Davlat va huquq nazariyasi moduli oraliq nazorat ishi uchun kasuz


Download 415.52 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana19.04.2023
Hajmi415.52 Kb.
#1362057
  1   2   3   4   5   6



DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASI MODULI 
ORALIQ NAZORAT ISHI UCHUN KASUZ 
2. Yuridik faktlar xilma-xildir, ular mohiyatan bir necha turlarga bo‘linadi. 
Yuridik faktlar keltirib chiqaradigan huquqiy oqibatlariga ko‘ra huquqiy 
munosabatlarni vujudga kelishi, o‘zgarishi va bekor bo‘lishiga asos bo‘ladigan 
faktlarga bo‘linadi. Ammo ayni bir yuridik hodisa, bir vaqtning o‘zida ham 
muayyan huquqni yaratuvchi, ham huquqni o‘zgartiruvchi, ham huquqni bekor 
qiluvchi fakt bo‘lishi mumkin. 
Yuridik faktlarning turlarini muhokama qiling va oddiy hamda murakkab 
yuridik faktlarga O‘zbekiston Respublikasi yuridik amaliyotidan misollar keltirib 
o‘ting. 
Javob 
Ushbu kazusga javob berish uchun quyidagi boshqichlarga qat’iy rioya qilib va 
tahlil orqali to’g’ri javob berishimiz mumkin bo’ladi. 
1.Yuridik fakt tushunchasi hamda uning huquqiy munosabatlardagi ahamiyati 
2.Yuridik faktlarning turlari (klassifikatsiyasi) 
3.O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga murojaat qilgan holda oddiy va 
murakkab yuridik faktlarni aniqlash va bir nechta misollar ko’rib chiqish kabi 
jarayonlarnidir. 
To’gridan, to’g’ri yuridik faktlar to’grisida so’z boshlashdan oldin uning
tomonidan hamda bevosita yordami bilan paydo bo’ladigan huquqiy munosabat 
tushunchasiga ta’rif berib o’tishimiz muhim deb o’ylayman. Huquqiy 
munosabatlar –bu ijtimoiy munosabatlarning huquq normalari bilan tartibga 
solinadigan bir qismi bo’lib,ularning subyektlari subyektiv huquq va subyektiv 
yuridik majburiyatlarga ega bo’ladigan ,shaxslar o’rtasidagi yuridik aloqadir
1

Barcha ijtimoiy hayot hodisalari singari huquqiy munosabatlar ham taraqqiyot 
1
Davlat va huquq nazariyasi .SH.A.SAYDULLAYEV.TOSHKENT 2020 182 bet 



qonuniyatlariga itoat etadi. Insonlar o‘rtasidagi aloqalarning yuridik shakli 
bo‘lmish huquqiy munosabatlar muntazam ravishda doimo paydo bo‘lib, o‘zgarib 
va barham topib turadi. Huquqiy munosabatlar yuridik normalar asosida kelib 
chiqadi. Biroq huquqiy normalar o‘z-o‘zidan, bevosita huquqiy munosabatlarni 
paydo qilmaydi. Normalar faqatgina huquqiy munosabatlar vujudga kelishining 
shartlarini, holatlarini va chegaralarini belgilab beradi. Huquqiy munosabatlarning 
mavjud bo‘lishi yuridik faktlar, deb ataluvchi muayyan hayotiy hodisalar bilan 
bog‘liq.Yuridik adabiyotlarda yuridik fakt tushunchasi turli toifa olimlar 
tomonidan turlicha izohlanadi. Bu hodisaga dastlab nemis olimi Savigny XIX-
asrda qiaziqib qolgan.U yuridik faktlarni huquqiy munosabatlarning boshlanishi va 
tugashiga olib keladigan hodisalar sifatida tavsiflagan.Rossiyalik huquqshunos 
olimlar esa XX-asrda bu tushunchani yanada kengaytirdilar.Jumladan, ular 
huquqiy munosabatlarning paydo bo’lishi va tugatilish bosqichlariga ularni 
o’zgarish bosqichini ham qo’shdilar.Rus olimlaridan biri bo’lgan professor 
A.Mitskevich :Yuridik fakt –qonun,huquqiy normalarni huquq oqibatlari kelib 
chiqishi bilan bog’laydigan hayotiy vaziyat sifatida ta’riflagan bo’lsa yana bir rus 
olimi L.A.Morozova yuridik faktni quyidagicha izohlaydi.” Yuridik fakt –huquqiy 
normalar huquqiy munosabatlarni vujudga kelishi ,o’zgarishi,yoki bekor bo’lishi 
bilan bog’liq bo’lgan hayotiy vaziyat” . Shuningdek biz ta’lim olayotgan 
SH.Saydullayev 
mualifligidagi 
darslikda 
esa 
yuridik 
faktga 
huquqiy 
munosabatlarni vujudga keltiruvchi, o’zgartiruvchi va bekor qiluvchi holatlar 
sifatida izohlangan. Yana bir o’zbek huquqshunos olimi professor 
X.T.Odilqoriyev esa, Yuridik faktlar- huquqiy normalar asosida huquqiy 
munosabatlarni vujudga keltiruvchi, o‘zgartiruvchi va barham toptiruvchi hayotiy 
hodisalardir deb ta’rif berib o’tgan.Yuqorida keltirib o’tilgan tushunchlar 
mazmunan bir-biriga yaqin va o’xshash bo’lsada, biroz farqli jihat mavjud.Ya’ni 
Mitskevich yuridik faktlarni qonun va huquq normalari tomonidan keltirib
chiqaradigan huquqiy oqibatga bog’laydigan vaziyatlar desa qolgan olimlar esa 
aynan huquq normalari asosida huquqiy munosabatlarni vujudga keltiruvchi 
o’zgartiruvchi yoki bekor qiluvchi holat deb hisoblashadi. Yuridik faktlar huquqiy 



munosabatlarning zaruriy sharti, konkret talabi sifatida maydonga chiqadi. Xo‘sh, 
yuridik faktlar degani qanday hodisa? Turmushdagi barcha voqeliklar mana 
shunday hodisalar hisoblana oladimi? Chamasi, yo‘q. Hayotda turli-tuman faktlar, 
holatlar, shart-sharoitlar bor. Ammo ularning hammasi ham yuridik fakt 
bo‘lavermaydi. Muayyan hodisa va holatlarni yuridik fakt deb e’tirof etish 
davlatning xohish irodasiga bog‘liq. Yuridik fakt huquqiy munosabatni keltirib 
chiqaradi, tomonlarda huquq va majburiyat tug‘diradi. Huquqiy normalar ta’sirida 
u yoki bu hayotiy holatlar yuridik faktga aylanadi. . Yuridik faktlar huquqiy 
tizimda, huquqiy tartibga solish mexanizmida muhim rol o‘ynaydi va katta 
ahamiyat kasb etadi. Ular huquqiy norma bilan konkret huquqiy munosabat 
o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘indir. Yuridik faktlar huquqiy normalar va huquqdorlik 
(huquq subyekti), subyektiv huquq va yuridik majburiyat bilan birgalikda huquqiy 
munosabatlarning zaruriy sharti hisoblanadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 41-moddasiga muvofiq, har kim bilim olish huquqiga ega. 
Fuqaroning oliy o‘quv yurtiga kirib o‘qish huquqi amalga oshishi uchun u balog‘at 
yoshiga yetganligi hamda muomala layoqatiga egaligidan tashqari tegishli yuridik 
fakt mavjud bo‘lishi lozim. Bu yuridik fakt – kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli 
imtixon topshirish, tanlovdan o‘tish va buyruq bilan o‘quv muassasasiga qabul 
qilinishidir. Ana shundagina talaba bilan o‘quv yurti ma’muriyati o‘rtasida 
huquqiy munosabat vujudga keladi. Yuridik faktlar huquq normalarida nazarda 
tutiladi, mustahkamlanadi. Aytaylik, nikohni FHDY (ZAGS) idoralarida 
ro‘yxatdan o‘tkazish fakti yuridik faktdir, chunki bu holat Fuqarolik kodeksi va 
Oila kodeksida mustahkamlangan. Ayni vaqtda, masjidda ham nikoh o‘qish 
faktlari (urf-odati) mavjud. Biroq bu fakt qonunda nazarda tutilmagan. Shu bois u 
yuridik fakt bo‘la olmaydi.Aynan shuning uchun yuridik faktlarning belgilari bilan 
1-jadval asosida tanishib chiqamiz. Yuridik faktlar, ularning mohiyati, ro'yxati 
tegishli huquq normalari bilan belgilanadi. Fuqarolik-huquqiy munosabatlar
qonunchiligi normasi bunga misol bo'la oladi, unda vafot etgan deb e'lon qilingan 
fuqaro paydo bo'lgan yoki uning turgan joyi aniqlangan taqdirda, tegishli qaror sud 
tomonidan bekor qilinadi. Bu yerda vafot etgan deb e'lon qilingan fuqaroning 



paydo bo'lishi va uning joylashgan joyini aniqlash uning o'limi to'g'risidagi qarorni 
sud tomonidan bekor qilinishi kabi huquqiy oqibatlarga olib keladigan o'ziga xos 
hayotiy holatlardir.
1-
jadval 
No 

Download 415.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling