Davlat va huquq asoslari


Download 193.65 Kb.
bet32/51
Sana10.11.2023
Hajmi193.65 Kb.
#1764600
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   51
Bog'liq
Davlat va huquq asoslari ma`ruzalar matni

Unitar davlat-davlat va milliy davlat tuzilishining shakli bo’lib, bunda davlat xududi ma’muriy-xududiy birliklarga bo’linadi.

  • Ustav-davlat, mulk egasi yoxud jamoat tashkiloti o’rnatgan va tartibga soladigan qoidalar majmui.

  • Uyushgan jinoyatchilik-qasddan jinoiy faoliyat bilan shug’ullanadigan va ijtimoiy nazoratdan himoya tizimini yaratuvchi turg’un boshqariladigan jinoiy tuzilmalar.

  • Federasiya – (lot. Ittifoq, birlashma) – davlatning tuzilish shakli bo’lib, uning asosi – ikki yoki bir necha mustaqil davlatning bitta ittifoq davlatga birlashishidir.

  • Fuqarolik - shaxsning aniq bir davlatga siyosiy va huquqiy mansubligi.

  • Fuqarolik muomalasi - iqtisodiy muomalaning fuqarolik huquqiy ifodasi..

  • Fuqarolik holati dalolatnomalari - fuqarolar hayotidagi, tug’ilish, o’lim, nikoh tuzish, nikohdan ajralish kabi voqea hamda faktlarning vakolatli organlar tomonidan tasdiqlanishidir.

  • Farzandlikka olish - faqat voyaga etmagan bolalarga nisbatan va ularning manfaatlarinigina ko’zlab yo’l qo’yiladi.

  • FXDYO - fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish

  • Faktoring-savdo-komission operasiyaning mijoz aylanma kapitalini kreditlash bilan uyg’unlashgan turi.

  • Federalizm-davlat xududiy tuzilishining ikki shaklidan biri bo’lib, uning murakkab ittifoq xususiyatini taqozo etadi.

  • .Huquq normasi – huquq tizimining birlamchi unsuri bo’lib, u davlat tomonidan o’rnatiladigan hokimiyat harakteriga ega bo’lgan xatti-harakat qoidasidir.

  • Huquq tarmog’i-bir turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi yuridik normalar va huquq institutlarining alohida majmui.

  • Xususiy mulk huquqi- shaxsning qonun hujjatlariga muvofiq tarzda qo’lga kiritgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishi.

  • Xususiy huquq –umumiy manfaatlarni tartibga soluvchi va muhofaza qiluvchi ommaviy huquqdan farqli o’laroq xususiy manfaatlarni munosabatlarni ifodalovchi hamda yakka mulkdorlar va birlashmalarni ularning mumkin faoliyatidagi va shaxsiy munosabatlaridagi mustaqilligi va tashabbusiga asoslangan munosabatlarni tartibga soluvchi huquq tarmoqlaridan biridir.


  • Download 193.65 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   51




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling