Davlat va huquq nazariyasi


Download 35.97 Kb.
Sana06.08.2020
Hajmi35.97 Kb.
#125607
Bog'liq
Huquqiy tartibga solish


Yurisprudensiya 119 – guruh

kursanti Shodavlatova Layloning

“Davlat va huquq nazariyasi”

fanidan seminar savollariga bergan javoblari.


1. Huquqiy tartibga solish mexanizmi - ijtimoiy munosabatlarga jamiyat va davlat oldida turgan maqsad hamda vazifalarga mos ravishda samarali huquqiy ta'sir etishni ta'minlovchi yuridik vositalarning bir butun tizimidir. «Huquqiy tartibga solish mexanizmi» tushunchasi «huquqiy ustqurma» (yoki ustqurmaning huquqiy qismi) tushunchasiga yaqin turadi. Har ikki tushuncha tarkibiga huquq normalari, huquqiy munosabatlar, huquqiy-me'yoriy hujjatlar, huquqiy ong, huquqiy madaniyat va boshqa huquqiy voqeliklar kiradi. Biroq, bu unsurlar yagona mexanizmning tarkibiy qismlari sifatida tahlil qilinganda e'tiborni huquqiy ustqurmaning dinamik tomonga, huquqiy ta'sir etish jarayonidagi yuridik vositalarning bir butun tizimdagi o'zaro harakatiga qaratish lozim.

«Huquqiy tartibga solish mexanizmi» tushunchasi yordamida har bir huquqiy institut(voqelik)ning huquqiy tartibga solish tizimidagi o‘rni va rolini aniqlab olish mumkin. Shuningdek, ta'kidlash joizki, mexanizm tarkibiga kiruvchi huquqiy institut butunning tarkibiy qismi sifatida yangi xususiyatlarga ega bo‘ladi.

Uning elementlari quyidagilar:

a) huquqiy normalar;

b) huquqiy munosabatlar;

d) subyektiv huquq va yuridik majburiyatlarni amalga oshirish hujjatlari.


2. Huquqiy vositalar - bu muayyan ko‘rsatmalarda va xatti-harakatlarda namoyon bo‘ladigan huquqiy hodisa bo‘lib, uning yordamida huquq sub’ektlarining manfaatlari amalga oshiriladi va ijtimoiy foydali maqsadlarga erishish ta’minlanadi.

Huquqiy vositalar sifatida huquq normalari va prinsiplari, huquqni qo’llash aktlari, shartnomalar, yuridik faktlar, subyektiv huquq va yuridik majburiyatlar, ta’qiqlar, imtiyozlar, rag’batlantirish va jazo choralari, huquq va majburiyatlarni amalga oshirish hujjatlarini ko’rsatib o’tish mumkin.

Huquqiy vositalarning quyidagi belgilari mavjud:


  • Ular huquq sub’ektlarining manfaatlarini amalga oshirishning va ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishni ta’minlashning umumlashgan yuridik uslublari bo‘lib hisoblanadi

  • Huquqiy vositalar huquqning axborot – energetik sifati va resurslarini o‘zida namoyon qiladi. Ular o‘z navbatida, huquqiy munosabat ishtirokchilarining manfaatlarini amalga oshirish yo‘lida turgan to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan bo‘ladi

  • Huquqiy vositalar huquqning ta’sir etish va huquqiy tartibga solish mexanizmi hamda huquqiy rejimlarning asosiy faoliyat yurituvchi qismi bo‘lib hisoblanadi.

  • Huquqiy vositalar yuridik oqibatlarga, muayyan natijalarga va u yoki bu darajada huquqiy tartibga solishning samaradorligiga yoki buzilishiga olib keladi.

  • Davlat tomonidan ta’minlanadi.

Uning turlari quydagicha tasniflanadi:

  • Darajasiga ko’ra: biramchi yoki kompleks;

  • Funksiyasiga ko’ra: tartibga solish va muhofaza qilish;

  • Tartibga solish predmtiga ko’ra: konstitutsiyaviy, ma’muriy, jinoiy;

  • Yuridik tavsifiga ko’ra moddiy va protsessual;

  • Amal qilish vaqtiga ko’ra: doimiy va vaqtinchalik;

  • Huquqiy tartibga solish turiga ko’ra: normativ, individual;

  • Axborot-ruxiy yo’nalishga ko’ra: rag’batlantiruvchi va cheklovchi.


3. «Tartibga solish» iborasi lotincha «regulo» so‘zidan olingan bo‘lib, qoida, batartiblash, yo'lga qo'yish, bir narsani ikkinchisiga muvofiqlashtirish ma'nosini anglatadi. «Ta’sir etish» iborasi esa, biror narsaga xatti-harakatlar tizimi vositasida yondashib, uni o‘zgartirishga erishishdir. «Ta’sir etish» tushunchasi o‘z hajmiga ko'ra «tartibga solish» kategoriyasidan keng. Ta'sir etish ham huquqiy normalar yordamida xulq- atvorni tartibga solishi, ham boshqa huquqiy vositalar va usullar orqali kishilar xulq-atvorini o'zgartirishga erishishi mumkin.

Yuridik adabiyotda ba’zi tadqiqotchilar huquqiy tartibga solish tushun- chasiga inson ongi va xulq-atvoriga huquq ta'sir etishining barcha turlarini kiritadilar, boshqa olimlar esa, mafkura va tarbiyani huquqiy tartibga solish mazmunidan tashqariga chiqaradilar. Ikkinchi yondashuv tarafdorlarining fikri ancha jo'yali ko'rinadi. Unga muvofiq, huquqiy tartibga solish - huquqning ijtimoiy munosabatlarga maxsus yuridik vositalar tizimi yordamida ta'sir etishdir. Chunki, hamma huquqiy hodisalar ham ijtimoiy munosabatlarni tar'tibga solishga qodir emas. Demak, «ijtimoiy munosabatlarga huquqiy ta'sir etish» iborasi nisbatan keng tushuncha bo‘lib, o‘z mazmuniga jamiyat hayotiga huquq ta'sirining barcha yo‘nalishlari va shakllarini qamrab oladi. Huquqning bunday ta'siri - normativ (umummajburiy) regulyatorlik, mafkuraviy va tarbiyaviy shakllarda namoyon bo‘ladi. Huquq ishlab chiqarish (iqtisodiy) munosabatlariga va ularga asoslangan boshqa munosabatlarga ta'sir etib, ularni mustahkamlaydi, qo'riqlaydi va rivojlantiradi. Huquqiy ta'sir etish natijasida ilg'or va ijobiy ijtimoiy munosabatlar huquqiy himoya qilinadi hamda takomillashtiriladi. Jamiyat manfaatlariga mos kelmaydigan yoxud eskirgan munosabatlar esa ijtimoiy turmushdan siqib chiqariladi.


4. Huquqiy tartibga solish mexanizmida huquq normasi, huquqiy munosabat, individual hujjatlar va huquqiy ong o‘rtasidagi munosabat avvalo, ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq normalarining yaratilishida, yaratilgan huquq normasi doirasida sub’ektlarda huquq va majburiyatlarning paydo bo‘lishida, yuridik normada nazarda tutilgan holatlar vujudga kelganda sub’ektiv huquq va majburiyatlarning amalga oshirilishida, shuningdek, huquqni qo‘llashda o’z aksini topadi.
5. Huquqiy tartib (rejim) - davlat tomonidan huquq normalari ko‘rinishida o‘rnatiladigan va davlat majburlov kuchi bilan ta’minlanadigan huquqiy tartibga solishning maxsus usulidir. Yuqoridagi ta’rifdan ham ko’rinib turibdiki, huquqiy rejim muayyan tartibning mavjudligi bilan bog’liqdir. O’z navbatida tartib bir harakatdan keyin boshq harakatni amalga oshirishning texnologik ketma-ketligini namoyon qiladi. Har qanday huquqiy rejimning samarali faoliyati, birinchidan, mantiqiy asoslantirilganligi, ikkinchidan oldingi harakatdan keyin qonuniy va ketma-ketlik asosida harakat qilish zarurligini ko’zda tutadi. Uning belgilar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

  • ular qonunchilikda belgilab qo‘yiladi va amal qilishi davlat tomonidan ta’minlanadi;

  • ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini maxsus shaklda tartibga solishni maqsad qilib qo‘yadi;

  • muayyan huquqiy vositalardan tashkil topgan huquqiy tartibga solishining maxsus tartibini namoyon etadi;

  • alohida huquq subektlarining manfaatlarini amalga oshirish uchun qulay yoki noqulay shart – sharoitlarni belgilab beradi.


6. Huquqiy rag‘batlantirish – hurmatga sazovor ixtiyoriy xulq-atvorni yuridik ma’qul­lash shakli va chorasidir. Mazkur choraning ko‘rilishi natijasida sub’ekt taqdirlanadi, uning uchun ijobiy oqibatlar ro‘y bergan sanaladi. Huquqiy rag’batlantirish uchun asosan quyidagi xususiyatlar namoyon bo’lishi kerak:

- ijtimoiy faol xulq-atvor va ijobiy vazifalarni bajarishi

- shaxsning o’z burchiga vijdonan munosabatda bo’lishi

- shaxs o’z vazifalarini namunali bajarishi yoki umum e’tirof etgan natijalarga erishishi

Huquqiy rag’batlantirishning asosiy belgilari quyidagilar:


  • Xatti-harakat bilan bog‘liq bo‘ladi. Bunda rag‘batlantirish, shaxsga tartibga soluvchi ta’sir ko‘rsatar ekan, ijtimoiy foydali xulq-atvorning muayyan turini qat’iy belgilamaydi, balki rag‘batlantirish to‘g‘risidagi normada ko‘rsa­tilgan oqibatlar maqbul va foydali ekanligiga ishora qiladi.

  • Rag‘batlantirish choralari ijobiy xulq-atvorni yuridik jihatdan ma’qullaydi, taqdirga loyiq ixtiyoriy xulq-atvorni ja­miyat va davlat tomonidan taqdirlash shakli sifatida amal qiladi.

  • Rag‘batlantirish jamiyat uchun ham, rag‘batlantirilayotgan sub’ekt uchun ham foydali bo‘lib, ularni ijobiy oqibatlar bilan qanoatlantirgan holda, turli manfaat­larni uyg‘unlashtiradi.

  • Rag‘batlantirish, odatda, ancha ta’sirchan yuridik omil hisoblanadi.

Huquqiy rag’batlantirishning turlari:

  • Tartibga solish predmetiga ko’ra: ma’muriy, mehnat, jinoiy-ijroiya

  • Yuridik tabiatiga ko’ra: moddiy-huquqiy, protsessual

  • Qo’llash subyektiga ko’ra: davlat va nodavlat

  • Qo’llash miqyosiga ko’ra: mahalliy, umumdavlat, mintaqaviy.


7. Huquqiy imtiyoz deganda, sub’ektga o‘z manfaatlarini to‘laroq qon­dirish imkonini beruvchi va qo‘shimcha, alohida huquqlar (afzal­liklar) berishda yoki majburiyatlardan ozod qilishda ifodalanuvchi sub’ekt holatini qonuniy ravishda engillashtirish tushuniladi. Uning belgilari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

  • huquqiy imtiyozlar sub’ektlarning manfaatlari yanada to‘laroq qondirilishi, ular hayot sharoitlarining engillashtirilishi bilan tavsiflanadi;

  • huquqiy imtiyozlar umumiy qoidadan istisno tariqasida qo‘llaniladi va yuridik tabaqalashtirish usuli si­fatida amal qiladi. Chunki imtiyozlar, avvalambor, shaxs maxsus huquqiy maqomining muhim qismi, sub’ektning asosiy huquq va erkinliklarini yuridik yo‘sindagi alohida imkoniyatlar bilan to‘ldirish mexanizmidir

  • huquqiy imtiyozlar vakolatli davlat organlari tomonidan huquqiy hujjatlarda huquq ijodkorligining demokra­tik prinsiplariga muvofiq belgilab qo‘yilgan istisno tariqasi­dagi qoidalar sifatida amal qiladi.

Huquqiy imtiyozning asosiy maqsadi shaxs, ijtimoiy guruhlar, davlat manfaatlarini muvofiqlashtirish hisoblanadi. Ana shu maqsadga erishishga qaratilgan huquqiy imtiyozlar konsensatsiya qiluvchi va rag’batlantiruvchi funksiyalarni bajaradi.

Huquqiy imtiyozlarning turlar quyidagilar:



  • tartibga solish predmetiga ko’ra: konstitutsiyaviy, fuqarolik, ekologik

  • hajmiga ko’ra: asosiy, qisman, qo’shimcha

  • harakat qilish vaqtiga ko’ra: doimiy va vaqtinchalik

  • mazmuniga ko’ra: moddiy-huquqiy, ma’naviy



8. Huquqiy tartibga solish samaradorligi keng va serqirrali tushuncha bo‘lib, u huquqiy tartibga solish maqsadi bilan erishilgan natija o’rtasidagi nisbatni anglatadi. Uning tarkibiy qismalriga amaldagi qonunchilik tizimining sifat jihati, huquqni qo‘llash sub’ektlarining huquqiy ongi darajasi, huquqni qo‘llash faoliyatining samaradorligini kiritish mumkin.

Uning amal qilish asoslari quyidagilardan iborat:



  • huquq ijodkorligi faoliyatini yanada takomillashtirish, ya’ni bunda qonunchilik taxnikasiga qat’iy amal qilish, ijtimoiy manfaatlarni to‘laroq e’tiborga olish hamda huquq normalari amalda bo‘ladigan jamiyatdagi ob’ektiv qonuniyatlarni hisobga olish;

  • huquqni qo‘llash jarayonini takomillashtirish. Bunda huquq ijodkorligi va huquqni qo‘llashning samarali uyg‘unligini ta’minlash hamda jamiyatda qonuniylik va huquqiy tartibotni qaror toptirish;

  • huquq sub’ektlarining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish va boshqalar.

9. Ma’lumki bugungi kunda demokratlashtirish va modernizatsiyalashtirish sharoitida mamlakatda huquqiy tartibga solish samaradorligi oshrish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunga erishishda birinchi navbatda resbuplikamiz qonunchilik palatasining qonunlar loyihasini ishlab chiqishda xalqning barcha qatlamlarining manfaatlarini birdek hisobga olishlari, qabul qilinayotgan qonunlar ko’lamini kengaytirish, ularni yanada aniqroq bo’lishini ta’minlash, qonunlardan aholining xabardorlik darajasini oshirish, qonunlar ijrosi mexanizmning ishlash faoliyatini yanada takomillashtirish, bunda huquq tartibor organlarning faoliyatiga alohida ahamiyat qaratish, aholida qonnunlarga nisbatan hurmat hissini yuzaga keltirish, va eng asosiysi aholining huquqiy ongi va huquqi madaniyatini yuksaltirishga tayaniladi. Aynan shu yo’llar bilan huquqiy tartibga solish mexanizmining to’g’ri harakatini va uning samaradorligini oshirish mumkin.
Download 35.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling