Davlat va huquq nazariyasi va tarixi


Download 108.95 Kb.
bet9/12
Sana24.12.2022
Hajmi108.95 Kb.
#1051316
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Abdujabborov Ilyos55455

Huquqiy ta’lim mazmunining tamoyillari.Mustaqil O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida demokratik jamiyat barpo etishdek orzumizning ro’yobga chiqishida zamon talabalariga javob beradigan, huquqiy bilimga ega bo’lgan kadrlarni tayyorlash bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir.
SHuning uchun ham O’zbekiston mustaqilligining ilk qadami sifatida ta’limni tubdan isloh qilish, kadrlar tayyorlashni zamon talablari darajasiga ko’tarish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
“Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi”da huquqiy ta’limning maqsadi har bir kishiga amaliy faoliyatda zarur bo’ladigan huquqiy bilimlarni belgilangan davlat standartlaridan kam bo’lmagan hajmda egallash imkoniyatini berishdan iborat15 ekanligi e’tirof etilgan.
Huquqiy ta’lim mazmuni alohida tamoyillar asosida amalga oshiriladi. Huquqiy ta’lim mazmunining tamoyillari deganda, bilim beruvchi faoliyatini va bilim oluvchilar bilish faoliyatining xususiyatini belgilaydigan asosiy qoidalar tushuniladi. Bu tamoyillarga amal qilish natijasida huquqiy bilimlarning o’zlashtirilishiga va unga taalluqli xususiyatlarning shakllanishiga erishiladi.
Bu tamoyillar tarkibiga huquqiy ta’limning insonparvarligi; huquqiy ta’limning davlat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yo’nalishlariga bog’liqligi; huquqiy ta’limning uzluksizligi; huquqiy ta’limning tizimli va izchilligi;huquqiy ta’limning dunyoviyligi; huquqiy ta’limning erishilgan yutuqlar bilan muvofiqligi; huquqiy ta’limning kasbga yo’naltirilganligi; huquqiy ta’limning ilmiyligi; huquqiy ta’limning hayot bilan bog’liqligi; huquqiy ta’limning amaliyot bilan birligi; huquqiy ta’limning faolliligi; huquqiy ta’limning tarbiya bilan birligi; huquqiy ta’limning boshqa fanlar bilan aloqadorligini kiritish mumkin.
Barcha tamoyillarning yig’indisi huquqiy ta’lim mazmunini ifodalaydigan ichki o’zaro muvofiqlashgan qoidalarning yaxlit tizimini tashkil etadi.
Ushbu tamoyillarni uch guruhga ajratib ko’rsatish maqsadga muvofiqdir.
Birinchi guruh – huquqiy ta’limning ilmiy-nazariy tamoyillari bo’lib, bularga ta’limning uzluksizligi, izchilligi, ilmiyligi, faolligi kiradi.
Ikkinchi guruh – huquqiy ta’limning metodik-uslubiy tamoyillari bo’lib, bularga ta’limning tizimliligi, kasbga yo’naltirilganligi, ko’rgazmaliligi, amaliyot bilan birligi, boshqa fanlar bilan aloqadorligini kiritish mumkin.
Uchinchi guruh – huquqiy ta’limning tarbiyaviy tamoyillari. Bularga ta’limning insonparvarligi, vatanparvarligi, erishilganyutuqlar bilan muvofiqligi, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo’nalishlariga bog’liqligi kiradi.
Huquqiy ta’limning ilmiy-nazariy printsiplari huquqiy bilimlar ilmiy-nazariy asoslarining ta’lim jarayonidagi o’rnini ochib beradi. Bunda huquqiy me’yoriy hujjatlar, tushunchalar, nazariyalar bilan tanishtirilib, ilmiy-nazariy bilimlar beriladi. Ushbu bilimlar aqliy rivojlanish uchun muhimdir. SHunday bilimlargina huquq fanining ilmiy-nazariy mazmunini o’zlashtirib, fanni egallab olishga imkon beradi. Masalan, huquq nazariyasini ilmiy asosda tushunib olmasdan, huquqbuzarlik, uning turlarini tushunish qiyindir yoki konstitutsiyaviy huquqiy munosabatlarning ilmiy mohiyatini bilmay turib, davlat bilan fuqarolar o’rtasidagi munosabatlarni (fuqarolikka qabul qilish, fuqarolarning teng huquqliligi) to’liq tushunish mumkin emas. Ilmiy-nazariy bilimlar o’zining xususiyatini yo’qotmagan holda, ta’lim oluvchilarning yoshiga, ularning rivojlanish darajasiga qarab izohlab berilishi lozim.
Huquqiy ta’limning ilmiy-nazariy tamoyillarini amalga oshirishda izchillik va uzluksizlik juda muhimdir. Ya’ni bunda huquqiy ta’lim jarayonida muntazam, tadrijiy, tinimsiz asosda bilim berish tushuniladi. Masalan, davlat ramzlari maktabgacha ta’limda ham, boshlang’ich va umumiy o’rta ta’limda ham, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtida ham o’rganiladi. Bu mavzuning ilmiy tushunchalari yil sayin chuqurlashib boradi. Bola bog’chada davlat ramzlariga nimalar kirishini bilib oladi. Davlatimiz ramzlari - bayroq, gerbni boshqa davlatlarning ramziy belgilari aks etgan rasmlardan ajratib olishga o’rganadi. Madhiyaning so’zlarini yodlab, musiqaga solib aytishni o’rganadi. Bunda madhiyaning har bir so’zini to’g’ri, aniq talaffuz etilishiga e’tiborni qaratish lozim. Bu fikrni ta’kidlashimizga asosiy sabab shuki, tadqiqotimiz jarayonida bog’cha tarbiyalanuvchilaridan ba’zilari O’zbekiston Respublikasi madhiyasidagi ”hur” so’zini ”ur”, ”yo’ldosh” so’zini ”o’ldosh”, ”jo’sh” so’zini ”o’sh”, ”zamon” so’zini ”omon”, ”diyor” so’zini ”uyor” deb kuylaganlari aniqlandi.
Huquqiy ta’limning uzluksizligini ta’minlash maqsadida ta’lim oluvchi boshlang’ich sinfda, umumiy o’rta ta’limda davlat ramzlarining mohiyatini, davlat ramzlarining qonun bilan tasdiqlanishini, davlat ramzlari haqida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 5-moddasida ma’lumot berilganini, davlat ramzlari to’g’risidagi qonunlarni va davlat ramzlariga hurmatsizlik huquqiy javobgarlik keltirib chiqarishini bilib oladilar. O’rta maxsus va oliy ta’limda esa davlat ramzlari to’g’risidagi qonunlarning mohiyatini, ularning xususiyatlarini, jahonda tutgan o’rnini va boshqa shu kabi ilmiy-nazariy xususiyatlarini o’rganadilar.
Huquqiy ta’limning ilmiy-nazariy tamoyilini amalga oshirishda onglilik va faollik ham muhimdir. Bunda ta’lim oluvchining huquqiy bilimlarni egallash jarayonini faol fikrlash jarayoniga aylantirishi ta’lim oluvchida ijodiy tashabbuskorlik, mustaqil tafakkur, ilmiy dunyoqarash vujudga keltiradi. SHuningdek, bu qoidani amalga oshirishda huquqiy mavzuni ongli ravishda tushunish, unga nisbatan ongli munosabatda bo’lish va bilish faoliyatini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Masalan, yo’l harakati qoidalariga oid svetoforning qizil chirog’ida yo’lni kesib o’tmaslik qoidasini tushunishning o’zi kifoya emas. Ushbu qoidaga ongli munosabatda bo’lib rioya etilishi ham zarurdir.
Huquqiy ta’limning metodik-uslubiy tamoyillari ham katta ahamiyatga ega. Huquqiy ta’limning metodik – uslubiy tamoyillari ta’lim jarayonida ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning ma’lum maqsadga erishish uchun qaratilgan birgalikdagi faoliyat usullarining asosiy mazmunini ochib beradi. Bunda ta’lim oluvchilarning ilmiy bilimlarni o’zlashtirishi va amalda qo’llay bilishlariga erishiladi. Huquqiy ta’limda to’g’ri foydalanilgan metodik tamoyillar ta’lim-tarbiya ishlarida ijobiy natijalarga olib keladi. Huquqiy ta’limning metodik-uslubiy tamoyillari tarkibida tizimlilik qoidasi asosiy o’rinni egallaydi. Masalan, dastavval davlat va huquqning nazariy asoslari, undan keyin davlat va huquq tarixi, keyingina huquq sohalari o’rganiladi yoki jinoyat huquqi sohasini o’rganishda avvalo jinoyat huquqining umumiy qoidalari (jinoyat huquqi tizimi, jinoyat huquqiga oid huquqiy hujjatlar, ularning vazifalari, jinoyat tushunchasi, uning tarkibi, jinoiy javobgarlik asoslari va h.k.) o’rganilib, keyingina maxsus qoidalar (jinoyat turlari va ularga tegishli jazolar) o’rganiladi.
Huquqiy ta’limning kasbga yo’naltirish tamoyili esa bo’lajak mutaxassislarni tayyorlash maqsadida kasbiy yo’naltirilganlik ko’nikmalarini hosil qilishni nazarda tutadi. Masalan, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarida har bir bo’lajak mutaxassisga kasbiga qarab huquqiy ta’lim berishga erishish muhimdir. Boshlang’ich sinf o’qituvchilarini tayyorlaydigan pedagogika bilim yurtlarida huquqiy ta’lim berishda asosiy e’tibor bola huquqlari, inson huquqlari, pedagog xodimlarning huquq va majburiyatlari, ta’lim huquqi, pedagog xodimlarning mehnat munosabatlari, ish vaqti, dam olish vaqti, mehnatga haq to’lash, mehnat shartnomasini tuzish, bekor qilish va h.k.ga qaratilishi lozim.
Huquqiy ta’limda ko’rgazmalilik tamoyiliga amal qilish ham yaxshi natijalar beradi. CHunki ta’limda og’zaki bayon etish bilan birga og’zaki bayon etishning ko’rgazmali bo’lishi, ko’rgazmali qurollardan foydalanib ta’lim berilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda bilim oluvchi yorqin va aniq tasavvurga ega bo’ladi. Masalan, yoshlarga huquqiy ta’lim berishda saylov tizimi, saylov tamoyillari tushuntirilib, saylov byulleteni haqida bayon etilganda, ta’lim oluvchiga aynan saylov byulletenining o’zi ko’rsatilsa, yoshlarda yanada aniq tassavur hosil bo’ladi. SHuningdek, huquqiy mavzu bayonida chizma, diagramma kabilardan foydalanish ham yuqori samara beradi. Bunga misol qilib, A.Saidov, U.Tojixonov tomonidan yozilgan ”Davlat va huquq asoslari” o’quv qo’llanmasida, O.Karimova, H.Tuychieva tomonidan yozilgan ”Davlat va huquq asoslari” o’quv qo’llanmasida berilgan chizmalarni keltirish mumkin16.
Huquqiy ta’limning tarbiyaviy tamoyilining ham o’ziga xos o’rni bor. Bunda inson shaxsida umumiy insoniy fazilatlar (yoqimlilik, barkamollik, so’zga chechanlik, hurmatga sazovorlik, jiddiylik, ziyolilik, oddiylik), axloqiy xislatlar (odamiylik, jonkuyarlik, rahmdillik, olijanoblik, xushmuomalalik, andishalilik kabi) va ular vatanparvarlik, ongli intizomlilik, qonunga rioya etish ruhida tarbiyalanadilar. Huquqiy ta’lim jarayonida muayyan mavzuni davlatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy rivojlanishi bilan, erishilgan yutuqlar bilan bog’lab olib borish yaxshi natijalar bermoqda.Masalan, huquqiy ta’lim davlatimizda ro’y berayotgan islohotlarni bayon etish, xalq hokimiyatchiligining ahamiyati, siyosiy o’zgarishlar, hozirgi zamon fani va texnikasi, umuminsoniy qadriyatlar va milliy qadriyatlarga asoslanishi bilan olib borilsa, maqsadga muvofiq bo’lar edi.

Konstitutsiya baxtimiz va erkinligimiz timsoli sifatida inson va fuqarolarning, jamiyat va davlatning huquq va manfaatlarini kafolatlovchi Bosh Qomusdir. Har qanday davlatning yuzi, obro’-e’tibori uning Konstitutsiyasi hisoblanadi. Konstitutsiya esa davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan hujjatdir.
Davlat tizimini yangilash, uning demokratlashtirish jarayonini rivojlantirish sharoitini yaratgan mustaqil O’zbekiston Konstitutsiyasi - Vatanimiz va xalqimizning o’tmishi, buguni va kelajagini 21 yildan buyon ko’rsatib kelmoqda.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “barchamiz bir haqiqatni anglab, tushunib bormoqdamiz – bugun jamiyatimizda qanday yutuq va marralarga erishayotgan bo’lsak, bularning poydevorida Konstitutsiyamiz - buyuk Hayot qomusimiz turibdi”.17
Davlatimizning Asosiy qonuni inson huquqlariga va davlat suvereniteti g’oyalariga sodiqligini tantanali ravishda e’lon qilib, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatini anglagan holda, demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqatini namoyon qilib, respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta’minlashga intilib, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni ko’zlab, o’zining muxtor vakillari siymosida qabul qilingan.
O’zbekiston Konstitutsiyasi yangi jamiyatning ishonchli huquqiy kafolatlarini shakllantiradi va mustahkamlaydi. Bu Asosiy Qonun har tomonlama va chuqur o’ylangan umumxalq muhokamasidan keyin demokratik yo’l bilan qabul qilingan. Konstitutsiya bizga inson huquqlari, ozodlik, barqarorlik va taraqqiyot majmuini ifodalaydigan demokratik, huquqiy va adolatli davlatni qanday qilib qurish yo’llarini ochib bergan.
Ma’lumki, mustaqillikning o’tgan qisqa tarixiy davrida mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida ham tub islohotlar izchil amalga oshirildi. Hur O’zbekiston erkin demokratik konstitutsiyaviy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati barpo etishdek buyuk maqsad sari o’ziga xos va o’ziga mos taraqqiyot yo’lidan bormoqda. Hayotning o’zi, jamiyatni demokratlashtirish va yangilashning, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishning o’zbekcha modelini tanlangan yo’limiz va tamoyillarimizning to’g’ri ekanini ko’rsatmoqda.
Qisqa davr ichida O’zbekistonda Konstitutsiya zamirida tamomila yangi siyosiy va huquqiy tizim shakllandi. Fuqarolarimizning siyosiy va huquqiy ongi va tafakkurida, dunyoqarashida jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ldi.
O’zbekiston xalqining tinchlik-xotirjamlikda hayot kechirishi, ertangi kunga bo’lgan ishonchining negizida Konstitutsiyada belgilangan huquqiy me’yorlarning ahamiyati katta.
Yangi jamiyat barpo etish borasida bugunga qadar erishgan yutuqlarimiz, hayotimizga tobora chuqur kirib borayotgan demokratik amaliyot va an’analarni joriy etayotganligimiz, shuningdek davlat hokimiyati faoliyatida inson huquqlari va manfaatlari g’oyalariga tayanib ish ko’rayotganligimiz natijasida O’zbekiston xalqaro maydonda obro’-e’tiborga ega bo’lib, dunyo hamjamiyati bilan hamkorligi tobora mustahkamlanib bormoqda.
Fan, ta’lim, ishlab chiqarish, tibbiyot, sport va boshqa sohalarda erishayotgan yutuqlarimizni jahon e’tirof etmoqda. Ayniqsa, yurtimiz buguni va kelajagining hal qiluvchi kuchi bo’lgan yoshlarga alohida g’amxo’rlik ko’rsatilmoqda.
Xalqimiz nimalar evaziga, qanday og’ir va mashaqqatli kunlar, sinovlarni boshdan kechirib, bugungi yutuq va marralarga erishganini anglagan holda, ertangi yorug’ va hech kimdan kam bo’lmaydigan kelajagimizga ongli ravishda qadam qo’ymoqdamiz.
Bu yo’lda bizning eng katta tayanch va suyanchimiz, hal qiluvchi kuchimiz yosh avlodimizdir18.
O’zbekiston Respublikasi demokratik huquqiy davlat qurish yo’lidan borar ekan, uning asosiy vazifasi har tomonlama barkamol erkin shaxslarning kamol topishiga shart-sharoit yaratish hisoblanadi. SHuning uchun ham ta’lim sohasiga davlat siyosati darajasida katta e’tibor berilmoqda.
1948 yilda qabul qilingan “Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi” printsiplariga asosan O’zbekiston Respublikasi shaxsning bilim olish huquqini amalga oshirilishining harakatdagi samarali huquqiy mexanizmini yaratib berdi.
O’zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimi yaratilib, uning asosida shaxs ta’lim olishining huquqiy mexanizmlari amalda mustahkamlandi.
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, ushbu hujjatlarning mantiqiy davomi bo’lgan “2004-2009 yillarga mo’ljallangan maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi” hamda sohani rivojlantirishga oid qabul qilingan boshqa qonun va qonun osti hujjatlari, ularning ijrosini ta’minlash borasida bugungi kunda ta’lim muassasalarining moddiy - texnika bazasini takomillashuvi, davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturlarining yaratilishi, optimallashuvi va boshqa yaratib berilayotgan imkoniyatlar Asosiy Qonunimizda ta’lim olishga berilgan huquqning kafolatini ta’minlaydi. Ushbu qoidaga ko’ra, davlat nafaqat ta’lim olish huquqini kafolatlamoqda, balki uning qay tarzda amalga oshirilishi nazoratini ham o’zining zimmasiga olgan. Yaratib berilayotgan imkoniyatlar zamirida o’quvchilarimiz matematika, ximiya, fizika, rus tili fanlaridan o’tkaziladigan xalqaro olimpiadalar, turli tanlovlar, sport musobaqalarida yurtimiz sharafini himoya qilib kelmoqdalar. 
Ta’lim turlari va shakllarining turli-tumanligi shaxsning ta’lim olishga bo’lgan talab va ehtiyojlarini to’la qondirish imkonini beradi.
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida, xususan, “Ta’lim to’g’risida”gi qonunda har bir shaxs dini, tili, irqi, yashash joyi, millati, kelib chiqishi va qaerda ishlashidan qat’iy nazar teng ta’lim olish huquqiga ega deb ko’rsatib o’tilgan. Ta’lim olish huquqining mazmuni shundaki, O’zbekiston Respublikasi har bir fuqarosiga ta’lim va tarbiyaning barcha ko’rinishlaridan teng foydalanish imkoniyatlarini kafolatlaydi. Ta’lim olish huquqini amalga oshirishga mavjud kuchli moddiy - texnika bazasi imkon yaratadi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy maqsadlaridan biri fuqarolik jamiyati qurish, uni har tomonlama rivojlangan, mustaqil va barkamol shaxslardan iborat bo’lishini ta’minlashdan iborat. Davlat faoliyatining ustuvor yo’nalishi har bir insonning qobiliyatiga yarasha ta’lim olishi va uni jamiyat foydasiga, tarraqqiyotiga xizmat qilishini ta’minlashga qaratilgan. Texnika va fanning yuksak darajadagi rivojlanishi har bir kishi bilimini yuqori sifatda bo’lishini talab qilmoqda.
Darhaqiqat, kelajagi buyuk davlatni barpo etishda birinchi navbatda, kelajak avlodning madaniyati, ma’lumoti, ma’naviyati muhim o’rin egallaydi. Ilm-ma’rifatni egallamasdan turib, biror-bir yutuqni qo’lga kiritish, tub ma’nodagi islohotlar o’tkazish, yosh avlod tarbiyasida ma’lum bir muvaffaqiyatga erishish mumkin emas. Ayni shu haqiqat O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida aniq va ravon belgilab qo’yilgan. Ushbu me’yorlar Konstitutsiyaning 2 bo’limining “SHaxsiy huquq va erkinliklar” deb nomlangan VII bobda, “Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar” deb nomlangan IX bobda ko’rish mumkin.
Jumladan, 41-moddada quyidagilar kafolatlangan: “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir”19. Mazkur moddada belgilab qo’yilgan qoidalarga ko’ra, bizda millatidan qat’i nazar har bir fuqaroning bilim olish huquqi kafolatlanadi. Davlat tomonidan bepul umumiy ta’lim olinishi mustahkamlanib, ayni paytda maktab-maorif ishlarining davlat nazoratida ekanligi belgilab qo’yilgan. Nazarimizda, 1997 yilda qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning mohiyati Konstitutsiyamizdagi aynan shu moddalarning amaliy isbotidir.
2013 yilda mamlakatimizda 756 ta ta’lim maskani, musiqa va san’at maktablari, bolalar sporti ob’ektlari yangitdan qurildi, rekonstruksiya qilindi va kapital ta’mirlandi. Zamonaviy kompyuter sinflari, o’quv laboratoriyalari, ustaxonalar tashkil etilib, zarur asbob-uskunalar bilan jihozlandi.
Ma’lumki, shu yildan e’tiboran mamlakatimizda xorijiy tillarni o’qitish tizimini yanada takomillashtirish dasturi doirasida umumta’lim maktablarining 1-sinfidan boshlab xorijiy tillarni chuqur o’rganish yo’lga qo’yildi. Bu esa, yoshlarning jahon ilm-fani va madaniyati yutuqlarini egallashi, yetuk va malakali kadrlar bo’lib yetishishi uchun yangi imkoniyatlar ochib beradi.
Har yili mamlakatimizda 600 mingdan ziyod butunlay yangicha shart-sharoit va muhitda kamol topgan yosh avlod vakillari katta hayotga yo’llanma olmoqda.
2012 yilda kam ta’minlangan oilalarga mansub o’quvchilarga qiymati qariyb 28 milliard so’mdan iborat bo’lgan qishki kiyim-kechak berildi. Yangi o’quv yilida 510 mingga yaqin birinchi sinf o’quvchisi, shuningdek, uyda ta’lim olayotgan, imkoniyati cheklangan 11 mingga yaqin bola davlat byudjeti hisobidan 12 turdagi o’quv anjomlari to’plami bilan ta’minlandi.
Ayni vaqtda o’quvchi qizlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish va rag’batlantirish maqsadida 190 mingta sport kiyimlari to’plami ularga sovg’a tariqasida berilgani, 50 ming nafar bola bepul, 270 ming nafar bola esa imtiyozli asosda yozgi oromgohlarda dam oldirilganini ta’kidlash lozim.
2012 yil davomida mingga yaqin umumta’lim maktabi zamonaviy kompyuter xonalari, 1150 tadan ziyod kasb-hunar kollejidagi o’quv ustaxonalari amaliy mashg’ulotlar uchun zarur bo’lgan jihozlar, xomashyo mahsulotlari bilan ta’minlandi. “Elektron ta’lim” loyihasi doirasida oliy o’quv yurtlarining kutubxona fondlarini elektron shaklga o’tkazish borasidagi dasturiy ishlar boshlandi.
Internet tarmog’ida ishlash ko’nikmalarini egallash bo’yicha qishloq yoshlari uchun ishlab chiqilgan maxsus o’quv dasturi asosida 30 mingga yaqin yigit-qiz axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo’yicha o’z bilimini oshirishga muvaffaq bo’ldi.
2012 yilning o’zida 168 ta bolalar sporti ob’ekti foydalanishga topshirildi va bugungi kunda 6 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan 1 million 600 mingdan ziyod bolalarimiz sport bilan muntazam shug’ullanish imkoniga ega bo’ldi20.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida ta’kidlab o’tganidek, davlat jami xarajatlarining asosiy qismi, ya’ni qariyb 59,2 foizi ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishga qaratildi, uning 34 foizdan ortig’i ta’lim sohasini moliyalashtirishga yo’naltirildi.21
Aholini ijtimoiy himoya qilishda yolg’iz qariyalar, nogironlar, kam ta’minlangan oilalar va aholining boshqa zaif toifalarini ijtimoiy muhofaza qilish bo’yicha amaliy va aniq yo’naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda hamda qonun hujjatlari takomillashtirilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2011–2015 yillarda yolg’iz keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 2011 yil 30 maydagi PQ-1542-son qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni tashkil etish masalalari to’g’risida”gi 1994 yil 24 avgustdagi 434-son qarori, “Mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet ellarga ketayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini hisobga olishni takomillashtirish to’g’risida”gi 2007 yil 15 maydagi 97-son qarori, “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o’rinlarini band qilib qo’yish tartibi to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 2008 yil 20 avgustdagi 186-son qarori, “O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining mehnat, aholini ish bilan ta’minlash, nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish va mehnatni muhofaza qilishga doir qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlar to’g’risida”gi 2010 yil 19 fevraldagi 29-son qarori, “Ijtimoiy nafaqalar tayinlash tartibini yanada takomillashtirish hamda oilalarning jami daromadlari yanada to’liq hisobga olinishini ta’minlash to’g’risida”gi 2012 yil 7 iyundagi 165-son qarori shular jumlasidandir.
Oliy ta’limda ham tub islohotlar amalga oshirilmoqda, Jumladan, 2013 yilning 1 yanvaridan boshlab biz uchun yangi bo’lgan oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim, doktorlik ilmiy ishlarini tayyorlash va himoya qilish, ilmiy daraja hamda ilmiy unvonlar berish tizimi joriy etildi.
Ilmiy kengashlar asosan nafaqat yuqori malakali kadrlar tayyorlash maskani, ayni vaqtda ilmiy tadqiqotlar olib boriladigan markazga aylanishi lozim bo’lgan yetakchi oliy o’quv yurtlari qoshida tashkil etildi.
2017 yilning 1 yanvaridan boshlab mamlakatimizda oliy o’quv yurtlari faoliyatini baholashning reyting tizimi joriy etildi. Reyting tuzish vazifasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi zimmasiga yuklandi. Ushbu markaz reyting baholarini tuzishning hozircha vaqtinchalik tasdiqlangan metodikasi asosida Hukumatga mamlakatimizda oliy ta’limning qanday rivojlanayotgani to’g’risida har yili tahliliy ma’lumotlar taqdim etadi.
Dunyodagi rivojlangan demokratik davlatlarida hech bir shaxs, hech bir fuqaro o’z ijtimoiy-shaxsiy hayotini, o’zining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni milliy Konstitutsiyasisiz tasavvur qila olmaydi, chunki har bir shaxs kundalik hayotida Konstitutsiyada belgilab qo’yilgan huquq va erkinliklariga bevosita murojaat qiladi hamda ushbu Asosiy Qonunga o’zining huquq va erkinliklarini kafolatlab beruvchi oliy yuridik hujjat sifatida qaraydi.
SHuning uchun ham demokratik jamiyatda yashayotgan har bir shaxs Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini chuqur anglab olishi, uni hayotiy qo’llanmaga aylantirishi hamda shaxsiy hayotida uchrab turadigan muammolarning yechimini aynan Konstitutsiyadan topa bilishi zarur. 
Darhaqiqat, demokratik huquqiy davlat qurish yo’lidagi eng dastlabki va eng muhim qadam Konstitutsiyani o’rganish hamda uni hayotga tatbiq etishdan boshlanadi. Zero, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 4 yanvarda e’lon qilgan “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o’rganishni tashkil etish to’g’risida”gi farmoyishi ham “O’zbekiston Konstitutsiyasining jamiyatdagi o’rni va ahamiyatini, ma’no-mazmuni va mohiyatini o’rganish, yosh avlodning huquqiy ongi, tafakkuri va madaniyatini tarbiyalash hamda yuksaltirish, shuningdek, Konstitutsiyani bilish, uning mazmun-mohiyatini targ’ib va tashviq qilish maqsadida”22 qabul qilingan tarixiy hujjat sifatida demokratiya yo’lida ulkan bir qadam qo’yish uchun katta turtki bo’ldi.
Davlatimiz rahbari O’zbekiston Konstitutsiyasini bolalar bog’chasidan boshlab o’rgatish, ta’lim tizimining barcha bosqichlarida o’rganishni vazifa qilib qo’ydi.
TDPUni bitiruvchilari ta’limning barcha turlarida faoliyat olib borar ekanlar, nafaqat ijtimoiy fan o’qituvchilari, balki tabiiy, gumanitar fan o’qituvchilari ham yosh avlodning huquqiy ongi, tafakkuri va madaniyatini tarbiyalash hamda yuksaltirishda O’zbekiston Konstitutsiyasining ma’no-mazmuni va mohiyatini tushuntirishga tayyor bo’lishlari lozim. Konstitutsiyada belgilab qo’yilgan huquqiy me’yorlarni shunchaki yodlatish emas, balki uning ma’nosini tushuntirish va uni hayotga tatbiq etishga o’rgatish muhim ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston xalqi Konstitutsiyaning 21 yilligini katta tantana qilib nishonladi va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan 2014 yil mamlakatimizda “Sog’lom bola yili” deb e’lon qilindi.Sog’lom bolaning dunyoga kelishi, uning baquvvat bo’lib o’sib-ulg’ayishi ko’pgina talab va omillarga bog’liq ekanligidan kelib chiqib, bir qator vazifalar belgilandi. Prezident ta’kidlaganidek, “sog’lom bolani voyaga yetkazishda ta’lim-tarbiyaning o’rni va ta’sirini yanada kuchaytirish lozim”.23
Darhaqiqat, ta’lim tizimi uchun yuqori malakali pedagog va murabbiylarni ta’minlash bizning universitetimizga mas’uliyatli vazifalarni yuklaydi. Boshlang’ich ta’limda oliy ma’lumotli, yuksak professional mahoratga ega bo’lgan pedagog kadrlarning faoliyat ko’rsatishiga erishmoq lozim. Ta’limning boshqa yo’nalishlarida ham sog’lom bolani voyaga yetkazishda nimalarga ahamiyat berish lozimligini aniqlash va uning yechimini topish bugungi kunning dolzarb masalasidir.
Huquqiy ong bu jamiyatda kishilarning huquq to’-risidagi qarashlaridir, chunki huquqiy normalar jamiyatning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotida kishilar o’rtasida turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda muhim rol o’ynaydi.Huquq normalari bilan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda huquqiy ong ya’ni kishilarning huquqni bilishligi, huquq normalarini bajarishligin katta ahamiyatga egadir.Huquqiy ong jamiyatda ijtimoiy ongning boshqa shakllaridan – falsafa, siyosat, din, axloqdan farq qiladi. U jamiyatda ijtimoiy ongning maxsus shakli bo’lib hisoblanadi, chunki huquqiy ong keng tushuncha bo’lib, jamiyatda huquqiy normalarni qabul qilish, ularni turmushda qo’llash, huquq to’-0risida bilimlarning, ya’ni huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya to’-risidagi murakkab ijtimoiy vazifalarni o’z ichiga oladi.
Huquqiy ong huquq bilan uzviy ravishda bo-liq.Huquqiy ong va huquqning munosabatlari uning quyidagi xususiyatlarida namoyon bo’ladi:
jamiyatda huquqiy ong qonun va boshqa huquq normalarini qabul qilishda turli –oyalarni rivojlantirishda, ularni qabul qilishda muhim rol o’ynaydi. 
  • Jamiyatda huquqiy ong barcha fuqarolarning, davlat organlarini, ayniqsa huquqni muhofazo’a qiluvchi idoralar, sud , prokuratura, ichki ishlar idoralari, milliy xavfsizlik xizmati, adliya organlari va mansabdor shaxslarni huquqni hayotda to’-ri qo’llash uchun ular bilan turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda muhim ahamiyatga ega. 


  • Jamiyatda huquqiy ong amadlagi davlatning harakatda bo’lgan huquqning huquqiy me’yorlarini tartibga solishda, kodifikatsiya qilishda muhim rol o’ynaydi. 


  • Jamiyatda huquqiy ong boshqa ijtimoiy ong shakllaridan huquq, majburiyat, burch, huquqbuzarlik va unga qo’llaniladigan jazo choralari bilan farq qiladi. 


Huquqiy ong davlatning huquqiy normalarni qabul qilish, huquqiy tashabbuskorlik faoliyatini amalga oshirishda, huquqiy normalarni turmushda qo’llashda ular bilan kishilar o’rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlarni tarbibga solishda katta ahamiyatga ega. CHunki davlat miyyosidagi har qanday qonun va boshqa huquqiy normalar qabul qilishdan oldin huquqshunos mutaxassislar tomonidan o’rganilib chiqiladi. SHuning uchun huquqshunoslar siyosat va amaliyotni yaxshi bilsa, qabul qilinadigan huquq me’yorlari shunchalik mustahkam bo’ladi.


O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng fuqarolarning huquqiy ongliligi natijasida, huqushunos olimlarning faol ishtirokida bozor iqtisodiyotining huquqiy asosini yaratuvchi ko’pgina qonunlar, Kodekslar qabul qilindi.
Huquqiy ong huquq to’-risidagi kishilarning qarashlarini o’rgatar ekan, u o’zining tuzilishiga egadir, ya’ni huquiy mafkura va huquqiy psixologiyadan iborat.
Huquqiy mafkura deganda, jamiyatdagi turli sinflarning, tabaqa millat va elatlarning huquq to’-risidagi qarashlari tushuniladi. Jamiyatda qabul qilinadigan davlatning asosiy qonuni Konstitutsiya va boshqa qonunlar, huquqiy normalar jamiyatdagi millatlar va elatlar manfaati nuqtai nazaridan qabul qilinadi. Huquqiy mafkura har bir davlatda huquqdan tashqari, huquqshunoslik fanlarini ham o’z ichiga oladi.
Huquqi ypsixologiya deb jamiyatdagi har bir kishining huquq to’-risidagi qarashlari, bilimlari tushuniladi. Uning paydo bo’lishi va rivojlanishida jamiyatdagi barcha ijtimoiy guruhlar va kishilar qatnashadi. SHuning uchun huquqiy mafkura va huquqiy psixologiya bir biri bilan bo-liqdir.
Jamiyatda huquqiy ongni rivojlantirishda, huquqiy normalarni qabul qilishda huquqiy mafkura asosiy hal qiluvchi rol o’ynaydi.CHunki huquqiy mafkurajamiyatdagi huquqiy ustqarmaning mavjudligini, talabga javob berishini, huquqiy normalarning kishilar o’rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib mustahkamlashga va rivojlantirishga katta yordam beradi.
Huquqiy psixoloigya huquqiy mafkurani ta’minlab turuvchi ozuqadir.CHunki u huquq to’-risida alohida shaxslarni va jamoatchilikning huquqiy ongidan tashkil topgan.

Xulosa
O’zbekiston Respublikasi Prizidenti Sh.M.Mirziyoyev o’zining “Yuksak huquqiy tafakur – demokratik jamiyat taqozosi” nomli maruzasida yangi jamiyat barpo etishga yo’naltirilgan islohotlar jaroyonini chuqur tahlil etib, ularning samarasini taminlash uchun xalqimizning huquqiy madaniyatini oshirish, huquqshunos kadrlar tayorlash, qabul qilingan qonun va qonunchilik hujjatlari mohiyatini aholiga yanada teranroq yetkazish dolzarb vazifa ekanligini takidladi. “Biz yurtimizda erkin huquqiy demokratik davlat parpo etmoqdamiz. Mamlakatimizda davlat qurishi siyosat, iqtisodiyot, manaviyat sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar anashu ezgu maqsadni ro’yobga chiqarishga qaratilgan bu oliy maqsadga erishishda xalqning huquqiy jihatdan bilimli bo’lishi, jamiyatning siyosiy faolligi demokratok tamoyillarning kishilar ongiga teran singib borishi muhim ahamiyat kasb etadi”
Dar xaqiqat fuqorolik jamiyatini shakillantirish jarayonida yoshlarga chuqur huquqiy bilim berishni yo’lga qo’yish va shu orqali huquqiy madaniyatning yuksalishiga erishish, boshqacha aytganda tom manodagi huquqiy ongni shakillantirishda zamonaviy axborot texnologiyalarini qo’llash talab etilmoqda. Basharti yuksak huquqiy tafakur shakillantirishda zamonaviy axborot texnologiyalari qulayliklar yaratadi. Aynan yuksak tafakkur, huquqiy ustivorligi nafaqat butinligi jamiyatimiz uchun, balki o’sib unib kelayotgan keyingi avlod uchun ham zarurdir.



Download 108.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling