Davlat va huquq


Download 3.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/30
Sana23.10.2017
Hajmi3.01 Kb.
#18476
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
majburlov apparati degan tushuncha bo‘lmagan, balki jamoani
oqsoqollar o‘zlarining shaxsiy obro‘si bilan boshqarganlar.
Ibtidoiy jamiyatda ijtimoiy munosabatlar odat va axloq normalari
bilan tartibga solingan. Odat  normasi – kishilarning ko‘p marta
takrorlanganligi natijasida munosabatlarni tartibga solish vositasiga
aylangan va shu tariqa avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan xulq-
atvor qoidalaridir. Axloq – jamoaning barcha a’zolari uchun ma’qul
bo‘lgan, umumiy yurish-turish qoidalariga aytiladi.

32
Odat va axloq normalari ibtidoiy jamiyatdagi ijtimoiy
munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy me’yoriy qoida sifatida
xizmat qilgan. Odat va axloq normalari buzilgan taqdirda, oqsoqollar
kengashida muhokama qilingan hamda turli xil jazolar qo‘llanilgan.
Ibtidoiy jamiyatdagi jazo tizimi jamoa izzasi, darra urish va
qabiladan haydab yuborish kabi turlardan iborat bo‘lgan. Qabiladan
haydab yuborish eng og‘ir jazo hisoblangan. Qabiladan haydalgan
odam ochlikdan o‘lib ketadi yoki yovvoyi hayvonlarga yem bo‘lishi
mumkin edi.
4-§. Davlat va huquqning paydo
bo‘lishi haqidagi nazariyalar
Davlat va huquqning paydo bo‘lishi haqidagi tushuncha va
tasavvurlar dunyo olimlari tomonidan turli xil tarzda talqin qilinadi.
Har bir olim o‘z nuqtayi nazarini ilgari suradi. Ushbu nazariyalarni
birortasini noto‘g‘ri deb bo‘lmaydi. Chunki fan o‘zaro qarama-
qarshi fikrlar asosida takomillashadi va rivojlanadi.
Davlat va huquqning paydo bo‘lishi masalasiga to‘xtalishdan
oldin tarixga murojaat qilish lozim. Negaki, davlat paydo bo‘lmagan
davrda ham yer yuzida hayot bo‘lgan va insonlar turmush
kechirganlar. Davlat paydo bo‘lgunga qadar insoniyat davlatsiz hayot
kechirgan.
Insoniyat ibtidoiy jamiyatdan to davlat paydo bo‘lgunga qadar
ibtidoiy odamlar to‘dasi davri, ibtidoiy jamoa davri va ibtidoiy
jamoaning yemirilishi davrlarini boshidan kechirgan. Muayyan
davrlarning o‘tishi bilan davlatsiz jamiyat hisoblanmish ibtidoiy
jamiyat o‘z o‘rini davlatli jamiyatga bo‘shatib berdi va shu asnoda
davlat va huquq shakllandi.
Davlat va huquq bir vaqtda paydo bo‘lgan. Davlat va huquq bir
biridan alohida paydo bo‘lmaydi, balki ular bir vaqtda paydo bo‘ladi
va bir-birini taqozo etadi. Davlat huquqsiz, huquq esa davlatsiz
vujudga kelmaydi.
Davlatning paydo bo‘lishi haqida bir qancha olimlar turli xil
nazariyalarini ilgari suradilar va o‘z g‘oyalarini isbotlashga harakat
qiladilar.
Davlatning paydo bo‘lishi haqida quyidagi nazariyalar mavjud:
sinfiy nazariya, diniy nazariya, patriarxal nazariya, shartnoma

33
nazariyasi, zo‘rlik nazariyasi, psixologik nazariya, irrigatsiya
nazariyasi.
Sinfiy nazariya. Bu nazariya XIX asrning ikkinchi yarmida
G‘arbiy Yevropada vujudga kelgan bo‘lib, XX asrning 90-yillarigacha
hukmronlik qilgan. Mazkur nazariya vakillari K. Marks, F. Engels
va V. Lenin hisoblanadi. Ularning fikricha, davlat iqtisodiy sabablar,
ijtimoiy mehnat taqsimoti, ortiqcha mahsulot va xususiy mulkning
vujudga kelishi, jamiyatning qarama-qarshi iqtisodiy manfaatlarga
ega sinflarga ajralishi tufayli vujudga kelgan deyiladi.
Diniy nazariya – o‘rta asrlarda hukmron bo‘lgan. Hozirgi davrda
boshqa nazariyalar bilan birgalikda Yevropa va boshqa qit’alarga
tarqalgan. Mazkur nazariya vakillari A. Avgustin, F. Akvinskiy,
Mariten, Marselar hisoblanib, davlatni xudo tomonidan
yaratilganligi xususida o‘z fikrlarini bildiradilar. Ular butun
hokimiyat xudoniki, degan g‘oyani ilgari suradilar. Davlatni
boshqarayotgan shaxs, ya’ni hukmdor podsho, xudoning yerdagi
vakili hisoblanib, uning amriga itoat qilmaslik xudoga shak keltirish
bilan bab-barobar, deb tushunadilar.
Patriarxal nazariyaning mohiyati shundaki, uning mualliflarining
fikricha davlat oila andozasi bo‘yicha vujudga keladi. Mazkur
nazariya tarafdorlarining ta’kidlashicha, davlat – oilaning taraqqiy
etishi natijasida paydo bo‘lgan. Dastavval oila paydo bo‘lgan, so‘ngra
oila o‘sib urug‘ga, urug‘ qabilaga, qabila esa davlatga aylangan,
deyiladi. Monarx hokimiyati esa go‘yo oilaning barcha azolariga
rahbarlik qiladigan otadan meros bo‘lib o‘tgan, deb hisoblaydilar.
Ushbu nazariya Yunonistonda (qadimgi Gretsiyada) paydo bo‘lgan
va Aristotel asarlarida asoslab berilgan, XVII asrda yashagan ingliz
olimi Filmerning «Patriarx» asarida rivojlantirilgan. Muallif Injilga
asoslanib, Odam atoning hokimiyatni xudodan olib, o‘zining katta
o‘g‘li patriarxga, u esa o‘zining avlodlari bo‘lgan qirollarga
berganligini isbotlashga harakat qilgan.
Shartnoma nazariyasi XVII va XVIII asrlarda vujudga kelgan
bo‘lib, ushbu nazariya vakillarining ta’kidlashicha, hokimiyat xalq
tomonidan, xalqning monarx bilan bitishuvi natijasida o‘rnatiladi,
deyilgan. Gollandiyada ushbu nazariyani Gugo Grotsiy va Spinoza,
Angliyada Lokk va Gobbs, Fransiyada Jan Jak Russo, Rossiyada
A.N. Radishchev rivojlantirgan. J. Russo ushbu nazariya bo‘yicha

34
«Ijtimoiy shartnoma» nomli kitob yozgan bo‘lib, mazkur kitobda
u «Agar monarx hokimiyatni suiiste’mol qilsa, xalq qo‘zg‘alon
ko‘tarishga va monarxni taxtdan ag‘darishga haqli bo‘lgan», deydi.
Zo‘rlik nazariyasi vakillari fikriga ko‘ra (Gumplovich, Kautskiy)
davlatning kelib chiqishida zo‘rlik harakati, bir xalqning boshqa
xalq tomonidan bosib olinishi yotadi. Davlat g‘olibning hokimiyatini
mustahkamlash uchun tuziladi.
Psixologik nazariya  tarafdorlari G. Tarrd, Z. Freyd va L.I.
Petrajitskiylardir. Bu nazariya davlatning kelib chiqishini kishilarning
hukmronlikka va bo‘ysunishga ehtiyoji bilan izohlaydi. Rus olimlari
Korkunov va Petrajitskiylar davlat insonning bo‘ysunishga intilishi
orqasida paydo bo‘ladi, deb hisoblaydilar. Psixologik nazariya xalqni
alohida xususiyatlarga ega bo‘lgan kishilarga bo‘ysunishni istovchi
passiv omma, deb ataydi.
Irrigatsiya nazariyasi  davlatlarning kelib chiqishi ularning ilk
shakllari Sharqda ulkan irrigatsiya inshootlarini qurish va ulardan
foydalanish bilan bog‘liqlikni ifodalaydi. Ushbu nazariya nemis
olimi Vittifogelning «Sharq istibdodi» asarida ifodalab berilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston hududida davlatning paydo bo‘lishi ham
bevosita irrigatsiya nazariyasi bilan bog‘liqdir.
Huquqning paydo bo‘lishi haqida olimlar turli xil nazariyalarni
ilgari suradilar:
Tabiiy huquq nazariyasi – ushbu huquq nazariyalarining eng
qadimiy turi hisoblanadi. Ushbu nazariya vakillari huquqning o‘zida
adolatning mutlaq, o‘zgarmas ibtidosini mujassam etganligidan kelib
chiqadilar. Huquq tabiatan mavjud, uni hech kim o‘ylab topmagan,
u xuddi inson kabi tabiiydir.
Huquqning tarixiy nazariyasi – mazkur nazariya vakillari
huquqni tabiatan mavjudligini inkor etishadi, ya’ni huquq aslo
tabiatan paydo bo‘lmagan, balki huquq tarixan paydo bo‘lgan va
rivojlangan, deb hisoblaydi. Yerga ekilgan urug‘ kabi, u xalqning
ongida o‘sib boradi va adolat qonunlar shaklida namoyon bo‘ladi.
U yoki bu xalqning tarixiy hayoti huquqni qanday ko‘rinishga
keltirsa, u shunday bo‘lib qoladi.
Huquqning psixologik nazariyasi  vakillarining ta’kidlashicha,
huquqning kelib chiqishi va rivojlanishi shaxs yoki shaxslar
guruhining psixologiyasi bilan izohlanadi. Huquq psixologik

35
yo‘nalishlar, turli kechinmalar, hissiyotlar va instinktlarning
mahsulidir, deb uqtiriladi.
Huquqning diniy nazariyasi XVII–XVIII asrlarda vujudga kelgan
bo‘lib, asosiy vakili Foma Akvinskiy hisoblanadi. Uning davrida
amaldagi huquqning asosini ilohiy qonunlar va tabiiy huquqlar
tashkil qiladi, deb e’lon qilingan. Bu nazariyani islom dini va katolik
cherkov namoyandalari qo‘llaydilar.
Huquqning kelib chiqishini tushuntirishda teologik nazariya
tarafdorlari asosiy qonunlar insonga xudo tomonidan beriladi, deb
ko‘rsatilgan diniy kitoblarga tayanganlar. Masalan, Qur’on, Injil, Tavrot.
Huquqning sinfiy nazariyasi vakillarining ta’kidlashicha, huquq
tabiiy ham, tarixan ham, hatto psixologik holda ham vujudga
kelmagan, balki huquq hukmron sinfning manfaatini himoya qilish
uchun davlat bilan bir vaqtda unga siyosiy qurol sifatida maydonga
chiqqan, deyiladi.
Ularning fikricha, huquqning paydo bo‘lishida uchta bosqich
mavjud bo‘lgan: birinchi bosqich  –  odatning mutlaq hukmronligi
davri; ikkinchi bosqich – odat bilan huquqning bir vaqtda amalda
bo‘lish davri; uchinchi bosqich – huquqning mutlaq hukmronlik
davri.
Mazkur nazariya vakillari huquqning tezda odat o‘rnini
egallamaganligi, balki asta-sekinlik asosida, vaqt o‘tishi bilan odat
huquqqa o‘z o‘rnini bo‘shatib berganligini isbotlashga harakat
qilganlar. Sinfiy nazariya vakillari huquqni paydo bo‘lishining asosiy
sababi sifatida odat normasiga asosan hamma teng huquqli
bo‘lganligini, bu esa iqtisodiy jihatdan hukmron sinfga, ya’ni
quldorlarga to‘g‘ri kelmaganligi tufayli odat normalaridan voz
kechilganligi va buning o‘rniga quldorlar tomonidan huquq
normalarining shakllantirilganligini ta’kidlaydilar.

36
III BOB. DAVLAT VA HUQUQNING
JAMIYAT TIZIMIDAGI O‘RNI
1-§. Davlat va jamiyatning o‘zaro nisbati
Davlat – jamiyat rivojlanishining mahsuli. Jamiyat
rivojlanishining muayyan bosqichida alohida siyosiy institut – davlat
yuzaga keladi va rivojlanadi. Davlat jamiyatga tashqaridan kiritilgan
kuch emas, u jamiyatning o‘zidan kelib chiqqan, uni o‘ziga
bo‘ysundiruvchi va boshqaruvchi kuchdir.
 “Davlat” va “jamiyat” tushunchalari aynan bir xil tushunchalar
emas. “Jamiyat” keng qamrovli hodisa, voqelik bo‘lib, “davlat”
jamiyatning tarkibiga kiruvchi bir qism, alohida elementdir. Jamiyat
va davlat o‘rtasidagi nisbat nafaqat ularning bir-biridan farqi, balki
tarkibiy (strukturaviy) tuzilishi va bajaradigan ijtimoiy vazifalari
bilan izohlanadi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, jamiyat mamlakat
aholisining hammasini qamrab oluvchi murakkab ijtimoiy organizm
bo‘lib, insonlarning o‘zaro aloqalari mahsuli, eng avvalo, ular
hayotining ishlab chiqarish, moddiy ne’matlarni o‘zaro ayirboshlash
va iste’mol qilish bilan bog‘liq tashkiliy tuzilmadir. Davlat esa
jamiyat ichidan ajralib chiqib, uni boshqarish uchun vujudga
keltiriladigan siyosiy tashkilotdir.
Davlat – hokimiyat tepasidagi siyosiy kuchlarning alohida
tashkiloti.
Davlat ibtidoiy tuzumdagi urug‘doshlik tashkilotidan quyidagi
belgilarga ko‘ra farq qiladi. Birinchi – davlatdan ajralgan butun
aholi bilan bir bo‘lmagan ijtimoiy-siyosiy hokimiyat. Bu hokimiyat
qurollangan kishilarning alohida otryadlariga – dastavval qirol
askarlariga, keyinchalik armiya, politsiya, turmalar va boshqa
majburlov muassasalariga va nihoyat, odamlarni boshqarish bilan
maxsus shug‘ullanadigan amaldorlarga tayanadi.
Ikkinchi belgi – jamoa a’zolarining qondoshlik belgisiga ko‘ra
emas, balki hududiy belgiga ko‘ra bo‘linishi, ya’ni davlat
fuqaroligining o‘rnatilishi. Monarxlar (qirollar, knyazlar va h.k.)ning
devor bilan o‘ralgan saroylari atrofida savdo-sotiq va
hunarmandchilik bilan shug‘ullanuvchi aholi joylashgan shaharlar
rivojlangan. Boy zodagonlar ham shu yerda joylashgan. Aynan
shaharlarda odamlar qarindoshlik emas, balki, avvalo, qo‘shnichilik

37
munosabatlari bilan bog‘langan. Vaqt o‘tishi bilan qishloqda ham
qarindoshlik aloqalari o‘rnini qo‘shnichilik munosabatlari egalladi.
Ommaviy (ijtimoiy-siyosiy) hokimiyatni va uning apparatini
(amaldorlar, armiya, politsiya, turmalar va h.k.) saqlab turish uchun
aholidan urug‘doshlik tuzumi davrida ma’lum bo‘lmagan soliqlar
yig‘iladi. Bu davlatning uchinchi belgisidir.
Davlatning vujudga kelishi sabablari va asosiy qonuniyatlari yer
yuzidagi barcha shaharlar uchun deyarli o‘xshash bo‘lgan. Biroq
jahonning turli mintaqalarida, turli xalqlarda davlatning tashkil topish
jarayoni ba’zan juda muhim o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan.
Ular geografik muhit, u yoki bu davlat tashkil topishining muayyan
tarixiy shart-sharoitlari bilan bog‘liq edi. Afina davlatining vujudga
kelishi davlat tashkil topishining klassik shakli hisoblanadi. Ya’ni, u
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning zaruriy qonuniyatlari asosida paydo
bo‘lgan. Keyinchalik boshqa xalqlarda ham davlatning shakllanishi
shu yo‘ldan bordi. Afinaliklar davlatining vujudga kelishi, umuman,
davlat tashkil topishiga yorqin namunaviy misoldir, chunki u, bir
tomondan, sof ko‘rinishda, tashqi yoki ichki tazyiqsiz yuz bergan,
boshqa tomondan, ayni holda davlatning ancha rivojlangan shakli
– demokratik respublika bevosita urug‘doshlik tuzumidan kelib
chiqqan. Bu davlat tashkil topishining barcha muhim tafsilotlari
bizga yaxshi ma’lum. Rimda urug‘doshlik jamiyati bu jamiyatdan
tashqaridagi haq-huquqsiz, biroq majburiyatlarga ega bo‘lan ko‘p
sonli plebeylar qurshovidagi mahdud aristokratiyaga aylangan;
plebeylarning zodagon  –  patritsiylar ustidan g‘alabasi eski urug‘doshlik
tuzumini ag‘darib tashladi va uning vayronalarida davlat bunyod
etdi. Ko‘p o‘tmay bu davlat bag‘rida aristokratiya va plebs chatishib
ketdi. Keyinchalik Rim imperiyasini zabt etgan german qabilalarida
davlat o‘zgalar hududini bosib olishning bevosita natijasi sifatida
vujudga keldi. Urug‘doshlik tuzumi bu hududlarda hukmronlik qilish
imkoniyatiga ega emas edi. Binobarin, davlatning shakllanish jarayoni
ba’zan mazkur jamiyat uchun tashqi omillar, masalan, qo‘shni
qabilalar yoki mavjud davlatlar bilan urush ta’sirida tezlashar edi.
German qabilalari quldorlik tuzumi amal qilgan Rim imperiyasining
hududlarini bosib olishi natijasida g‘oliblarning harbiy demokratiya
bosqichidagi urug‘doshlik tashkiloti o‘rnida ko‘p o‘tmay feodal davlat
tashkil topdi.

38
2-§. Jamiyat siyosiy tizimida davlatning o‘rni
Tarixan olib qaraganda davlatni dastlabki siyosiy tashkilot deb
hisoblash mumkin. “Siyosat” iborasi ruscha “politika”  –  yunoncha
“polis”, ya’ni shahar  –  davlat degan so‘zlarning tarjimasi ma’nosida
ishlatiladi. Davlatning siyosiyligi shundaki, u hukmronlikka intilgan
va erishgan ijtimoiy guruhlarning (sinflarning) manfaatini
ifodalovchi tashkilot sifatida maydonga keldi. Keyinchalik ijtimoiy
(guruhlar, qatlamlarning) manfaatlarni ifoda etuvchi boshqa
uyushmalar, tashkilotlar, partiyalar vujudga kelib, o‘ziga xos siyosiy
tashkilotlar yig‘indisi, majmui, tizimi hosil bo‘ldi.
So‘nggi asrlardagi sinfiy va demokratik jamiyatlarda davlatdan
tashqari muayyan ijtimoiy kuchlarning, guruhlar va qatlamlarning
manfaatlarini ifodalovchi turli siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari,
ayollar va yoshlarning jamoat birlashmalari, sanoatchilar va
fermerlarning tashkilotlari kabilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ayni
vaqtda ular siyosatga muayyan ta’sir o‘tkazmoqda. Biroq shunga
qaramasdan davlat jamiyatning siyosiy tizimida markaziy o‘rinni
egallaydi.
Buning sababi quyidagi omillar bilan izohlanadi:
1.  Davlat manfaatlari o‘zaro sig‘ishmaydigan turli ijtimoiy
guruhlar, qatlamlar, sinflar bemahsul ziddiyati va o‘zaro qarama-
qarshiligining muqobili sifatida yuzaga keldi va faoliyat ko‘rsatadi.
2.  Davlat birgalikda hayot kechirish maqsadida uyushgan
insonlarning ittifoqi, turmush faoliyatining tashkiliy shakli
hisoblanadi. Insonlarning davlat bilan bo‘ladigan tarixiy, mafkuraviy,
ijtimoiy-iqtisodiy aloqalari “fuqarolik” degan kategoriyada o‘zining
mujassam siyosiy-huquqiy ifodasini topadi. “Davlat jamoasi”ning
har bir a’zosi davlatning mavjud bo‘lishidan manfaatdor. Chunki,
davlat vositasida shaxsiy daxlsizlik va erkinlik, oila va mulk
muhofazasi, shuningdek, shaxsiy hayot xavfsizligi kafolatlanadi.
Shu tariqa individ (shaxs) dastlabki barqaror siyosiy sifatlarga ega
bo‘lib, mamlakat siyosiy hayotining ishtirokchisiga aylanadi.
3.  Davlatning vujudga kelishida jamiyatning ijtimoiy  –  sinfiy
tabaqalanishi muhim rol o‘ynaydi. Bundan shu ma’no chiqadiki,
davlat iqtisodda hukmron sinfning siyosiy tashkiloti sifatida
namoyon bo‘ladi.
4.  Davlat o‘z ijtimoiy manfaatlarini qondirish uchun birlashgan

39
insonlar dastlabki siyosiy faoliyatining mahsulidir. Bu siyosiy
voqeliklarning umumuniversalligi bilan bog‘liq. Siyosiy hayot
ommaviy hokimiyat faoliyati va mamlakatning butun hududi
miqyosida kechadi. Shu bois davlat siyosiy hayotni tashkillashtirish
shakli sifatida maydonga chiqadi. Davlat qonunchilik hujjatlari
yordamida “siyosiy o‘yin qoidalarini” belgilaydi. Davlat mamlakat
miqyosida siyosiy hayotning shakli sifatida jamiyat siyosiy tizimi
bilan aynan mos keladi. Davlat o‘zining vazifasi va funksional
xususiyatlari (tavsifi) bilan siyosiy tizimning bir qismi sifatida
namoyon bo‘ladi.
5.  Davlat  –  jamiyatning siyosiy tizimi bilan fuqarolik jamiyati
o‘rtasidagi bog‘lovchi va muvofiqlashtiruvchi muhim bo‘g‘indir.
U jamiyat manfaati uchun zarur umumijtimoiy funksiyalarni
bajaradi. Masalan, transport, aloqa, uy-joy qurilishi, energetika
ta’minoti, ekologiya sofligini ta’minlash, ta’lim tizimini tashkil etish,
va h.k. sohalarda davlat amalga oshiradigan faoliyat butun
jamiyatning umumiy manfaatlarini aks ettiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq, xalq davlat
hokimiyatining birdan-bir manbayidir. Xalq bu hokimiyatni vakillik
demokratiyasi (saylab qo‘yiladigan davlat hokimiyati organlari
orqali) va bevosita demokratiya yo‘li bilan amalga oshiradi. Bevosita
demokratiya shakllariga fuqarolarning davlatni boshqarishda,
referendumda ishtirok etish huquqi, shuningdek, jamoat
birlashmalariga uyushish huquqi kiradi. Fuqarolar bu huquqlarni
turli jamoat tashkilotlariga uyushish yo‘li bilan amalga oshirishi
mumkin. Bunday tashkilotlar qatoriga siyosiy partiyalar, kasaba
uyushmalari, yoshlar tashkilotlari va har xil ijodiy uyushmalar kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi I   bobining mazmunidan
kelib chiqib, siyosiy tizimga O‘zbekiston xalqi siyosiy faoliyati
tashkiliy shakllarining majmui, deb ta’rif berish mumkin. Bunda
davlatga xalq siyosiy faoliyatini tashkil etishning oddiy shakli emas,
balki asosiy shakli sifatida qaraladi, chunki boshqa shakllar davlatga
nisbatan yordamchi xususiyatga egadir. Ular davlat oldida turgan
vazifalarni hal qilishga nodavlat tuzulmalar vositasida yordam beradi,
jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda barcha fuqarolar ishtirok
etishiga imkoniyat yaratadi, davlat hayotida demokratiya asoslari
yanada kengayishiga ko‘maklashadi. Jamiyat siyosiy tizimida

40
davlatning asosiy o‘rni va roli davlat tizimining asosiy unsuri deb
aytish imkonini beruvchi bir qancha xususiyatlar bilan belgilanadi.
Birinchidan, davlat O‘zbekiston Respublikasi ko‘p millatli
xalqining siyosiy tashkiloti, ya’ni ijtimoiy, mulkiy mavqei, irqi,
millati, kasb-kori va hokazolardan qat’i nazar, jamiyatning barcha
a’zolarining tashkilotidir. Shu bois, davlat butun xalq tashkiloti
sifatida, siyosiy tizimning boshqa tarkibiy qismlariga qaraganda
kengroq ijtimoiy imkoniyatlarga ega bo‘ladi.
Ikkinchidan, davlat xalq manfaatlarining rasmiy ifodachisi
sifatida, mulkning barcha shakllari rivojlanishi uchun shart-sharoit
yaratadi.
Uchinchidan, davlat maxsus davlat apparatiga ega bo‘ladi. Boshqa
tarkibiy qismlardan farqli o‘laroq, bu apparat organlariga hokimiyat
vakolatlari beriladi. Bunday vakolatlarga huquqni muhofaza qilish
tizimi ega bo‘ladi. Bu tizim tarkibiga majburlov vazifalarini
bajaruvchi ichki ishlar, soliq, bojxona, prokuratura va milliy
xavfsizlik organlari kiradi.
To‘rtinchidan, siyosiy tizimning boshqa unsurlaridan farqli
o‘laroq, davlat organlari o‘z vakolatlari doirasida normativ-huquqiy
hujjatlar qabul qilishga, shuningdek, ularning ijrosi ustidan nazorat
tizimiga ega bo‘ladi. Jamoat tashkilotlari normativ hujjatlar qabul
qilish huquqiga ega. Bu normativ hujjatlar faqat mazkur jamoat
tashkiloti a’zolariga nisbatan tatbiq etiladi.
Beshinchidan, davlat suverenitetga, ya’ni davlat hokimiyatining
barcha siyosiy partiyalar, muassasalar, fuqarolar va nodavlat
tashkilotlariga nisbatan ustunlikka egadir. Suverenitetga ega bo‘lgan
holda, davlat o‘zini o‘zi tashkil etadi va umummajburiy xulq-atvor
qoidalari (qonunlar) qabul qiladi. Shu bilan davlat qonunlar
chiqarish orqali siyosiy tizimga kiruvchi barcha tashkilot, muassasa,
birlashmalarning huquqiy maqomini belgilab qo‘yadi.
Shunday qilib, davlat jamiyat siyosiy tizimida alohida o‘rin
egallaydi va undagi munosabatlarni tartibga solishda asosiy rol
o‘ynaydi.
3-§. Davlat va fuqarolik jamiyati
Davlat – har qanday jamiyatda siyosiy hokimiyatning eng muhim
organidir. Davlat jamiyatning umumiy ishlarini boshqaruvchi

41
alohida organ sifatida amal qiladi. Davlat  –  jamiyatning siyosiy
tashkilotlari tizimida muhim, lekin yakka-yu yagona bo‘g‘in emas:
unga partiyalar va boshqa tashkilotlar ham kiradi. Biroq jamiyatda
suveren hokimiyatga faqat davlat ega bo‘ladi. Davlat hokimiyatining
ustunligi muayyan tarzda uning universalligi (davlat hokimiyatining
kuchi mazkur mamlakatning butun hududi, barcha aholisi va jamoat
tashkilotlariga nisbatan tatbiq etiladi), vakolatlarida (davlat
hokimiyati unga da’vo qiluvchi boshqa har qanday g‘ayri
konstitutsiyaviy va muvoziy tuzilmalarni bekor qilishi mumkin),
shuningdek, boshqa ta’sir ko‘rsatish vositalarining mavjudligida
(masalan, qonunchilik, odil sudlod) ifodalanadi.
Fuqarolik jamiyatining izchil shakllanishi, shaxs va davlat o‘zaro
munosabatlarining madaniylashuvi jamiyatdagi munosabatlarni
uyg‘unlashtirishni taqozo etadi. Siyosiy munosabatlar sohasida davlat
haqli ravishda yetakchi o‘rin egallaydi, bunda u fuqarolik jamiyatiga
bog‘liq bo‘ladi, ya’ni uning faoliyati har qanday jamiyat
manfaatlariga taalluqli umumiy ishlarni bajarishi bilan belgilanadi.
Fuqarolik jamiyati odamlarning ijtimoiy va shaxsiy manfaatlari
hamda huquqlarini ifodalash va himoya qilishga safarbar etilgan
ixtiyoriy uyushmalari (diniy tashkilotlar, jamoat birlashmalari,
partiyalar, kasaba uyushmalari, shirkatlar va hokazo) timsolida
davlat bilan alohida siyosiy munosabatlarga kirishadi.
Fuqarolik jamiyatining rivojlanish darajasi qancha yuqori bo‘lsa,
davlatning demokratik faoliyati uchun asoslar shuncha ko‘proq
bo‘ladi. Va aksincha, fuqarolik jamiyati yaxshi rivojlanmagan bo‘lsa,
avtoritar va totalitar hokimiyat tuzumlari mavjudligi uchun asoslar
ko‘proq bo‘ladi. Fuqarolik jamiyatining rivojlanish darajasi aholi
qatlamlarining qamrab olinganlik darajasi bilan emas, balki bu

Download 3.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling