahrum qilish bilan bog’liq bo’lmagan buzishliklardan himoya qilishga yo’naltirilgan. Bu da’vo mulkdorga uning mol-mulkidan foydalanishga xalaqit beruvchi to’siqlarni bartaraf qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |