Davlat va huquq
Download 3.01 Kb. Pdf ko'rish
|
rivojlantirish, jamoat transportini tashkil etish, uy-joy qurilishi.
Siyosiy funksiya – fuqarolarning siyosiy huquq erkinliklarini himoya qilish, qonuniylikni va huquqiy tartibotni ta’minlash, jamiyatda barqarorlik, millatlararo va fuqarolararo totuvlikni ta’minlashdan iborat. Ma’naviy funksiya – jamiyat a’zolari ongiga milliy mafkurani singdirish, san’atni qo‘llab-quvvatlash, milliy madaniyani rivojlantirish, jamiyatning ma’naviy-axloqiy sog‘lomligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish. Moliyaviy funksiya — soliq to‘plash, jamiyat hayotining asosiy sohalarini moliyalashtirish, davlat budjeti ijrosi, bojxona nazorati va boshqalar. Qonunlarga rioya etish hamma uchun majburiy bo‘lgan, uni buzishga esa aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan davlat faoliyati sohasidir. Huquqiy tartibotni va aholining huquqiy madaniyati hamda ongini yuksaltirish davlatning huquqiy tartibotni muhofaza etish funksiyasining mazmunini tashkil etadi. Huquqiy tartibot bilan bog‘liq faoliyatning markazida, eng avvalo, fuqaro, jamiyat a’zosi erkin inson sifatida shakllanishi va faoliyat yuritishi masalasi turadi. Davlat bu funksiyani amalga oshirish uchun quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatadi: – birinchidan, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini shakllantirish; 83 – ikkinchidan, qonunlar ijrosini ta’minlash va ular ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish; – uchinchidan, fuqarolarni konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklari amalga oshirilishini ta’minlaydigan qonunchilik kafolatlarini yaratish; – to‘rtinchidan, huquqni muhofaza qilish organlari tizimini shakllantirish va ularning samarali faoliyatini tashkil etish; – beshinchidan, qonunchilik va huquqiy tartibotni mustahkamlash. Har qanday davlatning eng asosiy talabi — qonunlarni amalga oshirishga, qonunchilikni ta’minlashga mutasaddi bo‘lgan idora va shaxslarning qonunlarni aniq va og‘ishmay ijro etishlaridan iborat. Tabiatni muhofaza qilish funksiyasi — insoniyatni o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun tabiiy boyliklardan yovuzlarcha foydalanish, odamlar istiqomat qiladigan joylar hayot uchun xavfli falokat mintaqalariga aylanib ketishi natijasida tabiat bilan inson o‘rtasidagi muvozanat buzildi. Masalan, O‘zbekistonda Orolning qurib borayotganligi, qishloq xo‘jaligida ekologik zararli moddalarni ishlatish, aholi yashaydigan hududlarda zararli ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish, yerdan oqilona foydalanish qonunlarini buzish tabiiy ekologik vaziyatni izdan chiqardi. Shu munosabat bilan davlatning ekologik funksiyasi alohida e’tibor kasb etmoqda. Davlatning tabiatni muhofaza qilishga oid funksiyasi quyidagi vazifalardan iborat. Jumladan, tabiiy resurslaridan oqilona foydalanishga, atrof-muhitga zarar yetkazishga va ekologik vaziyatni yomonlashuviga yo‘l qo‘ymaslik. Ikkinchidan, jahon hamjamiyati davlatlari ishtirokida ekologik sharoitlarini sog‘lomlashtirish, iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi ekologik nomaqbul oqibatlarni bartaraf etish. Uchinchidan, samarali ekologik qonunchilik tizimini shakllantirish va tegishli davlat organlarini tuzish. Davlatning tashqi funksiyasi – uning xalqaro maydondagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridir. Davlatni tashqi funksiyasiga quyidagilar kiradi. Turli davlatlar bilan tinch-totuv yashash, xorijiy davlatlar bilan hamkorlik qilish, tashqi iqtisodiy faoliyat yuritish, mamlakatni boshqa davlatlar hujumidan mudofaa etish va jahonda tinchlikni mustahkamlash ishlarida faol qatnashish kabilar. Jamiyatning hozirgi zamon taraqqiyot darajasi barcha davlatlarning xo‘jalik, siyosiy, madaniy hayot sohalarida hamkorlik qilishni talab qiladi. Iqtisodiy hamkorlikda eng muhim o‘rinni xalqaro mehnat 84 taqsimoti, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish, eng yangi texnologiyalari bilan almashish, kredit-moliya aloqalarini rivojlantirish va tovar aylanmasini muvofiqlashtirib turish kabilar egallaydi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashgan muassasalari: Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi, Xalqaro mehnat tashkiloti, Xalqaro Valyuta jamg‘armasi, Xalqaro taraqqiyot banki va boshqalar olib boradi. Mamlakatni mudofaa qilish funksiyasi. Davlatchilik taraqqiyotining barcha bosqichlarida bu funksiya, uning ahamiyati g‘oyat katta bo‘lib kelgan. Zero, hamisha mamlakat ozodligi va mustaqilligini tashqi tajovuzlardan himoya qilishning obyektiv zarurati mavjud bo‘lib kelganligi ma’lum. Mamlakat mudofaasi funksiyasi iqtisodiy, siyosiy, diplomatik va harbiy vositalar bilan amalga oshiriladi. Davlat mudofaa faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: – birinchisi, mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlash. Mamlakat mudofaa qudratini ta’minlash, eng avvalo, mudofaa salohiyatini yuksaltirish; – ikkinchisi, qurolli kuchlarni doimiy takomillashtirib, ularning jangovar qudrati va jangovar tayyorgarligini oshirib borish; – uchinchisi, davlat chegaralarini muhofaza qilish; – to‘rtinchisi, qurolli kuchlarning harbiy ta’limi; – beshinchisi, fuqaro mudofaasini tashkil etish. Istiqlol davrida O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy prinsiplari yaratildi. O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosatining huquqiy asoslari Konstitutsiyaning maxsus bobida, 1991-yil, 31-avgustda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunda va 1996-yil, 26- dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy prinsiplari to‘g‘risida»gi qonunda o‘z aksini topgan. Suveren davlat sifatida mustaqil davlat siyosatining ishlab chiqilishi va uni amalga oshirishda tegishli funksiyalar ro‘yobga chiqmoqda. O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarda o‘z aksini topayotgan iqtisodiy siyosat pirovard natijada demokratik o‘zgarishlar kiritish, kuchli suveren huquqiy davlatni barpo etish uchun mustahkam moddiy negizni yaratishga yo‘naltirilgandir. Shu vazifalardan O‘zbekiston davlatining ichki va tashqi funksiyalari kelib chiqadi. 85 Ichki funksiyalarga quyidagilar kiradi: 1. Huquqiy tartibni ta’minlash, inson va fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilish funksiyasi; 2. Iqtisodiy funksiya; 3. Soliqlarni undirish funksiyasi; 4. Ijtimoiy himoya funksiyasi; 5. Tabiatni muhofaza qilish funksiyasi; 6. Barcha shakllardagi mulklarni himoya qilish funksiyasi; 7. Madaniy-ma’rifiy funksiya. Tashqi funksiyalarga quyidagilar kiradi: 1. Mamlakatni mudofaa qilish; 2. Xalqaro miqyosda iqtisodiy va siyosiy hamkorlik; 3. Xalqaro tartibni qo‘llab-quvvatlash. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonning davlat mustaqilligini 170 dan ortiq davlat tan oldi, ulardan 120 tasi bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatildi. Toshkentda 44 ta davlatning elchixonalari hamda 20 ta yirik xalqaro tashkilot vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlarda 40 ta vakolatxonasi (jumladan 28 tasi elchixona) ochilgan. Bugun O‘zbekiston 60 ta nufuzli xalqaro tashkilotlarning to‘laqonli a’zosi bo‘lib, ularning faoliyatida faol ishtirok etmoqda. 86 VII BOB. DAVLAT MEXANIZMI (APPARATI) 1-§. Davlat mexanizmi tushunchasi va mohiyati Jamiyat oldida turgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda barcha davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari bir tizimga birlashadi va asosiy mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi. Davlat mexanizmi – barcha davlat organlarining yagona, markazlashgan tizimi bo‘lib, ular o‘zlariga berilgan vakolat asosida davlat funksiyalarini bajaradilar va hokimiyatni amalga oshiradilar. Hozirgi kunda davlatshunos olimlar davlat apparatining, eng avvalo, fuqarolar va ular uyushmalarining turli ehtiyoj va manfaatlarini mutanosiblashtirish mexanizmi deb hisoblaydilar. Bunday fikrning to‘g‘riligi davlat mexanizmining o‘ziga xos umumiy belgilarini tahlil etish jarayonida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Davlat mexanizmi quyidagi asoslarga ko‘ra faoliyat yuritadi: 1. Davlat mexanizmining yagonaligi. Davlat mexanizmi – davlat organlari va muassasalarining yaxlit ierarxik tizimidir. Uning yaxlitligi davlat organlari va muassasalari faoliyati tamoyillarining, vazifalari va maqsadlarining yagonaligi bilan ta’minlanadi. Davlat organlari o‘zaro farq qilishiga qaramasdan, bir butunning qismlari hisoblanadi va o‘zaro bog‘liq. Masalan, parlament va hukumat turli vakolatlarga ega, turli mazmundagi ishni bajaradi, lekin ikkalasi ham birga yagona davlat hokimiyatini amalga oshiradi, ya’ni ikkalasining faoliyati ham fuqarolar munosib hayot kechirishi uchun shart-sharoit yaratib berishdan iborat. Ular bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq va aloqadorlikda faoliyat yuritadi. 2. Umumiy maqsad va vazifalarning mavjudligi. Barcha davlat organlari umumiy maqsad va vazifalarni bajarishi, ya’ni davlat funksiyasini amalga oshirish uchun yagona tizimga birlashadi. Asosiy maqsad – xalq manfaatini qondirish. Davlat va ularning organlari xalq irodasini ifoda etadi, uning manfaatlari uchun xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar. Konstitutsiyaning 7- moddasida belgilab qo‘yilishicha «O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq 87 manfaatlarini ko‘zlab va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi». 3. Ierarxik tizimga asoslanganligi. Davlat mexanizmi piramida shaklida tuzilgan bo‘lib, unda yuqori turuvchi organlar quyi turuvchi organlarga nisbatan ko‘proq vakolatlarga ega bo‘ladi va ularning faoliyatiga ta’sir ko‘rsata oladi, quyi turuvchi organlar esa yuqori turuvchi organlar qarorlarini bajarishi majburiydir. Masalan, Vazirlar Mahkamasining qarorini joylardagi mahalliy organlar bajarishi majburiy hisoblanadi. 4. Majburlov apparatining mavjudligi. Davlat organlari, xususan, qonun chiqaruvchi organ qonun qabul qilish va uni kuchga kiritish usuli bilan, ijro etuvchi organlar boshqaruv, majburlov va rag‘batlantirish usullari bilan huquqiy normalarni tatbiq etadilar. Huquqni muhofaza qilish organlari huquq normalarini amaliyotga tatbiq etishda, asosan, ishontirish va majburlash usullaridan foydalangan holda ish yuritadilar. Jamiyatdagi barcha fuqarolar ham davlat tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatdagi me’yorlarga so‘zsiz rioya qilavermaydi, chunki insonlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati bir xilda shakllanmaydi. Shuning uchun, fuqarolar davlat tomonidan o‘rnatilgan qoidalarga o‘z xohishlariga ko‘ra rioya etmaydigan bo‘lsa, davlat o‘zining majburlov kuchi orqali qonunlarning bajarilishini ta’minlaydi. Bular: prokuratura, ichki ishlar organlari, milliy xavfsizlik xizmati, jinoiy jazoni ijro etish muassasalari, armiya va boshqalar. 5. Boshqaruv faoliyati bilan shug‘ullanuvchi maxsus shaxslar guruhining mavjudligi. Davlat organlarida faoliyat yurituvchi shaxslar ish faoliyatida faqatgina boshqaruv bilan shug‘ullanadi, ular ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etmaydilar. Shuningdek, ushbu toifadagi shaxslar davlat va jamiyat manfaatlari uchun faoliyat ko‘rsatadilar. Masalan, sudya sudlov jarayonida biror- bir yaqin tanishining huquqbuzarlik sodir etgan ishi bo‘yicha, u shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rish jarayonida, o‘zining shaxsiy manfaatlarini inobatga olib emas, balki davlat manfaatlaridan kelib chiqqan holda, obyektiv ravishda qonunga asosan hukm chiqaradi. 88 6. Hokimiyat vakolatlariga ega bo‘lgan davlat organlarining ichki strukturasining mavjudligi. Davlat mexanizmining bir me’yorda ishlashini ta’minlash maqsadida davlat organlari, davlat muassasalari va davlat tashkilotlari birgalikda harakat qiladi va o‘z navbatida, ular ichki tarkibiy tuzilishiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Davlat organlari – davlat funksiyalarini amalga oshirishda hokimiyat vakolatiga ega bo‘lgan davlat mexanizmining asosiy bo‘g‘ini. Masalan, prokuratura, sud, ichki ishlar organlari va boshqalar hokimiyat vakolatiga ega bo‘lgan davlat organlaridir. Davlat tashkilotlari – bevosita ishlab chiqarish hamda ta’minot bilan shug‘ullanuvchi davlat idorasi hisoblanib, davlat uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan funksiyalarni bajaradi. Mazkur tashkilotlarning asosiy qismini davlat o‘z monopoliyasida qoldiradi. Metro, tramvay, trolleybus, elektr energiyasi, aloqa tizimi shular jumlasidandir. Davlat muassasalari – bu davlat organlari kabi hokimiyat vakolatiga ega bo‘lmay, davlatning oldida turgan umumijtimoiy vazifalarni bajaruvchi idoralar. Masalan, kasalxonalar, maorif, teatr va boshqalar. Ushbu organlar hokimiyat vakolatiga ega bo‘lmasa-da, lekin jamiyat oldida turgan ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan muhim vazifalarni bajaradi. Yuridik adabiyotlarda «davlat apparati» va «davlat mexanizmi» degan tushunchalar ko‘p uchraydi. Bu tushunchalar, asosan, bir xil mazmunga ega. Lekin «davlat mexanizmi» kengroq tushuncha bo‘lib, unga davlat organlaridan tashqari davlat apparati ishini tashkil qiladigan, unga yordam beruvchi bo‘limlar, muassasalar ham kiradi. Ularga tayanib davlat apparati o‘z faoliyatini, davlat funksiyalarini amalga oshiradi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligini davlat organi, deb olsak, Ichki ishlar vazirligining oliy o‘quv yurtlari, tibbiyot, moliya – iqtisod boshqarmalari va shunga o‘xshash vazirlikning faoliyatini tashkil qilishga yordam beradigan tashkilotlar, uning muassasalari hisoblanadi. 89 2-§. Davlat mexanizmining tashkil etilishi va faoliyati prinsiplari Davlat mexanizmining tashkil etilishi va faoliyat yuritishi muayyan bir rahbariy g‘oyalar, ya’ni prinsiplar asosida amalga oshiriladi. Davlat mexanizmining prinsiplari ularning to‘g‘ri faoliyat yuritishida yo‘llanma beruvchi vazifani o‘taydi. Shuningdek, mazkur prinsiplar davlat apparatining harakat doirasini va mezonini belgilab beradi. Davlat mexanizmi faoliyati va uni tashkil etishning asosiy prinsiplari: 1. Hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi prinsipi. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati – davlatning uchta asosiy tayanchidir. Davlat mexanizmini qurish muayyan obyektiv tamoyillar asosida amalga oshadi, bu esa jamiyatni davlat tomonidan idora etishning samaradorligini ta’minlash imkonini beradi. Qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi vakolatlar ayni bir odamning qo‘lida yoki ayni bir idorada jamlangan bo‘lsa, erkinlik mavjud bo‘lmaydi, zero, monarx yoki senat noto‘g‘ri qonunlar qabul qilishi va ulardan johillarcha foydalanishi mumkin. Hokimiyat vakolatlarini bo‘linishining bosh ma’nosi – ijtimoiy-siyosiy kuchlar orasidagi hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishidir. Bundan maqsad – hokimiyatni suiiste’mol qilishning imkoniyati bo‘lmasligi, hokimiyatlar bir-birlarini muayyan muvozanatda ushlab va cheklab turishidir. 2. Inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarining ustuvorligi prinsipi. Inson, uning huquq va erkinliklari oliy qadriyat sifatida tan olinishi prinsipidan kelib chiqqan holda davlat apparati o‘z faoliyatini amalga oshirishi lozim. Davlat organlarining tashkil etilishdan asosiy maqsadi ham inson, uning manfaatlari va ehtiyojlarini ta’minlash, ularni himoya qilish va rioya etishdir. Davlat apparati o‘z faoliyatida turli davlat organlarining normativ – huquqiy hujjatlarni qabul qilish davrida inson huquq va erkinliklarini birlamchi ekanligidan, hech qaysi bir organ inson huquq va erkinliklariga zid hujjatlar chiqarishi mumkin emasligini kafolatlaydi. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida 90 ham davlat fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlashi e’tirof etilgan. Har qanday demokratik huquqiy davlatda inson huquqlari oliy qadriyat sifatida tan olinadi va ulug‘lanadi. 3. Demokratizm prinsipi. Davlat mexanizmi (apparati) tashkil etilishi demokratik prinsip asosida amalga oshiriladi. Chunki, davlatning qonun chiqaruvchi organlari xalq tomonidan saylash orqali tashkil etiladi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga 120 nafar deputat O‘zbekiston xalqi tomonidan yashirin ovoz berish asosida saylanadi va shu demokratik tartibda Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi shakllantiriladi. Xuddi shu kabi Oliy Majlisning Yuqori palatasi bo‘lgan Senat ham xalq vakillarining ishtirokida tashkil etiladi. Senatdagi mavjud 100 nafar senatorning 16 nafarini Prezident t a y i n l a s a , 8 4 n a f a r i n i v i l o y a t , T o s h k e n t s h a h r i v a Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 6 nafardan mahalliy vakillik organlari deputatlari yig‘ilishida saylanadi. Ijro etuvchi hokimiyat – Hukumat ham xalq tomonidan saylangan Prezident taqdimiga binoan Oliy Majlis tomonidan tashkil qilinadi. Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi va Konstitutsiyaviy sudlarning raisi va uning o‘rinbosarlari, shuningdek, sudyalari ham Oliy Majlisdagi xalqning vakillari bo‘lgan senatorlar tomonidan saylanadi. D a v l a t m e x a n i z m i ( a p p a r a t i ) x a l q n i n g i s h t i r o k i d a shakllantiriladi, xalq hokimiyatini ifodalaydi, u ham o‘z faoliyatida faqatgina xalq manfaatlariga xizmat qiladi. 4. Pog‘onama-pog‘ona bo‘ysunish (ierarxiya) prinsipi. Ierarxiya – bir-biriga o‘zaro bo‘ysunuvda bo‘lish degan ma’noni anglatadi. Ierarxiya – pog‘onama-pog‘ona, piramida, o‘zaro bo‘ysunuvdagi kabi so‘zlar bilan bir ma’noni anglatadi. Pog‘onama-pog‘ona joylashish prinsipining mazumuni shundaki, davlat organlari tuzilishining bir shakli bo‘lib, yuqori davlat organlarining vakolatlari quyi organlarning vakolatlariga nisbatan ko‘proq bo‘ladi hamda ular quyi organlarning faoliyatiga ta’sir o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi oliy organlarining qarorlari mamlakatning butun hududida quyi turuvchi barcha organlar va mansabdor shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy. Masalan, 91 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishi Vazirlar Mahkamasi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari uchun majburiy ahamiyatga ega. Shuningdek, tuman hokimi chiqargan qarorni viloyat hokimi, viloyat hokimining qarorini Bosh vazir bekor qilishga haqli. 5. Oshkoralik prinsipi. Davlat mexanizmi (apparati)ga kiruvchi organlar o‘z faoliyatini oshkoralik asosida amalga oshiradilar. Qonun chiqaruvchi organ – parlament faoliyati jarayonida qabul qilinayotgan qonunlar loyihasini yoki qabul qilgan qonunlar matnini ommaviy axborot vositalari orqali xalqqa e’lon qilinishi hamda xalqni qonunlardan xabardor etilishi oshkoralik ifodasidir. Shuningdek, ijro etuvchi hokimiyat tomonidan qabul qilingan farmoyish va qarorlarning to‘plamlarda chop etilishi hamda sud organlari tomonidan chiqarilgan hukmlar (davlat va oila siri bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar bundan mustasno) va qarorlar haqida ma’lumotlar bilan ham xalqning tanishishi uchun ochiq bo‘lishidir. Oshkoralik davlat apparati faoliyatining asosiy mezoni bo‘lishi lozim. Shuningdek, ommaviy axborot vositalari davlat apparati faoliyati haqida doimiy ravishda kundalik axborotlarini e’lon qilib turishi, xalqning jamiyatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy islohotlardan xabardor bo‘lib turishi maqsadga muvofiq sanaladi. 6. Qonuniylik prinsipi. Davlat mexanizmi (apparati)ning tashkil etilishi qonun yo‘li bilan amalga oshiriladi. Davlat apparatining asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan qonun chiqaruvchi organ – Oliy Majlis, ijro etuvchi organ – Vazirlar Mahkamasi va sud organlari – Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi va Konstitutsiyaviy sud to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi tegishli qonunlari qabul qilingan. Mamlakatimizdagi barcha davlat organlari qonun asosida tashkil etilgan va qonun asosida faoliyat yuritadi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida nooshkora, maxfiy va harbiy tashkilotlar tuzish taqiqlangan. Shuningdek, davlat organlari o‘z faoliyatini qonun asosida amalga oshirishi shart. Har qanday davlat organlarining qonunlarda belgilab qo‘ygan vakolatlardan chetga chiqishi mumkin emas. 7. Professionalizm prinsipi. Davlat apparati xizmatchilari o‘z 92 sohalarining yetuk mutaxassislari bo‘lib, ular maxsus malaka va bilimga, yetarli tajriba va amaliy o‘quvga ega bo‘lgan xodimlar hisoblanadi. Davlat apparatida xizmat qilayotgan xodimlar dastlab mazkur soha bo‘yicha quyi organlarda xizmat qilgan, ushbu sohada boy tajribaga ega bo‘lgan mutaxassis xodim bo‘lishi shart. 8. Kollegiallik va yakkaboshchilikning birgaligi prinsipi. Davlat apparati organlari o‘z faoliyatini kollegiallik va yakkaboshchilik asosida amalga oshiradi. Kollegiallik, ya’ni jamoaviy boshqaruv hisoblanib, Oliy Majlisning quyi palatasi deputatlari va yuqori palatasi senatorlarining xizmat faoliyatida yaqqol ko‘rinadi. Chunki ushbu organlar bamaslahat, muhokama tarzida bir-biri bilan hamkorlikda masalani hal etadilar. Masalan: Oliy Majlis qonun qabul qilishda bahamjihat ish tutadi. Yakkahokimlik yoki yakkaboshchilik prinsipida esa kollegiallikka o‘xshash umumning irodasi ro‘yobga chiqishi emas, balki xizmat sohasining yoki bo‘lim boshlig‘i o‘zining yakdil fikri asosida masalani hal qiladi. Masalan, Bojxona qo‘mitasi raisining tegishli masala yuzasidan yakka tartibda buyruq chiqarishi. 9. S a y l a n i s h v a t a y i n l a n i s h n i n g u y g ‘ u n l i g i . D a v l a t mexanizmi (apparati)ning tashkil etilishi saylanish va t a y i n l a n i s h o r q a l i a m a l g a o s h i r i l a d i . O ‘ z b e k i s t o n Respublikasida oliy vakillik idoralari – Qonunchilik palatasi deputatlarining barchasi, Senat a’zolarining aksariyat qismi, Oliy sud idoralarining rais va o‘rinbosarlari saylash orqali tashkil etiladi. Ijro etuvchi organlarning barchasi tayinlash t a r t i b i d a s h a k l l a n t i r i l a d i . M a s a l a n , O ‘ z b e k i s t o n Respublikasining Prezidenti vazirlar va hokimlarni lavozimiga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi. Davlat apparati mexanizmi (apparati)ga kiruvchi organlar yuqorida qayd etib o‘tilgan prinsiplar asosida tashkil etiladi hamda ular o‘z faoliyatini mazkur prinsiplar asosida amalga Download 3.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling