Davlat xizmatiga qabul testi


G‘—Q UNDOSHLARI TALAFFUZI VA IMLOSI


Download 1.64 Mb.
bet7/20
Sana01.04.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1314896
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
ORFOGRAFIYA

G‘—Q UNDOSHLARI TALAFFUZI VA IMLOSI
G‘g‘ HARFI chuqur til orqa, sirg‘aluvchi, jarangli undosh tovushni ifodalaydi.
1. g‘g‘ harfi so‘z oxirida ba’zan qo‘shimchalar ta’sirida x tarzida aytilsa ham, g‘ yoziladi. Masalan: bog‘cha-boxcha, belbog‘cha-belboxcha, zog‘cha-zoxcha kabi.
Eslatma. Lotin yozuvidagi alifbomizning yangi imlo qoidasiga ko‘ra, oxiri g‘ bilan tugagan so‘zlarga jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi -ga va g bilan boshlanuvchi boshqa qo‘shimchalar qo‘shilganda, o‘zakdagi g‘ va qo‘shimchadagi g undoshlari q tarzida talaffuz etilishi mumkin, ammo yozuvda asliga ko‘ra yoziladi. Qarang: sog‘ga, tug‘gan, tog‘gacha, sig‘guncha, sog‘gan kabi.
Qq HARFI chuqur til orqa, portlovchi, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi.
1. Qq harfi jonli nutqda so’z o’rtasi va oxirida q tovushi g‘ va x ga moyil aytilsa ham, imloda asliga ko’ra q yoziladi. Masalan: botqoqlik-botqog‘lik, baliq–balig‘, shu yoqda-shu yog‘da, to‘qson-to‘xson, vaqt-vaxt kabi.
X—H UNDOSHLARI TALAFFUZI VA IMLOSI
Xx harfi chuqur til orqa, sirg‘aluvchi, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi.
1. Xx harfi so‘z o‘rtasida va oxirida ba’zan q tovushiga moyilroq aytilsa ham, asliga muvofiq x yoziladi. Masalan: axloq-aqloq, mix-miq, soxta-soqta kabi.
Hh harfi bo‘g‘izda hosil bo‘ladigan sirg‘aluvchi, jarangsiz undoshni ifodalaydi.
1. Hh harfi jonli nutqda h tovushi ba’zan o‘zidan keyingi undosh kabi aytiladi yoki butunlay talaffuz etilmaydi: mahkam-makkam, mahsi-massi, shahodatnoma-shaodatnoma kabi.
Eslatma. shohi-shoxi, hol-xol, hil-xil
Topshiriq. Nuqtalar o‘rniga x yoki h harflaridan mosini qo‘yib, so‘zlarni ko‘chiring, x yoki h bilan yozilish sababini tushuntiring.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling