Davlat va nodavlat moliyaviy tashkilotlarining turlari, vazifalari
Download 42 Kb.
|
moliya javob
Davlat va nodavlat moliyaviy tashkilotlarining turlari, vazifalari Modomiki, davlat qonun yaratuvchi va ularning bajarilishini nazorat qiluvchi organ hisoblanar ekan, u moliyaviy tizimni tartibga solish bo‘yicha to‘liq javobgardir. Biroq davlat moliyaviy tizimni tartibga soluvchi organ rolini o‘ynagani bilan bir qatorda, u mazkur tizimdan o‘z siyosatining boshqa maqsadlariga erishish uchun foydalanadi. Misol tariqasida hukumatning pul-kredit siyosatini iqtisodiy o‘sish yoki bandlik sohasidagi turli umummilliy vazifalarning bajarilishi uchun foydalanishini keltirish mumkin. 1. Markaziy banklar Markaziy banklar – bu asosiy funksiyasi moliyaviy bozorning ma’lum parametr239lariga, masalan, muomaladagi pul miqdoriga ta’sir etish orqali davlat siyosati vazifalarini amalga oshirishga ko‘maklashishdan iborat bo‘lgan moliyaviy vositachilardir. Markaziy banklar faoliyati ba’zi davlatlarda davlat ijroiya organlarining bevosita nazorati ostida bo‘lsa, boshqa davlatlarda ular ma’lum darajada avtonomlik (mustaqillik)ka egadirlar. Markaziy bank odatda, davlat to‘lov tizimining yuragi hisoblanadi. U davlatni milliy valyuta bilan ta’minlaydi va banklararo hisob-kitoblar tizimi uning boshqaruvida bo‘ladi. To‘lov tizimi samarali bo‘lishi uchun inflyatsiya darajasi kamida o‘rtacha bo‘lishi241 va buni markaziy banklar o‘zlarining asosiy vazifasi deb ko‘rishlari shartMarkaziy bank odatda, davlat to‘lov tizimining yuragi hisoblanadi. U davlatni milliy valyuta bilan ta’minlaydi va banklararo hisob-kitoblar tizimi uning boshqaruvida bo‘ladi. To‘lov tizimi samarali bo‘lishi uchun inflyatsiya darajasi kamida o‘rtacha bo‘lishi va buni markaziy banklar o‘zlarining asosiy vazifasi deb ko‘rishlari shart. 2. Ixtisoslashgan moliyaviy vositachilar Bu guruh tashkilotlar iqtisodiy faoliyatning o‘ziga xos turlarini rag‘batlantirish maqsadida tuzilgan kompaniyalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu kompaniyalar faoliyati moliyalashtirish jarayonini yengillashtiradi yoki ular muayyan guruhdagi mijozlarga har xil turdagi qarzga oid instrument (vosita)larni taqdim etadilar. Bunga misol tariqasida fermerlar, talabalar, kichik korxonalar, yangi uylarni sotib oluvchilar va boshqalarga qarz beruvchi yoki qarzni kafolatlovchi davlat agentliklarini ko‘rsatish mumkin. Davlat tashkilotlarining boshqa guruhi bank omonatlarining sug‘urtasi uchun tashkil etilgan agentliklar sifatida namoyon bo‘ladi. Ularning asosiy funksiyasi moliyaviy tizimning barcha qismida yoxud uning qaysidir bir qismida iqtisodiy inqirozlarning oldini olish orqali iqtisodiy barqarorlikka ko‘maklashishdan iborat. 3. Mintaqaviy va butundunyoviy moliyaviy tashkilotlar Bugungi kunda ko‘plab xalqaro moliyaviy tashkilotlar mavjud. Ularning vakolati turli davlat hukumatlari moliyaviy siyosatini muvofiqlashtirishdan iborat. Bunday xalqaro moliyaviy tashkilotlar ichida eng muhimi Bazelda (Shveytsariya) joylashgan Xalqaro hisob-kitoblar banki (BIS – Bank for International Settlemens) hisoblanadi. Uning vazifasi barcha mamlakatlardagi bank qoidalarining maksimal o‘xshashligini ta’minlashdan iborat. Undan tashqari xalqaro moliya bozorida yana ikki xalqaro moliyaviy tashkilot faoliyat yuritadi. Ularning maqsadi – savdo va moliya faoliyatini rag‘batlantirishdan iborat. Bular: Xalqaro valyuta fondi (XVF) (IMF – International Monetary Rupd) va Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki yoki Dunyo banki (International Bank for Reconstruction and Development, World bank). XVF unga a’zo bo‘lgan davlatlar iqtisodiy va moliyaviy sharoitlarining o‘zgarishini kuzatadi, texnik yordam ko‘rsatadi, xalqaro savdo va moliya operatsiyalari qoidalarini ishlab chiqadi, xalqaro iqtisodiyotning turli masalalari bo‘yicha maslahat beradi, ayrim a’zo davlatlar to‘lov balansini to‘g‘rilab olishlari uchun resurslar taqdim qiladi 3. Mintaqaviy va butundunyoviy moliyaviy tashkilotlar Bugungi kunda ko‘plab xalqaro moliyaviy tashkilotlar mavjud. Ularning vakolati turli davlat hukumatlari moliyaviy siyosatini muvofiqlashtirishdan iborat. Bunday xalqaro moliyaviy tashkilotlar ichida eng muhimi Bazelda (Shveytsariya) joylashgan Xalqaro hisob-kitoblar banki (BIS – Bank for International Settlemens) hisoblanadi. Uning vazifasi barcha mamlakatlardagi bank qoidalarining maksimal o‘xshashligini ta’minlashdan iborat. Undan tashqari xalqaro moliya bozorida yana ikki xalqaro moliyaviy tashkilot faoliyat yuritadi. Ularning maqsadi – savdo va moliya faoliyatini rag‘batlantirishdan iborat. Bular: Xalqaro valyuta fondi (XVF) (IMF – International Monetary Rupd) va Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki yoki Dunyo banki (International Bank for Reconstruction and Development, World bank). XVF unga a’zo bo‘lgan davlatlar iqtisodiy va moliyaviy sharoitlarining o‘zgarishini kuzatadi, texnik yordam ko‘rsatadi, xalqaro savdo va moliya operatsiyalari qoidalarini ishlab chiqadi, xalqaro iqtisodiyotning turli masalalari bo‘yicha maslahat beradi, ayrim a’zo davlatlar to‘lov balansini to‘g‘rilab olishlari uchun resurslar taqdim qiladi Download 42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling