Topshiriq.Berilgan so‘zlarning qaysi biri xato yozilgan.
Yakshamba, o‘n bir, bilganmi, bo‘limma, Jomboy (tumani), mamman, yo‘llanma, qo‘llamma, borgammi, tambur
Z—S UNDOSHLARI TALAFFUZI VA IMLOSI
Zz HARFI til oldi, sirg‘aluvchi, jarangli undosh tovushni ifodalaydi.
1. Zz harfi jonli nutqda so‘z oxirida s tovushiga moyil talaffuz qilinadi, biroq asliga muvofiq z yozilaveradi: boramiz-boramis, og‘iz –og‘is kabi.
2. Zz harfi bilan tugallangan o‘zakka jarangsiz undoshlar qo‘shilganda ham s tovushiga moyil talaffuz qilinadi, biroq asliga muvofiq z yozilaveradi:
yuz so‘m-yusso‘m, so‘zsiz-so‘ssiz, izchil –ischil,
iztirob, rizq, izquvar, bo‘zchi, tuzsiz kabi.
Ss HARFI til oldi, sirg‘aluvchi, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi.
Topshiriq. Quyidagi birikmalardagi z—s undoshlarini mosini qo‘ying.
I(z-s)siz yo‘qoldi, tu(z-s)ini o‘zgartirmoq, ko‘(z-s)ini davolamoq, tu(z-s)siz ovqat, «Mati(z-s)» avtomobili, afsu(z-s) qilmoq, tanaffu(z-s) ga chiqmoq, i(s-z)tirib chekmoq, fransu(z-s)lar yaxshi xalq, ri(s-z)qi baland
J—SH UNDOSHLARI TALAFFUZI VA IMLOSI
Jj HARFI til oldi, portlovchi YOKI sirg‘aluvchi , jarangli undosh tovushni ifodalaydi.
1. Jj harfi jon, jahon, jiyda, tijorat; rivoj, vaj, jo‘ja, jajji kabi so‘zlarda til oldi jarangli portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi;
2. Jj harfi jurnal, projektor; gijda, ajdar, tiraj, jirafa kabi o‘zlashma so‘zlarda til oldi, jarangli, sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
TOPSHIRIQCHA. FARQLANG.
jo‘ra, garaj, jami, jest, jala, massaj, jang
Sh sh HARFI til oldi, sirg‘aluvchi, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi.
1. Sh sh harfi ikki tovushni ifodalasa, ular orasiga tutuq (’) belgisi qo‘yiladi: Is’hoq, as’hob kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |