Davlat-xususiy sherikchiligi


— Qonunda asosiy maqsadlardan biri sifatida infratuzilmalarni rivojlantirish va iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash deyilgan. Yaqin yillarda qanday rejalar ko‘zda tutilgan?


Download 490.95 Kb.
bet2/4
Sana18.11.2023
Hajmi490.95 Kb.
#1784229
1   2   3   4
Bog'liq
Davlat-xususiy sherikchiligi

— Qonunda asosiy maqsadlardan biri sifatida infratuzilmalarni rivojlantirish va iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash deyilgan. Yaqin yillarda qanday rejalar ko‘zda tutilgan?

  •  Hadeb infratuzilma deyishdan maqsad, bu hamma sohaga ta'sir o‘tkazadi. Shuning uchun yo‘l, aeroport, gaz, elektr, suv jamoat infratuzilmasisiz iqtisodiy rivojlanishni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Energetika sohasida ham o‘zgarishlar ketmoqda. Misol uchun, energetika vazirligi tashkil etildi. Elektr energetika sohasini ham uchga bo‘lish yakunlandi, deyish mumkin. Bular: ishlab chiqarish, uzatish va sotish. Davlat-xususiy sherikchiligi aynan shunday masalalarda yaxshi shakllanadi. Ikkinchi soha bu – transport yo‘nalishi. Bu sohada ham vazirlik tashkil qilindi. O‘zbekiston havo yo‘llari tizimida ham uchga bo‘linish jarayoni boshlanmoqda. Aeroportlar, aeronavigatsiya va havo yo‘llari alohida bo‘lmoqda. Oldin bular bitta yaxlit holda faoliyat yuritgan. Bu ikki soha kabi suv ham juda muhim. Ayrim joylarda suv yetishmasligi bor gap. Biz suv ta'minotini shakllantirishga qaratganmiz. Shuningdek, ijtimoiy sohalar bo‘lgan sog‘liqni saqlash va ta'lim ham bu sohada juda muhim. Bu yo‘nalishlarga davlat-xususiy sherikchiligi qaratilgan. 5 yilda bu bo‘yicha ishlar amalga oshirilsa, O‘zbekiston iqtisodiyotiga juda katta turtki bo‘ladi. O‘rta Osiyo hududida eng raqobatbardosh hududga aylanishi mumkin.

— Bu soha ba'zi davlatlarda yo‘q, ba'zilarida yangi yoki oldindan bor deb aytib o‘tdingiz. Bizda buni yo‘lga qo‘yish uchun qaysi davlatlar tajribasidan foydalanildi?

  • — Birinchi loyihasi Yevropa tiklanish va taraqqiyoti banki tomonidan tayyorlab berilgan. Qonunni tayyorlash jarayonida moliya korporatsiyalari, masalan Jahon banki ham o‘z hissasini qo‘shgan. Bundan tashqari, AQSh, Fransiya, Germaniya, Italiya, shuningdek Rossiya va Qozog‘iston davlatlari tajribalari ham o‘rganilgan. Ularning mutaxassislari bu yerga taklif qilindi. Mamlakatimizning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib ular bilan birgalikda ushbu qonun tayyorlandi.

Download 490.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling