Davlat xizmati reglamenti xizmatning tavsifi (pasporti)
Download 19.65 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Xizmatdan foydalanuvchilarni xabardor qilish
DAVLAT XIZMATI REGLAMENTI 1. Xizmatning tavsifi (pasporti) 1.1. Xizmatning nomi Bank plastik kartasi orqali o’zaro hisob-kitob qilish bo’yicha xizmatlarni taqdim etish
1.2. Xizmatning natijasi Jismoniy yoki yuridik shaxs plastik kartasini hamda unga xizmat ko’rsatish shartnomasining ikkinchi nusxasini oladi.
1.3. Xizmat taqdim etuvchi tashkilotlar va blanklarni (shakllarni) olish joylari “Ipoteka-bank” filiallari
1.4. Huquqiy asoslar - 21.12.1995 yildagi O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi - 30.04.2004 yildagi 1344-sonli “Tijorat banklari tomonidan bank kartalarini chiqarish va ularni O’zbekiston Respublikasida muomalada bo’lishi tartibi to’g’risidagi” Nizom - 18.04.2005 yildagi 1470-sonli “Yuridik shaxslar tomonidan milliy valyutadagi korporativ bank kartalaridan foydalanish tartibi to’g’risida” Nizom. - 04.09.2008 yildagi 1850-sonli “Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan milliy valyutadagi bank kartalaridan foydalanish tartibi to’g’risidagi” Nizom
1.5. Xizmatdan foydalanuvchilar toifasi Xizmatdan foydalanuvchilar – jismoniy va yuridik shaxslar – O’zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari
1.6. Rasmiy talabni berish muddati Xizmatni taqdim etish uchun rasmiy talabni berish muddati qonunchilikda belgilanmagan
1.7. Bajarish muddati Mijoz hujjatlarni taqdim etgan kundan boshlab 5 ish kunida bank so’mdagi maxsus hisobvarag’ini ochadi va plastik kartani taqdim etadi
1.8. Tasdiqni berish muddati Xizmat taqdim etilganligi haqida tasdiqni berish muddati qonunchilikda belgilanmagan
2.1. Xabar tarkibi va hajmi Xizmatdan foydalanuvchilarga quyidagi axborot taqdim etiladi: - bank filiali tomonidan beriladigan plastik kartakar turlari; - jismoniy va yuridik shaxslarga plastik kartakar berish tartibi; - plastik kartalarni berishda komission to’lovlar miqdori; - filialning mijozlar bilan ishlash vaqti;
2.2. Keng miqyosda xabardor qilish - ommaviy axborot vositalari - veb sayt (www.ipotekabank.uz)
2.3. Rasmiy talab bo’yicha xabardor qilish - shaxsiy murojaat – ish kunlari - telefon orqali aloqa – ish kunlari soat 9-00 dan 17-00 gacha
2.4. Xizmatni taqdim etish joyida xabardor qilish “Ipoteka-bank” filiallarining manzillari bankning rasmiy saytida ko’rsatilgan 2.5. Hujjatlarning foydalanadigan blanklari (shakllari) - berilgan (tarqatilgan) plastik kartalarni ro’yxatga olish kitobi; - so’mdagi maxsus hisobvaraqni ochish to’g’risida ariza; - plastik kartalar hisobvaraqlariga xizmat ko’rsatish bo’yicha shartnoma;
3.1. Ish vaqti Xizmatlar barcha jismoniy va yuridik shaxslarga bank ish kuni soat 9-00 dan 16-00 gacha bank filiallarida ko’rsatiladi.
4.1. Kerakli hujjatlar Bank plastik kartasini olish uchun jismoniy shaxslar – O’zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari vakil bankka shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadilar.
4.2. Xizmat to’lovlari 1) Ish haqi loyihalari bo’yicha jismoniy shaxslarga plastik kartalar bepul beriladi, boshqa jismoniy shaxslarga bank kassasiga bank komissiyasi to’langandan so’ng beriladi. 2) Yuridik shaxslarga to’lov topshiriqnomasi bilan kartaning so’mdagi hisobvarag’ini ochish uchun bank xizmati to’langandan so’ng plastik karta beriladi.
4.3. Davlat xizmatini ko’rsatish bosqichlari 1. Jismoniy shaxslar uchun: Jismoniy shaxs plastik karta hisobvarag’ini ochish va plastik kartani olishi uchun bank filialiga ko’rsatilgan shaklga muvofiq so’mdagi plastik kartochka hisobvarag’ini ochish to’g’risida ariza bilan murojaat etadi (arizaga pasport nusxasi ilova qilinadi);
Yuridik shaxslar uchun: korporativ karta olish uchun tashkilot xat bilan murojaat etadi;
2. Jismoniy shaxslar uchun: plastik kartaga xizmat ko’rsatish va undan foydalanish bo’yicha “Ipoteka-bank” filiali bilan ikki nusxada shartnoma tuziladi (shartnomaning bir nusxasi mijozga beriladi);
Yuridik shaxslar uchun: Ipoteka-bankning korporativ kartasidan foydalnish va unga xizmat ko’rsatish bo’yicha “Ipoteka bank” filiali bilan ikki nusxada shartnoma tuziladi (shartnomaning bir nusxasi tashkilotga beriladi).
4.4. Davlat xizmatini ko’rsatishning idora ichidagi bosqichlari 1-Bosqich: mijozning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni tekshirish va so’mdagi plastik karta ochish to’g’risida arizani to’ldirish 2-Bosqich: mijozning electron ma’lumotini plastik karta bo’yicha naqd pulsiz hisob-kitob bazasida to’ldirish va ma’lumotlarni YaUPM serveriga uzatish 3-Bosqich: YaUPM serveridan javob olish, so’mdagi plastik kartani emissiya qilish 4-Bosqich: Plastik karta ma’lumotlarini kitob ro’yxatiga kiritish va mijozga plastik kartani berish. 4.5. Rad etish uchun asoslar Mijoz tomonidan kerakli hujjatlarning taqdim etilmasligi
- xizmat ko’rsatuvchi filial rahbariyatiga; - bosh ofis ishonch telefonlariga; - Markaziy bank ishonch telefonlariga
Bank ishonch telefonlari: (371) 150-89-55, 150-89-56 Download 19.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling