Shartnomaviy
|
Ekspluatatorlik
|
Maqsadi
|
Jamiyat a’zolarining umumiy daromadi (YaIM)ni ko`paytirish, transaksiya xarajatlarini pasaytirish
|
Davlat apparatini nazorat qiluvchi guruhning rentasini (soliq tushumlarini) ko`paytirish
|
Vazifalari (funksiyalari)
|
Shaxslar o`rtasidagi qator bitimlarda kafillik, mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoya qilish
|
Kafil roli bilan chegaralanmagan holda iqtisodiy va ijtimoiy o`zaro hamkorlikka faol aralashish
|
Vositalar (majbur qilish monopoliyasidan foydalanish)
|
Ijtimoiy shartnoma va konstitutsiyaviy doiralar bilan chegaralangan
|
Davlatni nazorat qiluvchi guruhning siyosiy irodasiga bog`liq
|
«Prinsipal-agent» muammosini hal etish mexanizmlari
|
Prinsipal – fuqaro: demokratik nazorat mexanizmlari, konstitutsiyaviy doiralarning mavjudligi, muqobil variantlarning mavjudligi.
Prinsipal – davlat: qonunga ixtiyoriy bo`ysunish me’yorlarini yoyish
|
Prinsipal – fuqaro: mavjud emas.
Prinsipal – davlat: majbur qilish va kuch ishlatishdan foydalanish, har tomonlama nazoratni amalga oshirishga urinish
|
Byudjet cheklovlari
|
Qat’iy, byudjetni tasdiqlashning demokratik tartiboti bilan cheklangan
|
Yumshoq
|
Daromadlarning asosiy moddalari
|
Birinchi navbatda «bozor» soliqlaridan tushumlar
|
Musodara soliqlari va soliqdan tashqari tushumlar
|
Xarajatlarning asosiy bandlari
|
Adliya, huquqni muhofaza qilish faoliyati
|
Mudofaa, davlat boshqaruvi, huquqni muhofaza qilish faoliyati
|
Byudjet taqchilligini qoplashning asosiy usullari
|
Tashqi bozordagi qarzlar
|
MBning hukumatga qarzlari, ichki bozordagi qarzlar, musodara solig`ining turi sifatida majburiyatlarni bajarishdan bosh tortish ham mumkin
|