Davlat xizmatiga qabul testi


► Juft so‘zdan qo‘shimcha yordamida yasalgan so‘z ham chiziqcha bilan yoziladi: baxt-saodatli, xayr-xo‘shlashmoq kabi


Download 1.64 Mb.
bet15/20
Sana01.04.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1314896
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
ORFOGRAFIYA

Juft so‘zdan qo‘shimcha yordamida yasalgan so‘z ham chiziqcha bilan yoziladi: baxt-saodatli, xayr-xo‘shlashmoq kabi;

Qop-qora, yam-yashil, to‘ppa-to‘g‘ri kabi kuchaytirma sifatlar chiziqcha bilan yoziladi.

Uyma-uy, oyma-oy, dam-badam singari o‘rtasida -ma yoki -ba qo‘shimchalari kelgan so‘zlar chiziqcha bilan yoziladi.

CHIZIQCHA BILAN YOZISH QOIDALARI

Rus tilidan aynan o‘zlashgan yoki kalka usulida o‘zlashgan so‘zlar asliga muvofiq chiziqcha bilan yoziladi: injener–konstruktor, kilovat-soat kabi.

-chi, -u/yu, -ku, -ey, -a, -ya, -la, -da qo‘shimcha yuklamalari chiziqcha bilan yoziladi: sen-chi//сен-чи, biz-a//биз-а, keldi-da//келди-да, ukasi-ku//укаси-ку kabi.

Ammo –mi, -oq/-yoq, -ov/-yov, -gina/-kin/-qina, -ki yuklamalari so‘zlarga qo‘shib yoziladi: keldimi, beliboq, ko‘rdiyov, mengina, shuki kabi.

Tartib son arab raqami bilan yozilsa, -(i)nchi qo‘shimchasi o‘rniga chiziqcha (-) qo‘yiladi: 7- sinf, 5-„A» sinfi, 3-, 7-, 8- sinf o‘quvchilari, 60- yillar, 1991- yilning 1- sentabri kabi.

Ammo tartib sonni ko‘rsatuvchi rim raqamidan keyin chiziqcha yozilmaydi: XX asr, X sinf kabi.

CHIZIQCHA BILAN YOZISH QOIDALARI

LOTINDA. ►Juft so‘zlar orasida -u, -yu yordamchi so‘zlari ishlatilsa, ular birinchi so‘zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi: erta-yu kech, osh-u non, oy-u quyosh kabi.

KIRILLDA. ►Жуфт сўзлар орасида -у, -ю ёрдамчи сўзлари ишлатилса, улар биринчи сўзга қўшиб ёзилади, чизиқча ёрдамчи сўзлари кейин қўйилади: ертаю- кеч, ошу- нон, ою- қуёш каби.

LOTINDA. ►Tartib sonlar arab raqamlari bilan yozilsa, chiziqcha ishlatiladi (hattoki sana bildiruvchi so‘zlardan keyin ham chiziqcha qo‘yiladi: 26-uy, 6-xona, 2021-yil, 8-mart.


Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling