Davlat va «prinsipal-agent» muammosi


«Ekspluatatorlik» davlati


Download 117 Kb.
bet3/6
Sana15.06.2023
Hajmi117 Kb.
#1480037
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Davlat xususiyatini baholashning empirik usullari

3. «Ekspluatatorlik» davlati
Shartnomaviy davlatdan farqli o`laroq ekspluatatorlik davlati o`z daromadini (soliq tushumlarini), aniqrog`i, - davlat apparatini nazorat qiluvchi guruhning daromadini oshirish uchun majbur qilish monopoliyasidan foydalanadi. Ekspluatatorlik davlatining mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoya qilishdagi asosiy maqsadi «mulkning boshqaruvchi rentasini oshiruvchi tarkibiga» erishishdan iborat, hatto agar bunga umuman jamiyat farovonligiga ziyon yetkazib erishilsada. (Masalan, qirollar o`rta asrlar korporatsiyalariga hunarmandchilikning rivojlanishi va texnika taraqqiyotiga to`sqinlik qiluvchi ko`plab huquqlarni topshirib, buning o`rniga barqaror tushumlar manbasiga erishgan.) Bundan tashqari, davlat unga ijtimoiy shartnoma bilan berilgan doiralar bilan chegaralanmaydi, davlat apparati insonlar o`rtasidagi o`zaro hamkorlikning yangi sohalariga doimiy ekspansiyani amalga oshiradi, bu hol ekspluatatorlik davlatining o`z daromadlarini va davlat byudjeti orqali o`tuvchi resurslar hajmini oshirishga intilishi bilan izohlanadi.
Ekspluatatorlik davlati faoliyatidan ko`riladigan zararni faqat og`ir soliqlar (nohaq yig`imlar) va mulkchilik huquqlarini taqsimlash muntazam va oldindan aytib bo`ladigan xususiyatga ega bo`lgan taqdirda qisqartirish mumkin. Og`ir soliqlarning oldindan aytib berilishi davlatning ham, uning fuqarolarining ham manfaatlariga xizmat qiladi, bunda davlat uzoq muddatli istiqbolda barqaror daromadga ega bo`ladi, fuqarolar esa o`z faoliyatini davlatga ajratmalarning yuqori, lekin oldindan ma’lum bo`lgan darajasini hisobga olgan holda rejalashtirish imkoniyatiga ega bo`ladi. Shu nuqtai nazardan ekspluatatorlik davlati ko`p jihatdan mafiya bilan umumiylikka ega – ularning ikkalasi ham o`zi nazorat qiladigan hududa yashovchilardan soliq yig`sada, lekin ayni paytda «chegarani biladigan» va buning ustiga ularni «o`g`irlash va qochish» tamoyili bo`yicha harakat qiluvchi «qo`nimsizlar»dan himoyalovchi «o`troq» banditga o`xshaydi.
Ekspluatatorlik davlatining faoliyat ko`rsatishida majbur qilish salohiyatining fuqarolar o`rtasida taqsimlanishi muhim rol o`ynaydi. Chunki aynan shaxs yoki kuch ishlatining katta imkoniyatiga ega bo`lgan guruh davlat apparatini nazorat qiladi va kuch ishlatishni qo`llash monopoliyasini qo`lga kiritadi. Aynan shuning uchun harbiy texnologiyaning rivojlanishi ekspluatatorlik davlati faoliyatining asosiy omillaridan biriga aylanadi. Bu esa, o`z navbatida, uning ichki beqarorligini nazarda tutadi. Haqiqatdan ham, harbiy texnologiyaning o`zgarishi kuch ishlatish salohiyatining turli aholi guruhlari o`rtasida qayta taqsimlanishiga, demak, davlat apparatini nazorat qiluvchi guruhning almashishiga olib keladi. Davlatning ekspluatatorlik modelidan shartnomaviy modelga o`tish ham mumkin. Bundan davlat qurilishi dinamikasining, demak, mulkchilik huquqlari tarkibi dinamikasining tebrantirib turuvchi xususiyati haqidagi faraziya kelib chiqadi. Rentani undirishga yo`naltirilgan tizimdan keyin samaradorlikni oshiruvchi tizim kelishi muqarrar va aksincha.



Download 117 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling