1-mavzu : maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil qilish reja
Download 25.15 Kb.
|
1-M
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’zlar
1-MAVZU : MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINI TASHKIL QILISH Reja: Maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish tartibi Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini tashkil etish Davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarni tashkil etilishi Tayanch so’zlar: davlat va nodavlat tashkilotlar, tashkil etish, tartib, faoliyat, muassis, talablar, dastur, reja Maktabgacha ta’lim tashkiloti muassis tomonidan tashkil etiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkaziladi. Quyidagilar: davlat boshqaruvi organlari; mahalliy davlat hokimiyati organlari; davlat korxonalari; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat tashkilotlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining muassislari bo’lishi mumkin. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari o’z ishining o’ziga xosligiga muvofiq quyidagi tiplarga bo’linadi: umumiy tipdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti; ixtisoslashtirilgan (jismoniy va psixik rivojlanishida har xil nuqsonlar mavjud bo’lgan bolalar uchun); sanatoriy tipidagi (zaif, turli yuqumli kasalliklarni boshdan kechirgan, surunkali asoratlarga ega bo’lgan bolalar uchun). Maktabgacha ta’lim tashkiloti o’z ustaviga, bank tashkilotlarida hisob raqamiga, O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o’z nomi ko’rsatilgan muhrga, yuridik manzili ko’rsatilgan shtampga ega bo’ladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotini akkreditatsiya qilish davlat vakolatli organi tomonidan attestatsiya asosida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti belgilangan davlat normativlariga va maktabgacha ta’lim tashkilotiga qo’yiladigan talablarga muvofiq bolalarni tarbiyalashni, o’qitishni, ularga qarab turish va ularni parvarish qilishni hamda sog`lomlashtirishni ta’minlaydi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim mazmuni O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti o’z (mualliflik) dasturlaridan foydalanishga haqlidir. Bunday dasturlarni tasdiqlash tartibi O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotining ish rejimi va bolalarning u erda qancha vaqt bo’lishi maktabgacha ta’lim tashkiloti ustavi va muassisning qarori bilan belgilanadi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti (guruh)ning kunduzgi va kechki vaqtlarda hamda kechayu kunduz faoliyat ko’rsatishiga yo’l qo’yiladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni o’qitish va tarbiyalash davlat tilida va «Davlat tili haqida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq boshqa tillarda olib boriladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ovqatlanishni tashkil etish maktabgacha ta’lim tashkilotiga yuklanadi hamda O’zbekiston Respublikasida tasdiqlangan sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq amalga oshiriladi. Bolalarga tibbiy xizmat ko’rsatish ham shtatdagi tibbiyot xodimlari, ham maktabgacha ta’lim tashkilotlariga biriktirilgan sog`liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan ta’minlanadi, ular maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog`lig`i va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlari o’tkazilishi, sanitariya-gigiena normalariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun javob beradilar. Tibbiyot xodimlari faoliyatini nazorat qilish mahalliy sog`liqni saqlash organlariga yuklanadi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tibbiyot xodimiga xona beradi va uning ishlashi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotining shtatdagi xodimlari sog`liqni saqlash organlarida bepul tibbiy ko’rikdan o’tadilar, buning uchun sarflanadigan xarajatlar davlat tomonidan ajratiladigan mablag`lar doirasida belgilanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning hayoti va sog`lig`ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Sog`liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda belgilanadi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti muassis tomonidan tashkil etiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkaziladi. Davlat organlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda qonun hujjatlariga muvofiq davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining muassislari bo’lishi mumkin. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga bevosita rahbarlik qilish O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda tegishlicha Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’limi boshqarmalari hamda Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan tayinlanadigan mudir tomonidan amalga oshiriladi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mudiri bilan mehnat shartnomasi bir yil muddatga tuziladi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mudiri lavozimiga qo’yiladigan malaka talablari O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mudiri: davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi; bolalar hayoti va sog`lig`ini muhofaza qilish hamda ta’lim-tarbiya jarayonining samarali tashkil etilishini ta’minlaydi; davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti nomidan faoliyat ko’rsatadi va barcha tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi; davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mol-mulkini o’ziga berilgan vakolatlar doirasida tasarruf etadi; davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarini mehnat to’g`risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ishga qabul qiladi va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qiladi; davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarini moddiy va ma’naviy rag`batlantiradi, ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo’llaydi; o’z vakolatlari doirasida buyruqlar chiqaradi; davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining faoliyatini takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni ta’minlash bo’yicha takliflarni ko’rib chiqish uchun xalq ta’limi tashkilotlari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo’limiga kiritadi; davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, jihoz, o’quv-metodik qo’llanmalar va multimediali vositalar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etadi; davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining moliya-xo’jalik faoliyatiga javob beradi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mudiri har chorakda kamida bir marta o’z faoliyati to’g`risidagi hisobotni tegishli fuqarolar yig`iniga taqdim etadi. (17-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 fevraldagi 134-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to’ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2018 y., 09/18/134/0809-son) Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, maktabgacha ta’limning innovatsion shakllarini rivojlantirish maqsadida pedagogik kengash faoliyat ko’rsatadi. Pedagogik kengash a’zolarini saylash tartibi va uning vakolatiga kiradigan masalalar davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ustavida belgilanadi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq tashkilot shaklida tashkil etiladi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining muassislari toifasiga kirmaydigan barcha yuridik va jismoniy shaxslar nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining muassislari bo’lishi mumkin. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda listenziya olgan vaqtdan boshlab ta’lim faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo’ladi. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g`risida»gi Qonuniga muvofiq, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini akkreditatsiya qilish vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiya asosida amalga oshiriladi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim mazmuni maktabgacha ta’limga qo’yiladigan davlat talablariga asosan ishlab chiqilib, O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi. Tashkilot o’z (mualliflik) dasturlaridan foydalanishga haqlidir. Ushbu dasturlarni tasdiqlash tartibi O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ish tartibi va bolalarning tashkilotda bo’lish vaqti tashkilot ustavi hamda muassisning qarori bilan belgilanadi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 5 kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida, quyidagi ish tartibi joriy etiladi: 12 soatli; 10,5 soatli; 9 soatli; 4 soatli. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti joylashgan hududda yashaydigan aholi talablaridan kelib chiqib, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yoki uning alohida guruhlarida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning ovqatlanishi O’zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlari asosida amalga oshiriladi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilariga tibbiy yordam ko’rsatish shtatdagi yoki sog`liqni saqlash organlarining shartnoma asosida maxsus biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiyot xodimlari nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog`lig`i va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlari o’tkazilishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun javob beradilar. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarini tibbiy ko’rikdan o’tkazish shartnoma asosida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’limga qamrab olinmagan bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash, ularni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish maqsadida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qisqa muddatli guruhlar tashkil etiladi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qisqa muddatli guruhlar uchun 4 soatli ish tartiblari joriy etiladi. Nodavlat ta’lim tashkilotlarida qisqa muddatli guruhlar qonun hujjatlariga muvofiq olingan listenziya asosida muassis qarori bilan tashkil etiladi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etilgan qisqa muddatli guruhlarda moddiy-texnik va kadrlar ta’minoti muassis tomonidan belgilanadi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida qisqa muddatli guruhlarni qayta tashkil etish yoki tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muassisning qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Download 25.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling