Davlat va «prinsipal-agent» muammosi
Download 117 Kb.
|
Davlat xususiyatini baholashning empirik usullari
2. «Shartnomaviy» davlat
Shartnomaviy davlatning qisqacha ta’rifi shunday bo`ladi: bu – faqat unga fuqarolar tomonidan topshirilgan huquqlar doirasida va ularning manfaatlari yo`lida kuch ishlatish monopoliyasidan foydalanuvchi davlat, fuqarolar esa soliqlarni to`lashga majburiyat deb emas, balki o`z zimmasiga ixtiyoriy ravishda olingan majburiyat sifatida qaraydi. Boshqacha aytganda, davlatning roli ularda mulkchilik huquqlarini himoya qilishni davlat ixtiyoriga topshirish qulay bo`ladigan bitimlar doirasi bo`yicha kafil roli bilan chegaralanadi. Transaksiya xarajatlari nolga teng bo`lmagan taqdirda, mulkchilik huquqlarini himoya qilish funksiyasidan tashqari, davlat Kouz nazariyasida yoritilgan huquqlarning optimal taqsimlanishini ko`zda tutgan holda ularni tafsirlash jarayoniga ham aralasha boshlaydi. Shunday qilib, shartnomaviy davlatning maqsadi huquqlarni ularni optimal tarzda tasarruf etishga qodir bo`lgan iqtisodiy sub’ektlar qo`liga topshirish asosida mulkchilik huquqlarining jamiyatning umumiy daromadini oshiradigan tarzda taqsimlanishiga erishishdan iborat. Qanday sharoitda shartnomaviy davlat mavjud bo`ladi? Davlat faoliyatining aniq konstitutsiyaviy doiralarining mavjud bo`lishi. Konstitutsiyada shaxslar tomonidan davlatga topshiriladigan va hech bir sharoitda begonalashtirilishi mumkin bo`lmagan huquqlar eksplitsit tarzda kelishilgan. Bundan tashqari, davlat apparatining o`zi ular asosida faoliyat ko`rsatadigan me’yorlar aniq ifodalangan1. Fuqarolarning davlat faoliyatida ishtirok etishi mexanizmlarining mavjud bo`lishi. Fuqarolar davlat faoliyatida ishtirok etishining siyosiy mexanizmlari jumlasiga demokratik tartibotlar kiradi. Biroq demokratiya me’yorlari o`z o`zicha yetarli emas, ular fuqarolar ishtirokining barqaror an’analariga tayanishi lozim, ular ba’zan fuqarolarning umumiy farovonlikning o`sishini ta’minlashdagi roli tufayli ijtimoiy sarmoya deb ataladi. Iqtisodiy sohada fuqarolar ishtirokining an’analari alohida firmalar darajasida o`zini o`zi boshqarishni rivojlantirish shaklini qabul qiladi. Ish o`rnidagi demokratiya umuman jamiyatni demokratlashtirishning unsuri hisoblanadi: inson, agar u davlatni demokratik boshqarishda faol ishtirok etishga intilsa, o`zining kundalik turmushida demokratik o`zini o`zi boshqarish tajribasiga ega bo`lishi lozim. Mulkchilik huquqlarini taqsimlashning asosiy muqobil mexanizmi sifatida bozorning ex ante institutining mavjud bo`lishi. Davlat mulkchilik huquqlarining bozorda nolli transaksiya xarajatlari chog`ida erishilishi mumkin bo`lgan tarzda taqsimlanishiga erishishni ko`zlaydi. Shuning uchun davlat vaqti-vaqti bilan bozorga taqqoslanmagan holda faoliyat ko`rsata olmaydi. Mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoya qilish muqobil mexanizmlarining mavjudligi. «Ovoz»dan foydalanish, ya’ni fuqarolarning davlatning faoiyatida ishtirok etishi bilan bir qatorda «chiqish» - shaxslarning shartnomalar bajarilishining boshqa kafillariga murojat etishining muqobil variantlari ham mavjud bo`lishi kerak. Muqobil kafillar sifatida boshqa davlatlar, davlatni nazorat qiluvchi guruhga muholifat, mafiya, ijtimoiy guruh, hakamlar sud’yasi ishtirok etishi mumkin. Substitutlar qanchalik takomillashgan bo`lsa, davlat shunchalik kam darajada erkinlikka ega, umumiy daromadning shunchalik katta ulushi fuqarolarning qo`llariga tegadi. Shu nuqtai nazardan bir davlat mintaqalari o`rtasidagi hamda davlatlar o`rtasidagi migratsion oqimlar insonlarning samarasiz davlat apparatiga qarshi «oyoqlari» bilan ovoz berish istagini aks ettiradi. Umuman olganda mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoya qilish mexanizmlarining «bozori» haqida gapirish mumkin. Ushbu bozorda shaxslar nafaqat muayyan jamiyat doirasidagi mavjud muqobil variantlar o`rtasida tanlaydi, balki boshqa mamlakatlarda mavjud bo`lgan, tarixda yoki nazariyada mavjud bo`lgan muqobil variantlarni ham hisobga olishadi. Sharqiy Yevropa mamlakatlarida bunday bozor ayniqsa yaqqol ifodalangan: ushbu bozorning davlatni uning shartnomalarning muqobil kafillari bilan raqobatlashishi jarayonida isloh qilishdagi roli o`ta muhim. Download 117 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling