Davlat va huquq nazariyasi fanining metodlari reja: Davlat va huquq nazariyasi fanining metodi tushunchasi va uning o’ziga xos xususiyatlari


Download 39.61 Kb.
bet4/5
Sana03.12.2023
Hajmi39.61 Kb.
#1801060
1   2   3   4   5
Bog'liq
DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASI FANINING METODLARI

Muntazamlilik tamoyili. Bu ham davlat va huquq nazariyasi moxiyat-mazmunini ifodalovchi muhim tamoyillardan biridir.Bu, eng avvalo, ancha murakkab bo‘lgan davlat va huquqning ichki tuzilishiga aloqadordir.
Davlat va huquq tarkibiy bo‘linmalarini atroflicha, muntazam o‘rganish - davlat va huquq nazariyasi uchun majburiy metodologik talabdir.
Muntazamlilik tamoyili qonunchilik ishining ham zaruriy sharti bo‘lib qolishi kerak. Jumladan, O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni ta'minlovchi qonunlar, uning siyosiy tuzilishi va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishga doir qonunlar, umuman butun qonunchiligimiz to‘laligicha muntazamlilik metodiga qat'iy asoslanishi kerak. Respublikamizda olib borilayotgan huquqiy islohotlar ham muntazamlilik asosidagina muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin.Shunday qilib, muntazamlilik tamoyili davlat va huquq nazariyasi metodologik bazasiga chuqur singib ketishi hamda ilmiy tadqiqotlarning mushtarakligini belgilab berishi, davlat va huquq nazariyasini o‘rganish va o‘qitishda ro‘yobga chiqishi kerak.
Ob'yektivlik tamoyili. Ob'yektivizm nomi bilan atalgan ushbu tamoyil sho‘rolar davrida burjuaziya fani tamoyili sifatida davlat va huquq nazariyasidan chiqarib tashlangan va partiyaviylik tamoyili bilan almashtirilgandi. Unga ko‘ra ijtimoiy fanlar ishchilar sinfi manfaatlarini ta'minlashi, kommunistik istiqbol maqsadlari uchun kurashib, kommunistik g‘oyalarni himoya qilishi kerak edi.
Hozirgi vaqtda davlat tuzilishi tamoyillarida, boshqaruv va davlat qurilishi shakllarida chuqur o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Ular O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda qonun hujjatlarida o‘z ifodasini topgan.
Bu davrda jamiyat davlat va huquq nazariyasi sifatida maydonga chiquvchi metodologiyaga juda muhtoj bo‘ladi. Biroq bu yerda har qanday metodologiya ham to‘g‘ri kelavermaydi. Nazariyotchi olimlar oldida ob'yektiv ravishda ilmiy asosga ega bo‘lgan, haddan ziyod g‘oyaviylashtirish va sinfiy yondashuvlardan xoli metodlarni yaratish vazifasi ko‘ndalang bo‘ladi. SHo‘ro tuzumi davrida uzoq vaqt mobaynida davlat va huquqqa oid tadqiqotlarda mutlaq sinfiy yondashuv, haddan tashqari mafkuralashtirib, mutlaqlashtirilib yuborilgan nuqtai nazarlar hukmron bo‘ldi.
Bu esa, tarixning o‘nqir-cho‘nqir, notekis yo‘lini o‘tmish madaniy-ma'naviy merosiga bog‘lab o‘rganish imkonini bermasdi. Monopolizm tahli l vositalarining bir o‘lchovliligi, faqat bir yo‘nalishda ishlatilishi davlat va huquqning ziddiyatli, qarama-qarshi mohiyatini hisobga ololmasdi. Sinfiy yondashuv asta-sekin mafkuraviy
murosasizlik, biqiqlikka olib keldi. Sinfiy yondashuv muqarrar ravishda, Marksgacha bo‘lgan tafakkur, davlat va huquq hamda uning roli haqidagi prinsipial masalalarni nafaqat ochib berish, balki, hatto ularni to‘g‘ri qo‘yishni ham uddalay olmasdi, degan fikrga olib kelardi.Metodologiyadagi qat'iy biryoqlamalik qadriyatlarga munosabatda ham xatolarga olib keldi.
Haddan ziyod mafkuraviylik davlat haqidagi tasavvurlarning soxtalashtirilishiga sabab bo‘ldi. Davlatning funksiyasi oqibat-natijada faqat ezuvchilarni himoyalashga qaratiladi, deb hisoblanardi. Shu sababdan ham davlatni ta'riflashda uning sinfiylik jihatiga urg‘u berilardi. Huquqqa munosabatda ham xuddi shunday holat yuzaga kelgandi: “hukmron sinfning qonun darajasiga ko‘tarilgan irodasi sifatida uning imperativ - sinfiy jihatlari ta'kidlanardi” shu darajada soxtalashtirilgan, noto‘g‘ri mafkuraviylashtirishning sabablari nimada?
Bunday sabablar, aftidan, ko‘p bo‘lib, ularning birini XX asrda soxtalashtirilgan sotsiologizmning rivojidan qidirish kerak.
Aynan shu davrda A.Ya.Vishinskiy o‘z izdoshlari yordamida mamlakatni ma'muriy buyruqbozlik asosida boshqarish ehtiyojlariga mutanosib huquq nazariyasini qaror toptirdi.Hozirgi zamon davlat va huquq nazariyasi uchun ob'yektivlik tamoyili ham katta ahamiyat kasb eta borib, ilmiy xulosalar va takliflarda g‘arazgo‘ylik,
u Yoki bu siyosiy tuzilmaga «yaxshi ko‘rinish» istagi kabi illatlardan fanni xalos qilish jarayoni kechmoqda.Bu tamoyil ilmiy izlanishlarda mamlakatimiz yutuqlarini xorijiy tajribani o‘rganish bilan qo‘shib olib borishni metodologik jihatdan uddalashni ko‘zda tutadi.O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy hayotida yuz berayotgan yangilanish jarayonlari sharoitida inson haq-huquqlari va erkinliklari jahon andozalarini bilish, ularni respublikamizda ijodiy qo‘llash zaruriyatga aylanmoqda.
Birinchi chaqiriq Oliy Majlisning oltinchi sessiyasida so‘zga chiqar ekan, Prezident I.Karimov quyidagi masalaga e'tiborni qaratdi: «Navbatdagi muhim masala - respublikaning qonun hujjatlarini inson huquqlari sohasidagi xalqaro me'yorlar va standartlarga muvofiq holga keltirishdir. Jahonda inson huquqlari sohasida 70 standart qabul qilingan. Bu hujjatlarda hukumatning o‘z fuqarolari oldidagi majburiyatlari va ularga nisbatan qilishi shart bo‘lmagan ishlar belgilab berilgan.
O‘zbekiston hozircha bu standartlardan 15 tasiga qo‘shilgan» Biroq, bu narsa mutlaqo xorijiy tajribani ko‘r-ko‘rona o‘zlashtirib olishni anglatmaydi. Mazkur ishda xalqimizning madaniy va ma'naviy an'analarini hisobga olish shart. Bu esa, har qanday tajribani o‘zlashtirishga jiddiy yondashishni talab qiladi.Davlat va huquq nazariyasining metodologiya sifatidagi ahamiyati davlat faoliyatining muayyan sohalarida huquqiy tartibga solishning qoida va shartlarini o‘rganuvchi maxsus sohaviy yuridik fanlar uning qonuniyatlaridan foydalanishida yorqin namoyon bo‘ladi.
Biroq, davlat va huquqni bilishning ham maxsus, ham alohida metodlari shunday bilish vositalarini qo‘llashdan iboratki, ular faqat davlat-huquqiy reallikning o‘ziga xos sohalarini o‘rganishgagina yaraydi. Alohida metod orasida, bizningcha, aniq-sotsiologik, qiyosiy-huquqiy, rasman-yuridik (qat'iy normativ), huquqiy modellashtirish, shuningdek, matematik, matematik-statistika, kibernetika va boshqa metodlarni aytib o‘tish kerak.Qabul qilingan qarorlar samaradorligini, huquqiy tartibga solish Yoki huquqiy muhofazaning o‘z vaqtida va ta'sirchan bo‘lishini baholash chog‘ida huquqiy va davlat institutlari faoliyatining turli sohalarini o‘rganishda aniq sotsiologik metod ko‘pincha yagona to‘g‘ri yo‘l bo‘lib chiqadi.Ushbu metod ijtimoiy amaliyot ehtiyojlarini o‘rganish hamda muhim davlat-huquqiy masalalarni hal yetishga yondashishga ko‘maklashibgina qolmay, balki yaqin kelajakda birinchi navbatda yechilishi zarur bo‘ladigan bir qator muammolarni aniqlashga ham yordam beradi. Buni misol yordamida tushuntirishga harakat qilamiz.Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga shaxdam qadamlar bilan kirib bormoqda. Bu juda murakkab va qiyin jarayondir. Binobarin, bu yerda davlat va huquq rivojining umumiy qoida va tamoyillarini, xususiyatlari va yo‘nalishlarini aniqlashning o‘zi kifoya qilmaydi. Amaldagi munosabatlarda bozor qanday faoliyat ko‘rsatadi, Yana ham muhimrog‘i, butunicha davlat-huquqiy tizimi va uning har bir unsuri doirasida samarali faoliyat ko‘rsatishini qanday ta'minlaydi, buni aniq bilish lozim.Respublikamizda bu masalalarga katta e'tibor berib kelinyapti va ularning ko‘pchiligi muvaffaqiyatli hal etilyapti. Jumladan, Prezidentimiz I.Karimov ta'kidlaginidek, “bozor infratuzilmasini yaratish va uning faoliyati jarayonlarini muvofiqlashtirib borishni ta'minlovchi qonun hujjatlari faol shakllantirish.
Ularning asosiy qoidalari banklar, bank faoliyati, pul tizimi, tadbirkorlik to‘g‘risidagi, sug‘urta, birjalar faoliyati to‘g‘risidagi, qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risidagi va boshqa qonunlarda o‘z aksini topdi. Mazkur qonunlarning qabul qilinishi bilan bozor mexanizmlarini rivojlantirishining mustahkam poydevori yaratildi.”
Yuqorida ko‘rsatilgan muammolarni muvaffaqiyatli hal yetish uchun davlat va huquq nazariyasi anketa so‘rovlari, muloqotlar uyushtirish, tajribalar o‘tkazish kabi qator metodlardan foydalanadi. Nihoyat, bularning hammasi huquqiy echimlarning eng maqbul yo‘llarini topish, ijtimoiy-huquqiy islohotlarni o‘tkazish sohasida,
jinoyatchilikka qarshi, uning eng xavfli ko‘rinishlari - uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashda ilmiy asoslangan istiqbol rejalarini ishlab chiqish maqsadida olib boriladigan aniq sotsiologik metod doirasiga kiradi.



Download 39.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling