Davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarining o'ziga xosliklari reja
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish va faoliyatini nazorat qilish
Download 68.5 Kb.
|
DAVLAT VA NODAVLAT MAKTABGACHA TA\'LIM MUASSASALARINING O\'ZIGA XOSLIKLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga asosan ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari sifatida quyidagilar belgilab qo‘yilgan
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish va faoliyatini nazorat qilish.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini muassis gtomonidan tayinlanadigan rahbar boshqaradi. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri lavozimiga qo’yiladigan malaka talablariga muvofiq bo’lishi kerak. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatini nazorat qilish muassis tominidan, shuningdek, qonun hujjjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tomonidan maktabgacha ta’limga qo’yladigan davlat talablari va ta’lim-tarbiya dasturlarining bajarilishini nazorat qilish ushbu sohadagi vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga asosan ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari sifatida quyidagilar belgilab qo‘yilgan: Ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; Ta’limning uzluksizligi va izchilligi; Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi; O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi; Ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; Davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi; Ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; Bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish; Ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish. Ushbu qonunda tegishli ma’lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega ekanligi xamda pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish sud hukmiga asosan man etilgan shaxslarning ta’lim muassasalarida bu faoliyat bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmasligi aloxida ta’kidlab o‘tilgan. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning 6-moddasida ta’lim muassasasining huquqiy maqomi nazarda tutilgan. Unga asosan, ta’lim muassasasi yuridik shaxs bo‘lib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi. Nodavlat ta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan paytdan boshlab yuridik shaxs huquqlari va ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladi. Ta’lim muassasasini akkreditatsiyalash vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiyaga asosan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan. Ushbu qonunga ko‘ra, ta’lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan ustav asosida faoliyat ko‘rsatadi. Ta’lim muassasasi attestatsiya natijalariga binoan davlat akkreditatsiyasidan mahrum etilishi mumkin. Ta’lim muassasalari o‘quv-tarbiya majmualariga hamda o‘quv-ilmiyishlab chiqarish birlashmalari va uyushmalariga birlashishga haqli. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning 7-moddasida Davlat ta’lim standartlari umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi, deb ko‘rsatilgan. Davlat ta’lim standartlarini bajarish O‘zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiy xisoblanadi. Ta’lim muassasalarida ta’lim berish tilidan foydalanish tartibi Davlat tili to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinishi aloxida qayd etilgan. Download 68.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling