Davlat va huquq nazariyasi va tarixi
Download 108.95 Kb.
|
Abdujabborov Ilyos55455
Huquqiy ta’lim mazmuni - barcha o’quvchilar egallashi ko’zda tutilgan bilim, malaka va ko’nikmalar tizimi ham tarbiyalovchi, ham rivojlantiruvchi xarakterda bo’lishi zarur. SHundagina u yoshlarning aqliy va jismoniy qobiliyatlarining rivojlanishini, huquqiy dunyoqarashining shakllanishini ta’minlaydi, ularni ijtimoiy faoliyatga tayyorlash mumkin bo’ladi. Bunda o’rganiladigan huquqiy fanlar materiallari hajmini aniqlash, bu fan bo’yicha o’quv dasturlari va darsliklarini o’quvchilarni zo’riqtiradigan materialdan xoli qilish, o’quv materiallarida bayon qilinadigan asosiy tushunchalarni qisqa va ravon bayon etish, yoshlarga huquqiy manbalar bilan mustaqil o’rganish imkoniyatini yaratish huquqiy ong shakllanishini yengillashtiradi.
Huquq fanlari o’rganadigan masalalar – davlat va huquq haqidagi asosiy tushunchalar, tamoyillar, ta’limotlar huquqiy ta’limning predmetini tashkil etadi. Huquqiy ta’lim orqali ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga, huquqiy qoidalarni tushunishga, ularni amalda qo’llashga, huquqiy jihatdan faollashuvga, davlat va fuqaroning o’zaro aloqador ekanligini anglashga, kerak bo’lsa, huquqiy ijodkorlikka, o’z haq-huquqini bilib olishga erishiladi. Huquqiy ta’lim mazmunini uning tarkibiga kiradigan huquqiy bilim, huquqiy ko’nikma va huquqiy malaka tashkil etadi. (8-ilova) Huquqiy bilim– har bir bilim kabi muayyan huquq sohasiga oid ma’lumotlar majmuasi bo’lib, ularning inson tafakkurida namoyon bo’lishidir. Huquqiy bilim orqali yoshlarda tasavvur va tushunchalar hosil bo’ladi. Huquqiy bilim huquqiy materiallarni o’rgatish va huquqiy fanlarni o’qitish orqali amalga oshiriladi. O’qitish jarayonida aniq va to’liq huquqiy tasavvurlar mavjud bo’lgandagina, huquqiy tushunchalar hosil bo’la oladi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan “Fuqarolar O’zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar”, degan qoidani tushunish uchun ta’lim oluvchi avval tarixiy, ma’naviy va madaniy merosni o’zi nima ekanligini, undan keyin ularni nima uchun asrash kerakligini tushunib, shundan keyingina bu – har bir fuqaroning burchi ekanligini bilib oladi. Bunda o’qituvchi o’quvchilarning faol, mustaqil fikrlashini tashkil qilishga erishadi. Huquqiy ko’nikma – huquqiy tafakkur va huquqiy tushunish mahoratidir. Bu mahorat huquqiy bilimni yaxshi o’zlashtirish natijasida orttiriladi. Bilim va malaka biror – bir natijaga erishishda bir-biriga uzviy bog’liq holda namoyon bo’ladi. Huquqiy malaka – ilgarigi tajribalar, tushunchalar, bilimlar asosida muayyan faoliyatni amalga oshirish harakatidir. Masalan, huquqiy bilimlar yordamida shaxs qonunlarni talqin qilish, ularni amalga oshirish harakatini namoyon etadi. Huquqiy ta’lim mazmuni quyidagi jihatlarni o’z ichiga oladi: O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-madaniy taraqqiyoti yo’nalishlariga mos darajadagi huquqiy bilimlar tizimini vujudga keltirish; yoshlarni huquqiy-ijodiy fikrlay oladigan, huquqiy muammolarga o’zining munosabatini bildira oladigan ruhda tarbiyalash; yoshlarning zarur darajadagi huquqiy dunyoqarashini, huquqiy nizolarni to’g’ri hal eta olish iqtidorini shakllantirish; shaxs hayotining keyingi jabhalarini to’g’ri belgilab olishga yetarli bo’lgan miqdorda huquqiy ong xususiyatlarini shakllantirish. Huquqiy ta’lim mazmunining talqini, ya’ni qanday yo’nalishdaligining belgilanishi ta’lim jarayoni uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Negaki, ayni bir mazmunni talqin vositasida tamomila o’zgacha mohiyatga ega qilish mumkin. Asosiy materiallar bayonida ta’limning nazariy va amaliy aspektlariga alohida e’tibor qaratiladi. CHunki o’quvchi uchun muayyan tushuncha bo’yicha nazariy ma’lumotni egallashning o’zigina emas, egallangan bilimini o’zgacha hayotiy vaziyatda qo’llay olish malakasiga ega bo’lishi ham muhimdir. “Huquqiy ta’lim asosida o’z huquqlarini va burchlarini yaxshi bilgan jamiyat a’zolarigina ijtimoiy hayotning barcha sohalarida ongli ravishda mehnat qiladi va ularning yaratuvchanlik faoliyati ancha yuqori bo’ladi”14. Huquqiy bilimlar asosan ta’lim-tarbiya muassasalarida beriladi. Ta’lim-tarbiya muassasalarida yoshlarning ongini rivojlantirish va tarbiyalash, o’quv-tarbiya jarayonini takomillashtirishning juda katta imkoniyatlari mavjud. Ushbu imkoniyatlarni ro’yobga chiqarish yo’llari va metodlarini tushuntirib berish huquqiy ta’lim nazariyasining muhim muammolaridan biri hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilgan “Ta’lim to’g’risida”gi qonunida asosiy e’tibor fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar o’rgatishning huquqiy asoslarini belgilab berishga qaratilgan. Ta’lim berish jarayonida yoshlar fan, axloq, mehnat, huquq, siyosat, adabiyot va san’atni, shuningdek, umumiy va jismoniy madaniyatni o’zlashtiradi. Fuqarolik jamiyatini va huquqiy davlatni barpo etish sharoitida ta’lim shaxsning har tomonlama, uyg’un rivojlanishi uchun negiz yaratadi. Huquqiy ta’lim boshqa ijtimoiy fanlardan farq qilib, bevosita davlat, huquq masalalari haqida ta’lim beradi. Huquqiy ta’lim-huquqiy bilimlarni o’zlashtirishni, amaliy ko’nikmalar va malakalarning shakllanishini ko’zda tutadi. Yoshlar egallagan huquqiy bilimlar, ko’nikma va malakalar ularning barkamol inson bo’lib yetishishlari uchun zamin tayyorlaydi. Huquqiy ta’limning izchil, uzluksiz, tizimli va chuqur bo’lishi shaxs rivojlanishidagi yosh bilan bog’liq imkoniyatlar bilan belgilanadi. Huquqiy ta’lim yagona yo’nalishga ega bo’lishi lozim. Buning ma’nosi shuki, asosiy e’tibor yoshlarning huquqiy bilimlarni o’zlashtirishigagina emas, balki ularning umumiy rivojlanish darajasini va ijtimoiy faolligini oshirishga, qonun-qoidalarga hurmat bilan qarash hissini uyg’otishga, uning qanday ahamiyatga ega ekanligini anglab yetishlariga ham qaratilishi lozim. Huquqiy ta’lim – aqliy tarbiya muammolarini hal qilishga qaratilgan ta’lim oluvchilarning bilish faoliyatlarini tashkil qilishdan iborat. Huquqiy ta’lim har bir kishini mazkur jamiyatda yashashga, mehnat qilishga, erkin bo’lishga, mas’uliyatni his etishga tayyorlaydi. SHaxslarning burch va mas’uliyati bir guruh usullarni qo’llash natijasida shakllanadi. Ularga bilimning ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatini tushuntirish, ularni bajarishga o’rgatish, o’z majburiyatlarini muvaffaqiyatli, vijdonan bajarganliklari uchun taqdirlash, topshiriqlar bajarilishini nazorat qilish va zarurat tug’ilganda, o’qishga mas’uliyat bilan yondashishdagi kamchiliklarni ko’rsatish, tanbeh berish shular jumlasiga kiradi. Download 108.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling