Davlat va huquq


Download 3.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/30
Sana23.10.2017
Hajmi3.01 Kb.
#18476
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30
tuzish zarur bo‘ladi. Masalan, Jinoyat kodeksida «qasddan odam
o‘ldirish... jazolanadi», – deyiladi. Qonunshunos bu yerda odam
o‘ldirishning o‘zini emas, balki uni sodir qilgan shaxsni jazolashni
nazarda tutganligi o‘z-o‘zidan ma’lum. Jinoyat kodeksining maxsus
qismining aksariyat moddalari shu prinsipda tuzilgan. Shuning
uchun Jinoyat kodeksining sharhlanayotgan moddalarini har doim
xayolan mantiqan qayta tuzishga to‘g‘ri keladi.
Yuqorida zikr etilgan sharhlashning usullari huquqiy normaning
mazmunini to‘laqonli yoritishga katta yordam beradi.
3-§. Huquqni sharhlashning turlari
Huquq normalarini sharhlash masalasi huquqning mazmunini
ochish, tushuntirishni va huquqiy hujjatlar yuridik mohiyatini
yoritishga qaratilgan faoliyatdir. Ba’zi hollarda huquq normalari
mazmunini to‘liq yoritish maxsus tushuntirish talab qiladi. Huquq
normalarini sharhlash tatbiq etilayotgan huquq normalarining to‘la
va aniq amalga oshirilishini ta’minlaydi hamda ularni qo‘llash
amaliyotida xatolarni istisno etadi.
Huquqni sharhlashning turlari to‘g‘risidagi masala huquqni
tushuntirish faoliyatining natijalari va sharhlash hujjatlarining yuridik
tabiatiga oid masalalar jumlasiga kiradi. Gap shundaki, huquqiy
normalarning mazmunini tushuntirishning muayyan natijalari
sharhlanayotgan hujjatlar hisoblanadi. Ularning amaliyot uchun yuridik
ahamiyati sharhlash subyektlarining vakolatlaridan kelib chiqadi.
Huquqiy normalarni sharhlashda sharhlovchi subyektlarning roli katta.
O‘zbekiston Respublikasida huquqiy normalarni sharhlaydigan
subyektlar quyidagilardan iborat: davlat hokimiyati vakillik organlari,
davlat boshqaruvi organlari, sud organlari, prokuratura va boshqa

273
organlar, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar va fuqarolar.
Shu subyektlar huquqiy normalarni sharhlaganda ularning
mazmunini to‘g‘ri tushunib, huquqiy normalarni qo‘llab,
turmushdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.
Huquqni sharhlash hujjatlari turli yuridik kuchga, amaliy
ahamiyatga, yuridik xususiyatlarga ega, murakkab va serqirra
faoliyatdir.
Huquqni sharhlash hujjati – amaliyotda huquqiy normlarni
qo‘llash va yetarlicha tushuntiruvchi hujjatdir.
Huquq normalarini sharhlash uni amalga oshiradigan subyektiga
qarab ikki turga bo‘linadi.
 – rasmiy sharhlash;
 – norasmiy sharhlash.
Rasmiy sharhlash  –  huquq normasini qabul qilgan vakolatli
davlat organlarining o‘zlari tomonidan sharhlash bo‘lib, u hamma
uchun umummajburiy ahamiyat kasb etadi. Rasmiy sharh qonun
bilan vakolat berilgan organ tomonidan ham amalga oshiriladi.
 Sharhlanayotgan huquq normalarining ummumajburiyligi,
sharhlayotgan subyektning maqomiga bog‘liq bo‘ladi. Rasmiy
sharhlash bir vaqtning o‘zida «legal» sharhlash, deb ham yuritiladi.
Yurisprudensiyada rasmiy sharhlash shartli ravishda autentik,
normativ va kazual turlarga bo‘linadi.
Autentik sharhlash normativ aktni qabul qilgan organ
tomonidan sharhlash (masalan: parlament o‘zi chiqargan qonunga
o‘zi sharh beradi). Autentlik  –  haqiqiylikni, dastlabki manbalarga
asoslanganlikni nazarda tutadi. Yuridik adabiyotlarda autentik
sharh mualliflik sharhi ham deb ataladi. Har qanday autentik
sharh, rasmiy sharh hisoblanadi, lekin rasmiy sharhning hammasi
ham autentik bo‘lmaydi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy sudi qonunga beradigan sharh – rasmiy, ammo
autentik sharh emas.
Normativ sharhlash umumiy tavsifga ega bo‘lib, natijalari
huquqni qo‘llashda majburiy ahamiyatga ega (masalan, O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sharhlagan normativ-huquqiy
hujjatlar, chunki O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan
Konstitutsiyaviy sud O‘zbekiston Respublikasidagi qonunlarga
rasmiy sharh berish vakolatiga ega).
Bunday huquqni tushunish va tatbiq etish «namunalari», odatda,
huquqiy malaka masalasi bo‘yicha, huquqiy kvalifikatsiya qilish

274
masalalari bo‘yicha muhim ma’lumotlar maxsus nashrlarda chop
etiladi.
Kazual sharhlash aniq bir oddiy kundalik hodisaga qo‘llanadigan
tushuntirishdir.  Kazus  – hodisa, hayotiy fakt. Kazual sharhlash
sud va boshqa vakolatli organlarga sharoit va shaxslarga nisbatan
ko‘rilayotgan va hal qilinayotgan yuridik ishlarda beriladi. Huquqni
umumlashtirilib bo‘lmaydigan sharhlash hujjatlari bir marotabalik
ahamiyatga ega, lekin jiddiy ishlar yuzasidan qilinganida, ayniqsa,
huquqdagi nuqsonlar mavjud bo‘lganida normativ sharhlash
ahamiyatiga ega bo‘ladi.
Huquqiy normalarni kazual sharhlashda sud organlari har bir
fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va boshqa ishlarni ko‘rayotganda tegishli
huquqiy normalar bilan bu ishlarni ko‘rib, hal qilish chog‘ida huquqiy
normalarni sharhlaydi. Sudning har bir fuqarolik ishi bo‘yicha
chiqargan qarori yoki jinoiy ishlar bo‘yicha chiqargan hukmi huquqiy
normani kazual (kazus) sharhlash asosida amalga oshiriladi.
Kazual sharhlash ikki xil ma’noga ega: birinchidan,  muayyan
ish aniqlanadi va sharhlanadi; ikkinchidan, sharhlangan norma unga
o‘xshash normalar uchun yuridik oqibatlarni keltirib chiqarmaydi.
Ammo kazual sharhlashni amalga oshiruvchi boshqa organlar uchun
namuna bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi
Oliy sudi Plenumi qarorlari. Mazkur sharhlashni pretsedent
sharhlash deb ham nomlashimiz mumkin, ammo bu anglosakson
huquq oilasi singari bizning huquqiy tizimimizda majburiy ahamiyat
kasb etmaydi.
Subyektga ko‘ra sharhlashning ikkinchi turi norasmiy
sharhlashdir.  Norasmiy sharhlash – huquq mazmunini shunday
sharhlashni nazarda tutadiki, bunda sharhlash maxsus vakolat
berilmagan organlar va shaxslar tomonidan amalga oshiriladi va
majburiy ahamiyat kasb etmaydi, yuridik oqibatlarga sabab
bo‘lmaydi va u advokatlar, olimlar, alohida shaxslar tomonidan
amalga oshiriladi. Masalan, jinoyat kodeksiga sharhlar, fuqarolik
kodeksiga sharhlar shular jumlasidandir.
Tatbiq etilayotgan normalarni ilmiy (doktrinal) sharhlash ilmiy
xodimlar, olimlar, jamoat va davlat arboblari tomonidan
darsliklarlarda, ma’ruzalarda, kitoblarda va ilmiy maqolalarda
amalga oshirilishi mumkin.
Norasmiy sharhlash natijalari davlat organlari, jamoat birlash-
malari, korxona, muassasa, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va

275
fuqarolar uchun majburiy bo‘lmasada, huquqiy normalarning
mazmunini sharhlab, tushuntirib beradi. Bu sharhlash huquqiy
normalarni amaliyot bilan bog‘lab, kishilarning huquqiy ongini va
huquqiy madaniyatini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Noras-
miy sharhlash qonunlarni takomillashtirishga, huquqni muhofaza
etuvchi organlar faoliyatini yaxshilashga, qonunchilikni
mustahkamlashga yordam beradi.
Norasmiy sharhlashning oddiy, kasbiy va doktrinal kabi turlari
mavjud.
Kundalik sharhlash  huquqiy faoliyat sohasida mutaxassis
bo‘lmagan fuqarolar kundalik hayotda yuzaga keladigan huquqqa
oid hodisa va harakatlarga nisbatan o‘zining subyektiv fikrini
bildirishi hamda o‘zining huquqiy bilimi darajasida huquqqa oid
masalaning mazmunini aniqlashi va o‘z fikrini bildirishi
tushuniladi.
Kasbiy sharhlashda  – kundalik faoliyatda xizmat faoliyati
nuqtayi-nazaridan doimiy ravishda shug‘ullanadigan huquqni
muhofaza qiluvchi organlari xodimlarining, mavjud huquq
normalarining mazmun va mohiyatini yoritishga qaratilgan fikri
va munosabati tushuniladi. Kasbiy sharhlash bilan asosan prokuror,
tergovchi, sudya, advokat, notarius va boshqa huquqiy sohadagi
kasb vakillari shug‘ullanishi mumkin.
Doktrinal sharhlashda – kundalik faoliyatida bevosita huquqdagi
muammolar bilan ishlovchi va ularni bartaraf etish bilan
shug‘ullanuvchi mutaxassis, yurist-olimlarni mavjud huquq
normalarining mohiyatini yoritib berishga qaratilgan harakatlari
tushuniladi. Ushbu soha vakillariga huquqshunoslik sohasida ilmiy
ishlar bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar, fan nomzodlari, fan
doktorlar, dotsent va professorlarni kiritish mumkin. Ular
tomonidan amalga oshirilgan sharhlar ilmiy xarakterga ega bo‘lib,
majburiy ahamiyat kasb etmaydi.
Huquqni sharhlashning yana bir turi hajmga ko‘ra sharhlash
deb nomlanadi. Huquqiy normalarni sharhlashning natijasi uning
hajmidan kelib chiqqan holda baholanadi. Hajm – bu
sharhlanayotgan normaning mazmunini birlamchi matn mazmuniga
o‘zaro nisbatidir. Hajmiga ko‘ra sharhlash  deyilganda, mavjud
huquq normasining mazmuniga muayyan bir tarzda o‘zgartirish
va qo‘shimchalar kiritish yoki umuman o‘zgartirmasdan izohlab
berish tushuniladi.

276
Huquq normalarini sharhlash, umumiy qoidaga asosan,
huquqshunos huquqiy qoidaga kiritgan haqiqiy ma’noni anglash
maqsadini nazarda tutadi. Lekin shunday holatlar ham uchraydiki,
normani sharhlayotgan shaxs huquq normasining asl mazmunini
tushunish lozim bo‘lgan yoki aksincha, qonun matnidan birinchi
marta ko‘ringanidan ham kengroq bo‘lgan vaziyat bilan to‘qnashadi.
Shundan kelib chiqib, davlat va huquq nazariyasida hajmga ko‘ra
sharhlashning tom ma’noda (adekvat), cheklangan va kengaytirilgan
sharhlash kabi turlari farqlanadi.
Huquqni tom ma’noda sharhlash – bunda turmushga tatbiq
etilayotgan huquqiy normaning mazmunini yozilgan matniga qarab,
hech narsa qo‘shmasdan izohlash tushuniladi. Tom ma’noda
sharhlash fanda «adekvat» sharhlash ham deb ataladi.
Cheklangan sharhlash – bunda tatbiq etilayotgan huquqiy
normaning o‘z matnida cheklanganligi belgilab qo‘yiladi.
Kengaytirilgan sharhlash  –  bunda qo‘llaniladigan huquqiy
normaning mazmuni, uning yozilgan matniga nisbatan kengroq
qilib sharhlanadi.
Sharhlash huquqiy normalarning to‘g‘ri tushunilishini
ta’minlaydi. Bu esa «huquqni qo‘llash jarayonidagi markaziy
bo‘g‘in»dir.

277
XIX BOB. HUQUQIY XULQ-ATVOR,
HUQUQBUZARLIK VA YURIDIK JAVOBGARLIK
1-§. Huquqiy xulq-atvor tushunchasi, belgilari va tasnifi
Huquq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish vositasi sifatida
kishilarning xatti-harakati va xulq-atvoriga ta’sir etadi.
Yuridik adabiyotlarda asosiy diqqat-e’tibor kishilar xulq-
atvorining huquqqa zid jihatiga, ya’ni huquqbuzarlikka qaratilib,
huquqiy harakatlar xususida kamroq fikr bildiriladi.
Huquqiy xatti-harakat deganda, huquq subyektlarining qonunga
mos holda ijtimoiy-foydali harakat yoki harakatsizlik qilishi
tushuniladi.
Jamiyatda kishilarning xulq-atvori turli shakllarda namoyon
bo‘lib, uni ifodalanishiga, samaradorligiga, motivlariga, maqsadlari
va oqibatlariga qarab turlarga ajratish mumkin. Bu qonunga mos,
ijtimoiy xatti-harakat bo‘lib, yuridik shakldagi qonuniy xatti-
harakat ta’sirida huquq amalda bo‘ladi. Huquqiy xatti-harakat
doirasi va chegarasi huquqiy normalarining dispozitsiyasi bilan
belgilanadi. Aynan u huquqiy tartibotning mohiyati hisoblanadi.
Huquqiy ta’sir etish yo‘li bilan jamiyat boshqariladi, uning
hayot faoliyati me’yoriy tartibga solinadi, fuqarolarning huquq
va majburiyatlari amalga oshiriladi.
Huquqiy xulq-atvorning o‘ziga xos belgilari:
– ijtimoiy foydaliligi – ushbu xatti-harakatlar jamiyat, shaxs
va davlat uchun foydali bo‘ladi va biror-bir shaxsga zarar
keltirmaydi;
– ixtiyoriyligi va ongliligi – jamiyat a’zolarining asosiy tarkibi
huquqiy harakatlarni jazo choralaridan qo‘rqishdan emas, balki
o‘z tashabbuslari bilan ixtiyoriy ravishda, huquqni hurmat qilish
asosida amalga oshiradi;
– huquq normalariga mos kelishi – shaxslarning xatti-
harakatlari amaldagi huquq normalariga mos kelishi va
o‘rnatilgan talablarga javob berishi, shuningdek, huquq normalari
bilan ruxsat etilgan bo‘lishi talab qilinadi.
Jamiyatda vujudga keladigan va amalga oshayotgan huquqiy
munosabatlarning asosiy qismi o‘z asosiga ko‘ra huquqiy xatti-
harakatdan iboratdir.

278
Huquqiy xatti-harakat juda keng ma’noga ega. U o‘z
xususiyatiga ko‘ra bir xil emas.
Huquqiy xatti-harakatning shaxsni huquqiy tartibga solishga
jalb etilish darajasiga ko‘ra to‘rt turi mavjud:
1.  Faol huquqiy xatti-harakat.  Bu fuqarolar, mansabdor
shaxslarning qo‘shimcha vaqtlari, imkoniyatlari, shuningdek,
moddiy vositalaridan kelib chiqib, o‘z tashabbuskorligiga
tayangan huquqiy faoliyatidir. Shaxsning huquqiy faolligi – davr
talabi. Huquqiy faollikning namoyon bo‘lish shakllari turlicha.
Bu sidqidildan faol xizmat qilish, siyosiy partiya, jamoat
uyushmalarining shakllanishi va ishida qatnashish, qonun
loyihalari muhokamasida bevosita ishtirok qilish, davlatning turli
tuzilmalarida hamkorlik qilish va shu kabilar.
2.  Odatdagi huquqiy xatti-harakat. U faollikdan farq qilgan
holda, ortiqcha xarajat va harakat bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Bu
kishining doimiy xizmat va boshqa hayotiy faoliyatidan kelib
chiqadi va u, odatda, huquqiy normalar talabiga mos keladi.
Fuqarolar ushbu xatti-harakat doirasida o‘zlarining yuridik
ahamiyatga molik u yoki bu harakatlarini amalga oshiradilar.
Lekin bu ularning faolligini huquqiy talab darajasidan oshirishga
olib kelmaydi. Jamiyatda, davlatda va amalda shaxsiy hayotiy
faoliyatda u oddiy va zaruriy hol hisoblanadi. Aynan shunga
muvofiq shaxsning moddiy va ma’naviy ehtiyoji qanoatlantiriladi.
3.  Konformistik (sust) huquqiy xatti-harakat. Fuqarolar o‘rna-
tilgan huquq normalariga ijtimoiy muhit ta’sirida, ya’ni o‘z
safdoshlarining, rahbarlarining ko‘zicha rioya qiladi. Bu o‘zining
mustaqil fikri bilan emas, balki hamma shu harakatni amalga
oshirganligi uchun u ham shuni qilishga majbur bo‘ladi. Bu
toifa shaxslar agar ko‘pchilik huquqqa zid harakat qilsa, u ham
huquqqa zid harakat qilishi mumkin. Shuningdek, fuqaro o‘ziga
tegishli huquq va erkinliklardan kerakli maqsadda foydalanmagan
paytda sodir bo‘ladi. Masalan, fuqaro nikohdan o‘tishda, mulkka
egalik qilishda, saylovlarda ishtirok etishda sustkashlikka yo‘l
qo‘yishi mumkin. Bunday paytda shaxs o‘z manfaatini
qanoatlantirish imkoniyatidan foydalanmaganligi natijasida unga
nisbatan salbiy oqibatlar kelib chiqadi. Bu jamiyatning zarar
ko‘rishiga olib keladi. Fuqaroning sustligi sababli siyosiy va

279
huquqiy sohada, davlat ishlarida valyuntarizm kelib chiqadi,
davlat tizimiga xalq ta’siri va jamoatchilik nazorati pasayadi.
4.  Marginal huquqiy xatti-harakatda shaxs davlat tomonidan
o‘rnatilgan jazo tizimidan qo‘rqishi oqibatida huquqqa rioya
qiladi. Bu toifa shaxslar ijtimoiy faol yoki odatiy huquqiy xatti-
harakatni amalga oshirmaydilar. Bular ko‘proq ertaga ozodlikdan
mahrum etiladigan bo‘lsa, qiynalishi, erkinligining yo‘qolishi
yoki nogiron bo‘lib qolishdan qo‘rqqanidan huquqqa rioya qiladi.
2-§. Huquqbuzarlik tushunchasi va mohiyati
Huquqbuzarlik  –  bu huquq subyektining aybli, huquqqa zid,
jamiyat, davlat va shaxs manfaatlariga zarar keltiruvchi
qilmishidir.
Huquqqa zid xatti-harakatlar  –  o‘rnatilgan huquq talablarini
fuqarolar tomonidan bajarmaslik yoki ularga rioya qilmaslik.
Fuqarolarning huquqqa zid harakatlarni amalga oshirishi ularning
huquqiy ongi va huquqiy madaniyat darajasiga bog‘liqdir.
Chunki, huquqqa rioya qilmaslik ayrim fuqarolarning qabul
qilingan qonunlardan xabardor emasligi yoki sodir etilgan xatti-
harakatini huquqqa zid ekanligini bilmasligi, ya’ni huquqiy
savodsizligi natijasida yuzaga keladi. Chunonchi, ayrim fuqarolar
esa mavjud qonunlarni qabul qilinganligi va busiz mumkin
emasligini bilsada, shunda ham unga rioya qilmaydi. Bu kabi
shaxslarning harakatida uning huquqiy madaniyatsizligi ko‘zga
tashlanadi.
Huquq buzilishi shaxsga, mulkka, davlatga yoki umuman
jamiyatga zarar keltiruvchi ijtimoiy xavfli, qonunga qarshi
harakatdir. Ushbu tushuncha huquq buzilishining quyidagi to‘rtta
muhim belgisini o‘z ichiga oladi:
1.  
Ijtimoiy xavflilik  –  bunda huquqbuzarlik jamiyatning
qadriyatlariga tajovuz qiladi, xususiy va ijtimoiy manfaatlarni
poymol etadi. Huquqbuzarlikning zararligi yoki xavfliligi shundan
iboratki, u jamiyat hayotining maromiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
2. 
Huquqqa xiloflilik  –  huquqbuzarlikning ikkinchi belgisi.
Bu o‘rinda gap qilmish oqibatida qonunning, muayyan huquqiy
normaning buzilishi to‘g‘risida bormoqda. Boshqacha aytganda,

280
huquqbuzar qonunda yoki huquq normasida belgilab qo‘yilgan
taqiqni buzadi. Agar bunday taqiq bo‘lmasa, huquqbuzarlik ham
bo‘lmaydi. Qonun kengaytirilgan holda yoki analogiya bo‘yicha
talqin etilishi mumkin emas.
3.  
Ayblilik  –  huquqbuzarlikning uchinchi belgisi. Huquq
normasini yuridik javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bo‘lgan
shaxs buzadi va shaxs bu harakatni qasddan yoki ehtiyotsizlikdan
sodir etadi.
Ayb – shaxsning sodir etgan huquqqa xilof harakatiga va uning
zararli oqibatlariga ruhiy munosabati. Qariyb har doim inson
oldida huquqqa mos yoki huquqqa zid tarzda harakat qilishni
tanlash imkoni bo‘ladi. Agar u ikkinchi yo‘lni tanlasa, huquqqa
xilof qilmishni aybli tarzda sodir etgan, deb hisoblanadi.
4.  
Jazoga sazovorligi. Bu ma’lum huquqbuzarlik uchun uni
sodir etgan shaxsning vakolatli davlat organi tomonidan
javobgarlikka tortilishini bildiradi. Ushbu javobgarlik huquqiy
normaning sanksiyasida ifodalanadi.
Huquqbuzarlik tarkibi. Huquqbuzarlik yuridik fakt bo‘lib
hisoblanadi, u o‘z navbatida, qo‘riqlovchi xarakterga ega bo‘lgan
huquqiy munosabatlarni yuzaga keltiradi. Huquqbuzarlikning
tarkibi muayyan (konkret) huquq normalarini sharhlashda, uning
mazmunini ochib berishda hamda dunyoqarash nuqtayi
nazaridan muhim ahamiyatga egadir. U o‘z ichiga to‘rtta
elementni qamrab oladi: huquqbuzarlikning obyekti, subyekti,
obyektiv tomoni va subyektiv tomoni.
Huquqbuzarlikning obyekti  deb huquq bilan tartibga
solinadigan va qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga aytiladi.
Obyekt huquqiy normada aniq mustahkamlangan bo‘ladi.
Huquqbuzarlikning obyektiv tomoni  shaxsning harakat va
harakatsizligi oqibatida huquqning buzilishi hamda uning ijtimoiy
xavfliligidir. Bu huquqqa qarshi qilmishning tashqi tomonini
ifodalaydi. Aynan shu ifodalanish holatiga qarab, huquqbuzarlik
to‘g‘risida, ya’ni u qanday sodir bo‘lganligi va qay darajada zarar
keltirganligi haqida fikr yuritish mumkin bo‘ladi.
Huquqbuzarlikning obyektiv tomoni elementlari bo‘lib
quyidagilar hisoblanadi:
 – huquqqa qarshi qilmish;

281
 – huquqqa qarshi zararli oqibat;
 – huquqqa qarshi qilmish bilan zararli oqibat o‘rtasidagi
sababiy bog‘lanish;
 – huquqqa qarshi qilmish sodir etilgan joyi, vaqti, usuli va
muhit.
Huquqbuzarlikning subyekti  bo‘lib huquqbuzarlikni sodir
qilgan yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi. Subyektlarning
xususiyatlari huquqbuzarlikning turiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan,
jinoiy va ma’muriy huquqning subyektlari bo‘lib faqat shaxslar
hisoblanadi.
Huquqbuzarlikning subyektiv tomoni — bu shaxsning (jismoniy
va yuridik) huquqqa qarshi qaratilgan harakat yoki harakatsizligi
oqibatiga va ulardan kelib chiqadigan ijtimoiy xavfli qilmishga
nisbatan ruhiy-ongli munosabatidir. Huquqbuzarlik subyektiv
tomonining zaruriy belgisi aybdir.  Ayb – huquqbuzarning
huquqqa xilof xatti-harakatiga va ularning ijtimoiy xavfli
o q i b a t i g a   n i s b a t a n   qasd  yoki  e h t i y o t s i z l i k   s h a k l i d a g i
munosabatidir.
Qasd – shaxsning huquqqa xilof xatti-harakatini sodir
qilayotgan paytida, bu harakatning huquqqa xilofliligini, ijtimoiy
xavfliligini, uning oqibatini anglash yoki tushunishidir (to‘g‘ri
qasd) yoki bu xatti-harakatning ma’lum oqibatni keltirib
chiqarishiga ongli ravishda yo‘l qo‘yishidir (egri qasd).
Ehtiyotsizlik — shaxsning xatti-harakatlari natijasida kelib
chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlarning oldini olishni nazarda
tutib, beparvolik bilan o‘z-o‘ziga ishonib harakat qilishidir.
Huquqbuzarlikning turlari ijtimoiy xavflilik darajasiga ko‘ra
ikki guruhga bo‘linadi.
1. Jinoyat – sodir etilishi jinoyat kodeksiga jazo qo‘llash
tahdidi bilan taqiqlangan aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat
yoki harakatsizlik). Jinoyat natijasida davlat, jamiyat va shaxs
manfaatlariga zarar yetkaziladi.
2. Nojo‘ya harakat – bu jinoyat singari zarar yetkazib, ijtimoiy
darajasining rasmiyligi bilan farqlanadi.
Nojo‘ya harakat quyidagi turlarga bo‘linadi:
a)  fuqaroviy huquqbuzarlik  –  f u q a r o l i k   h u q u q   v a
majburiyatlarini buzilishi, ya’ni majburiyatlar bajarmaganligi bois,

282
mol-mulkka va kishi sog‘lig‘iga ziyon yetkazilishi tushuniladi;
b)  ma’muriy huquqbuzarlik deb jamoat yoki davlat tartibiga,
davlatning yoki shaxsning mulkiga, fuqarolarning huquq va
erkinliklariga tajovuz qiladigan hamda sodir etilgani uchun
qonunda ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan g‘ayriqonuniy,
aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan) harakat
yoki harakatsizlik. Ma’muriy huquqbuzarlik, xuddi jinoyatlar
kabi, jamiyat uchun xavflidir, ulardan faqat ushbu xavf darajasi
bilan farqlanadi;
d) intizomiy huquqbuzarlik  –  korxonalar, tashkilotlar,
muassasalarning rahbariyati tomonidan o‘rnatilgan yurish-turish
va ichki mehnat tartib-qoidalarini, xizmat intizomini xodimlar
tomonidan buzilishi hamda xizmat vazifalarini bajarmasliklaridir.
Mazkur huquqbuzarlik intizomiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
3-§. Yuridik javobgarlik tushunchasi, belgilari va turlari
Huquqshunoslik fanida yuridik javobgarlik masalasida
turlicha fikrlar mavjud. Ko‘pchilik mualliflar yuridik
javobgarlikni davlatning huquq talablarini bajarishga qaratilgan
majburlov choralarini qo‘llashi deb tushunsalar, boshqa ba’zi
olimlar unga amaldagi yuridik kategoriyalar doirasida
yondashib, qo‘riqlovchi huquqiy munosabatlar, maxsus yuridik
majburiyatlar yoki huquq normalari sanksiyalari ko‘rinishida
talqin etishga intiladilar.
Yuridik javobgarlik – bu huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga
nisbatan protsessual tartibda qonunchilikda belgilangan davlat
majburlov choralarini qo‘llashdir.
Yuridik javobgarlik – huquqbuzarning huquq normalariga
asoslangan va huquqbuzarlik faktidan kelib chiqadigan qilmishi
uchun javob berish va davlat majburlov choralari shaklidagi
noxush oqibatlariga chidash majburiyati hamda shunday
oqibatlarga haqiqatan duchor bo‘lishidir.
Yuridik javobgarlikning asosi – huquqbuzarlikdir ya’ni, huquq
normalarini buzuvchi muayyan harakat yoki harakatsizlikdir.
Yuridik javobgarlikning  asosiy vazifasi jarima solish,

Download 3.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling