Davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarining o'ziga xosliklari reja
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining ta’lim muassasini faoliyatini tashkil etish
Download 68.5 Kb.
|
DAVLAT VA NODAVLAT MAKTABGACHA TA\'LIM MUASSASALARINING O\'ZIGA XOSLIKLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining ta’lim muassasini faoliyatini tashkil etish.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq muassasa shaklida tashkil etiladi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining muassislari toifasiga kirmaydigan barcha yuridik va jismoniy shaxslar nodavlat majtabgacha ta’lim muassasasining muassislari bo’lishi mumkin. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda letsenziya olgan vaqtdan vaqtdan boshlab ta’lim faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo’ladi. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim mazmuni maktabgacha ta’limga qo’yiladigan davlat talablariga asosan ishlab chiqilib, O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi. Muassasa o’z(mualliflik) dasturlaridan foydalanishga haqlidir. Ushbu dasturlarni tartibi O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining ish tartibi va bolalarning muassasada bo’lish vaqti muassasa ustavi hamda muassisning qarori bilan belgilanadi. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida 5 kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida quyidagi ish tartibi joriy etiladi: 12 soatli; 10,5 soatli; 9 soatli; 4 soatli; Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi joylashgan hududda yashaydigan aholi talablaridan kelib chiqib, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida yoki uning alohida guruhlarida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish tegishli tibbiy xulosa asosida amalga oshiriladi. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish va ularni chiqarish tartibi nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining ustavi bilan belgilanadi. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi guruhlaridagi bolalar soni davlat maktabgacha ta’lim muassasalari uchun belgilangan me’yordan ortiq bo’lmasligi kerak. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida o’quv yili joriy yilning 2-sentyabridan boshlanadi va keying yilning 1-iyunida tugallanadi. Ushbu davr oralig’ida sog’lomlashtirish davri davom ettiriladi. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar, ota-onalar yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar (keyingi o’rinlarda ota-onalar deb ataladi), pedagog xodimlar, vasiylik kengashi a’zolari ta’lim-tarbiya jarayonining qatnashchilarfi hisoblanadi. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvhcisi, va xodimlari o’rtasidagi munosabatlar o’zro hamkorlik, bolaning shaxsini hurmat qilish va unga shaxsiy xususiyatlariga muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish asosida olib boriladi. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida tegishli pedagogic ma’lumotga ega bo’lgan shaxslar pedagogic faoliyatga qo’yilmaydi. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining pedagoglari va boshqa xodimlari bilan mehnat shartnomalari tuzish va ularni bekor qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarining huquq va imtiyozlari qonun hujjatalrida, ushbu muassasaning ustavida, shuningdek mehnat shartnomasida belgilanadi. Download 68.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling