Davlat xizmati asoslari fanidan mustaqil ishi
Download 134.77 Kb.
|
Davlat xizmati asoslari Mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshkent – 2022 REJA: 1)Kirish. 2)Oshkoralik prinsipi. 3) Xulosa. 4)Foydalanilgan adabiyotlar.
O’ZBEKISTON JURNALISTIKA VA OMMAVIY KOMMUNIKATSIYALAR UNIVERSITETI “SIYOSATSHUNOSLIK YO’NALISHI TALABASI DAVLAT XIZMATI ASOSLARI FANIDAN MUSTAQIL ISHI Mavzu: Davlat xizmatining asosiy prisiplari, oshkoralik prinsipi 33 - 20 GURUH Bajardi: Normuhammedov N. ____ Qabul qildi: Omonov B. ____ Toshkent – 2022 REJA: 1)Kirish. 2)Oshkoralik prinsipi. 3) Xulosa. 4)Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish Mamlakatimizda demokratik islohotlarning tizimli, bosqichma-bosqich, eng avvalo, inson manfaatlarini koʼzlab amalga oshirilayotgani erkin va demokratik saylovlarni oʼtkazishda muhim oʼrin tutadi. Saylovlar, Konstitutsiyada koʼrsatilgan mezonlar va printsiplar, saylov haqidagi qonunlar va normalarga toʼliq javob beradigan, ochiq va oshkora, bir soʼz bilan aytganda, saylovchilarimizning xohish-irodasini erkin namoyon qiladigan tarzda oʼtishi shart. Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasiga kiritilgan yangilikka koʼra, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovni, shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi referendumini tashkil etish va oʼtkazish uchun Oliy Majlis tomonidan faoliyatining asosiy printsiplari mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilikdan iborat boʼlgan Markaziy saylov komissiyasi tuziladi. Markaziy saylov komissiyasi oʼz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi. Komissiya aʼzolari Qoraqalpogʼiston Respublikasi Joʼqorgʼi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyasi boʼyicha Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan saylanadi. Markaziy saylov komissiyasining Raisi komissiya aʼzolari orasidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimi boʼyicha komissiya majlisida saylanadi. Konstitutsiyaga kiritilgan oʼzgartish va qoʼshimchalar birinchidan, Markaziy saylov komissiyasini demokratik shakllantirishning konstitutsiyaviy ustuvor normalarini ifodalash imkonini berdi. Ikkinchidan, uning faoliyatini tashkil etishning eng muhim printsiplari boʼlmish mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilik printsiplari Аsosiy qonunimizda qatʼiy mustahkamlab qoʼyildi. 2014 yil 4 sentyabrda qabul qilingan “Oʼzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida”gi qonunga koʼra, “Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi toʼgʼrisida”gi qonunga ham tegishli oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritildi. Ushbu Qonunning 2-moddasi birinchi qismining yangi tahririga koʼra, Markaziy saylov komissiyasi faoliyatining asosiy printsiplari mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik, adolatlilikdan iborat. Download 134.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling