Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar


VI. Kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomill�shtirish


Download 75.3 Kb.
bet10/10
Sana08.11.2023
Hajmi75.3 Kb.
#1755758
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
PQ-4063 18.12.2018

VI. Kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomill�shtirish

31.

O‘rta tibbiy xodimlarni tayyorlash, ixtisoslashtirish va malakasini oshirish dasturlarini takomillashtirish, shu jumladan:
o‘quv dasturlarining tarkibida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning xavfli omillari profilaktikasi, bemorlarni o‘zlarini parvarishlash va salomatlik holatini nazorat qilishga o‘rgatish, shuningdek, tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlaridagi fanlar ulushini ko‘paytirish;
o‘rta tibbiy xodimlarni “Diabetik oyoq yuzi bo‘yicha tibbiy hamshira — podiatr”, “Sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha maslahatchi”, “Tamakidan voz kechish bo‘yicha maslahatchi”, “Bronxial astma bo‘yicha maslahatchi” va boshqa yo‘nalishlarda ixtisoslashtirish va sertifikatlash dasturlarini ishlab chiqish.

O‘quv dasturlariga o‘zgartirishlar kiritish

2020-yil
1-iyul

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi (R. Izamov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov)

32.

Etakchi xorijiy sog‘liqni saqlash muassasal�ri (shu jumladan Qozog‘iston Respublikasi Jamiyat sog‘lig‘ini saqlash oliy maktabi) bilan yaqin aloqalarni o‘rnatish orqali oliy tibbiy ta’lim muassasalari tibbiyot-profilaktika yo‘nalishidagi kafedralari o‘qituvchilarining jamiyat salomatligi va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, sog‘lom ovqatlanish, diyetologiya masalalari bo‘yicha malakasini oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi

2020-yil
1-dekabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov)

33.

Oliy tibbiy ta’lim muassasalari tibbiyot-profilaktika yo‘nalishidagi soha kafedralari hamda Toshkent tibbiyot akademiyasining Jamiyat sog‘lig‘ini saqlash maktabi va tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimining o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqish va ularni xalqaro talablarga moslashtirish.

O‘quv dasturlariga o‘zgartirishlar kiritish

2019-yil
1-iyul

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov)

34.

Tibbiyot institutlarining tibbiy-profilaktika yo‘nalishidagi soha kafedralari hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi Jamiyat sog‘lig‘ini saqlash maktabining o‘quv dasturlarini Yevropa mintaqasining jamiyat sog‘lig‘ini saqlash maktablari assotsiatsiyasi (ASPHER — The Association of Schools of Public Health in the European Region) tomonidan akkreditatsiya qilinishini ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi

2022-yil
1-yanvar

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov)

35.

Xalqaro standartlarni inobatga olgan holda nutritsiologiya, diyetologiya va jamiyat sog‘lig‘ini saqlash sohalaridagi mutaxassislarni malaka talablarini qayta ko‘rib chiqish.

Malaka talablari

2019-yil
1-iyul

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov)
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev)

VII. Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasini ta’minlash, aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash,
jismoniy faolligini oshirish sohasida axborot-ma’rifiy faoliyatni takomillashtirish


36.
Sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik darajasini oshirish, sog‘lom turmush tarzini olib borish, tamaki va alkogol mahsulotlarini iste’mol qilinishidan voz kechish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish va ommaviy axborot vositalari, shu jumladan Internet tarmog‘i hamda ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirish.
Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash, jismoniy faollik darajasini oshirish bo‘yicha bannyerlar, plakatlar, bukletlar va boshqa axborot-ma’rifiy materiallarni tayyorlash, shu jumladan, ularni savdo obyektlari, umumiy ovqatlanish korxonalari, tibbiy va ta’lim muassasalari, shahar va tumanlarning markaziy ko‘chalari, odamlar ko‘p to‘planadigan joylar, jamoat transportida joylashtirish yo‘li bilan tarqatish.

Axborot-ma’rifiy materiallar

2019 — 2022-yillar

Milliy teleradiokompaniya (A. Xodjayev),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

37.

Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash, jismoniy faollik darajasini oshirish bo‘yicha videoroliklarni tayyorlash va televideniyada (kuniga praym-taym soatlarida kamida 1-marta) hamda Internet tarmog‘i orqali namoyish qilish, uyali telefon foydalanuvchilariga har kuni sms-xabarlarni jo‘natish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019 — 2022-yillar

Milliy teleradiokompaniya (A. Xodjayev),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

38.

Sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlayotgan mutaxassislar va mashhur insonlar ishtirokida teleko‘rsatuvlar tayyorlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019 — 2022-yillar

Milliy teleradiokompaniya (A. Xodjayev),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

39.

Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, ta’lim muassasalari, savdo obyektlari, umumiy ovqatlanish korxonalari va boshqa tashkilotlarda sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik darajasini oshirish va sog‘lom turmush tarzini olib borish bo‘yicha davra suhbatlari, seminarlar o‘tkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019 — 2022-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),
Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), “Mahalla” jamg‘armasi (Sh. Javlonov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

40.

“Sog‘lom hayotga qadam tashla!”, “Sog‘lom muhitni (tamaki va alkogoldan xoli) tanlaymiz!” shiorlari ostida konsertlar, teatr tomoshalari, sport musobaqalarini o‘tkazish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2019 — 2022-yillar

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev)

41.

Har yili “Sog‘lom mahalla”, “Sog‘lom maktab”, “Sog‘lom korxona” va h.k. tanlovlarini o‘tkazish.
Tanlov g‘oliblarini aniqlash mezonlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.
Tanlov natijalari asosida sog‘lom turmush tarzini olib borish ko‘rsatkichi bo‘yicha mahalla, maktab, tashkilotlarning reytingini tuzish va Internet tarmog‘ida joylashtirish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar kompleksi

2019 — 2022-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),
Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev),
“Mahalla” jamg‘armasi (Sh. Javlonov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi PF-5870-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son)


(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2018-y., 07/18/4063/2347-son; 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son)
Download 75.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling