Davlat-xususiy sherikchiligi


— Davlat-xususiy sherikchiligi bo‘yicha inrfatuzilmalar juda ham muhimligini aytib o‘tdingiz. Ushbu sohada qilinayotgan investitsiyalar asosan qaysi yo‘nalishda bo‘lishi kutilmoqda?


Download 490.95 Kb.
bet3/4
Sana18.11.2023
Hajmi490.95 Kb.
#1784229
1   2   3   4
Bog'liq
Davlat-xususiy sherikchiligi

— Davlat-xususiy sherikchiligi bo‘yicha inrfatuzilmalar juda ham muhimligini aytib o‘tdingiz. Ushbu sohada qilinayotgan investitsiyalar asosan qaysi yo‘nalishda bo‘lishi kutilmoqda?

  • — Bu sohalar investorlar uchun juda ham qiziq soha. Misol uchun, quyosh energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha xalqaro moliya korporatsiyasi ko‘magi natijasida tender yakuniga yetmoqda. Navoiyda 100 megavatt stansiyani nazarda tutyapman. Sog‘liqni saqlash sohasida gemodializni olaylik. Bu ikki soha bo‘yicha ishlar olib borilmoqda va sentabr oylarida tugatish ko‘zda tutilmoqda. Quyosh panellari bo‘yicha 42ta, gemodializ bo‘yicha 11ta dunyoning yirik xorijiy korxonalari qiziqish bildirgan.

— O‘zbekistonda ko‘plab yo‘llar holati qoniqarli holatda emas. Sizningcha, islohotlar qachon bu yo‘llarni ham qamrab oladi?

  • — Bunday savollar ko‘p berilmoqda. Hozir hamma institutlar qarab turgani rost. Yo‘llar masalasida Osiyo taraqqiyot banki tomonidan Toshkent-Andijon pulli yo‘li qurilishi rejalashtirilmoqda. Loyihaning birlamchi bosqichi hozir bu o‘rganishdir. Ya'ni, qanday bo‘ladi, xalq ko‘taradimi yoki yo‘q, boshqa muqobil yo‘l ham bo‘ladimi, qaysi transport turiga to‘lov belgilanadi kabi savollar turibdi. Hozir agentligimizning asosiy vazifasi shu kabi bir-ikki loyihani amalga oshirish. Muvaffaqiyatli amalga oshsa, keyingi loyihalar tezkorlik bilan amalga oshiriladi. Tajribaga ega bo‘lamiz, mutaxassislarimiz ham shakllanadi. Chunki, bu sohada juda ehtiyot bo‘lish lozim. Uzoq yillik loyihalarda xato qilinsa, ertaga davlat budjetiga zarar bo‘lishi mumkin. Misol uchun, Turkiya davlat-xususiy sherikchilik bo‘yicha ilg‘or davlatlaridan biri hisoblanadi. Lekin hozir AQSh dollari kursi o‘zgargani, ya'ni ikki barobar oshgani sababli ko‘plab shartnomalar bekor bo‘lmoqda, qolganlarini davlatning o‘zi sotib olib o‘z zimmasiga olmoqda. Biz ham loyihani puxta o‘rganib yo‘l muammosiga o‘xshash masalalarni hal qilamiz. Bunga ancha vaqt kerak.

Hindiston ommaviy axborot vositasi O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik sohasi erishilayotgan natijalar haqida maqola eʼlon qildi

  •  DEHLI, 2 fevral. /“Dunyo” AA/. Hindistonning yetakchi nashrlaridan biri - «Business Central Asia» jurnalida «O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik sohasi jadal rivojlanmoqda» sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Unda O‘zbekistonda davlat-xususiy sherikchilik asosida amalga oshirilayotgan loyihalar va ularning mamlakat hamda jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni qalamga olingan.
Maqola muallifining fikrlariga ko‘ra, Prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga yo‘llagan Murojaatnomasida o‘z qarashlarini bayon qilib, mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar dasturining markazida sarmoyalar turishini nazarda tutgan holda, islohotlar dasturining asosiy maqsadi «mamlakatda yashayotgan har bir insonning millati, tili va dinidan qatʼiy nazar mamnun, erkin, tinch va farovon hayot kechirishini taʼminlash» ekanini taʼkidladi.
«Shu nuqtai nazardan, u ochiq iqtisodiyot uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, sog‘lom raqobat, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash, bank tizimini isloh qilish va xususiy sektorni jadal rivojlantirishni o‘z ichiga olgan muvaffaqiyat yo‘lini belgilab berdi, - deyiladi materialda. - Ushbu strategiyaning asosiy komponenti xususiy sektorning rolini kengaytirish orqali hukumatning kundalik biznes faoliyatdagi taʼsirini kamaytirishdir».
Maqolada mazkur strategiyadan kelib chiqib, O‘zbekiston rahbari 2018 yil dekabr oyida davlat boshqaruvining ayrim funksiyalarini davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sektorga o‘tkazish zarurligini maʼlum qilgani qayd etilgan. «Davlat-xususiy sheriklik dasturining muvaffaqiyatli rivojlanishi nafaqat aniq chora-tadbirlarni joriy etish bilan bog‘liq, balki O‘zbekistonning qonunchilik tizimi, institutsional, moliyaviy va maʼmuriy tizimlari va talablarining kengroq jihatlariga asoslanadi, - deb qayd etadi hind nashri. -Shu nuqtai nazardan kelib chiqib O‘zbekistonda tadbiq etilayotgan islohot dasturlari o‘zining sezilarli ijobiy taʼsirini namoyish qilmoqda. Amalga oshirilayotgan jadal islohotlarning samarasi xalqaro hamjamiyatda eʼtrof etilmoqda. Xususan, Jahon bankining 2020 yilgi «Doing Business» reytingida O‘zbekiston 69-o‘rinni egalladi. Qayd etish lozimki, 4 yillik qisqa muddat ichida O‘zbekiston mazkur reytingda 18 pog‘onaga ilgariladi».
  •  Materialda ushbu ijobiy o‘zgarishlarning asosiy omili sifatida xorijiy investitsiyalarni rag‘batlantirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar majmuasi hisoblanishi taʼkidlangan.
  • «Davlat-xususiy sheriklik dasturining yo‘lga qo‘yilishi, sohaning faollashuvi va investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha islohotlarni qo‘llab-quvvatlashning davom ettirilishi ortidan mamlakatga kirib kelayotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning hajmi o‘sishda davom etishi kutilmoqda», -deyiladi maqolada.
  • Materialda, shuningdek, sohaga oid qonunchilik bazasini takomilashtirish bo‘yicha ishlarga eʼtibor qaratilgan. 2019 yil 10 mayda «Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida»gi qonun qabul qilingani taʼkidlangan.
  • «Ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan davlat-xususiy sheriklik loyihalarining muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yilishi va joriy islohotlar natijasida O‘zbekistondagi davlat-xususiy sheriklik bozorining kengayishi va yana-da faollashuvida ijobiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda», - deb yozadi «Business Central Asia».
  • O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tomonidan 2019 – 2021 yilda amalga oshirilayotgan davlat-xususiy sheriklik loyihalari yuzasidan 2021 yil 1 dekabr holatiga ko‘ra HISOBOT

Energetika sohasi:
2021 yil davomida energetika sohasida 4 ta loyiha olib borilayotgan bo‘lib, hozirgi kunda quyidagi 1 ta loyiha bo‘yicha DXSh bitimi imzolanish arafasida:
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumanida 100 MVt shamol elektr stansiyasini qurish (Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki ko‘magida) (loyiha qiymati – 108 mln. AQSh dollari; loyiha muddati – 25 yil; tender g‘olibi taklifidan kelib chiqib aniqlanadi).
Bundan tashqari, Xalqaro moliya korporatsiyasi ko‘magida amalga oshirilayotgan yana 3 ta DXSh loyihasi bo‘yicha tender savdolari davom etmoqda:
– Buxoro viloyati Olot tumanida 250 MVt quvvatga ega quyosh foto elektr stansiyasini qurish (loyiha qiymati – 213 mln. AQSh dollari; loyiha muddati – 25 yil);
– Xorazm viloyati Xozarasp tumanida 100 MVt quvvatga ega quyosh foto elektr stansiyasini qurish (loyiha qiymati – 61 mln. AQSh dollari; loyiha muddati – 25 yil);
– Namangan viloyati Pop tumanida 150 MVt quvvatga ega quyosh foto elektr stansiyasini qurish (loyiha qiymati – 92 mln. AQSh dollari; loyiha muddati – 25 yil);
2022-2026 yillar davomida energetika sohasida 10 ta loyihalar bo‘yicha hujjatlar tayyorlanish va o‘rganish jarayonida:
    • Qashqadaryo viloyati G’uzor tumanida 300 MVt Quyosh fotoelektr stansiyasini qurish (Sherabad II);
    • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 200 Mvt Shamol elektr stansiyasini qurish (EBRD Wind II);
    • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 700 Mvt Shamol elektr stansiyasini qurish (EBRD Wind III);
    • Hududlara “Toyota Tsusho” Corp. bilan hamkorlikda 500 MVt shamol elektr stansiyasini qurish (240-720 saqlash batareyalari bilan);
    • Qashqadaryo viloyatida (Muborak yoki Ko‘kdumaloq tumanida) 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasini qurish;
    • Toshkent shahridagi 4 ta issiqlik elektr stansiyalarni modernizatsiya qilish va kogeneratsion texnologiyalarni joriy etish (1-bosqich);
    • Toshkent shahridagi issiqlik elektr stansiyalarni modernizatsiya qilish va kogeneratsion texnologiyalarni joriy etish (2-bosqich);
    • Jizzax viloyati gaz ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish;
    • Toshkent shahar gaz ta’minoti tizimini boshqaruvga topshirish;
    • Toshkent shahar elektr energiyasi taqsimot tarmog‘ini boshqaruvga topshirish.

Transport sohasi:
    • 2021 yil davomida transport sohasida jami 1 ta yirik davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga bo‘yicha ishlar olib borilgan bo‘lib, bugungi kun holatiga ushbu loyiha bo‘yicha DXSh bitimi imzolangan:

– Samarqand xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish loyihasi (loyiha qiymati – 82,8 mln. AQSh dollari; loyiha muddati – 20 yil). Loyiha konsepsiyasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021 yil 2 avgust kuni tasdiqlangan. DXSh to‘g‘risidagi bitim 23.09.2021 da imzolandi.
    • 2022-2026 yillar davomida transport sohasida yana 4 ta DXSh loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda:


Download 490.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling