Orfografiya
RENESANS TA’LIM UNIVERSITETI
Professor-o‘qituvchi: Qahharova S. A.
REJA:
Lotin-o‘zbek yozuvining grafik tavsifi
Imlo qoidalari
Yozuv me’yorlari
Talaffuz bilan imlo bir-biriga chambarchas bog‘liqdir. Adabiy til qonuniyati asosida to‘g‘ri yozish qanchalik muhim bo‘lsa, to‘g‘ri talaffuz qilish ham shunchalik zarur. Ammo so‘zning talaffuzi bilan yozilishi doim mos kelavermaydi. Buni tovushlarning so‘zdagi o‘rni va o‘zaro ta’siri bilan izohlash mumkin. Tilshunoslikda to‘g‘ri yozuv qoidalari to‘plami esa orfografiya deyiladi.
ORFOGRAFIYA HAQIDA
1. “Oʻzbek orfografiyasining asosiy qoidalari” (1956-yil 4-aprel)
2. «O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari» (1995-yil 24-avgust)
O‘ZBEK TILINING ASOSIY IMLO QOIDALARI
IMLO QOIDALARI
HOZIRGI
1. Harflar imlosi:
Unlilar imlosi (1-7-qoidalar).
Undoshlar imlosi (8-32-qoidalar).
2. Asos va qo‘shimchalar imlosi
(33-37-qoidalar).
3. Qo‘shib yozish (38-50-qoidalar).
4. Chiziqcha bilan yozish
(51-56-qoidalar).
5. Ajratib yozish (57-65-qoidalar).
6. Bosh harflar imlosi (66-74-qoidalar).
7. Ko‘chirish qoidalari
(75-82-qoidalar).
OLDINGI
1. Ayrim harflar imlosi
(1-30-qoidalar).
2. Oʻzak-negiz va qo‘shimchalar imlosi (31-55-qoidalar).
3. Qo‘shma soʻz va soʻz birikmlalri imlosi (56-58-qoidalar).
4. boʻgʻin koʻchirilishi
(59-62-qoidalar).
5. Bosh harflarning yozilishi
(63-72-qoidalar).
UNLI TOVUSHLAR TALAFFUZI VA IMLOSI
A UNLISI TALAFFUZI VA IMLOSI
Aa harfi lablanmagan, til oldi, keng unli tovushni ifodalaydi.
1. A unlisi O ga moyil aytilsa ham, A yoziladi: varaq, asqatmoq, tamom, hasharot, talafot, zamon, palov, naqarot, xavf, gavda, navbat, vafo kabi so‘zlarda;
Do'stlaringiz bilan baham: |