Davlatgacha bo’lgan jamiyatlarda: ijtimoiy normalar va ijtimoiy hokimiyat


Download 22 Kb.
bet2/3
Sana22.12.2022
Hajmi22 Kb.
#1042866
1   2   3
Bog'liq
DAVLATGACHA BO’LGAN JAMIYATLARDA

Jamoat birlashmalari normalari - barcha tashkilotlar o’rtasidagi, shuningdek bu tashkilot a’zolari o’rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi xulq - atvor qoidalaridir. Jamoat birlashmalari normalarning boshqa normalardan farqi shundaki, ular o’z maqsadlaridan kelib chiqqan holda ma’lum tartib qoidalar ishlab chiqadi va jamiyat rivojiga ta’sir ko’rsatadi. Masalan, xotin-qizlar jamiyati oila, ayol, farzand, ota-ona bilan bog’liq munosabatlarni, “Kamolot” jamg’armasi yoshlar, ularning jamiyatdagi o’rni, bilimi, xulqi, odobi bilan bog’liq munosabatlarni belgilaydi va tartibga soladi.
An’ana normalari - hayotda muhim o’rin tutgan qadriyatlarni asrash maqsadida yuzaga kelgan xulq - atvor qoidalaridir. Masalan, ming yillar davomida shakllanib kelayotgan o’zbek milliy to’ylari, taomlari, liboslar, уylarning tuzilishi, uy-ro’g’or anjomlari, hasharlar va boshqalar an’ana normalari asosida tartibga solinadi.
Marosim normalari - an’analardan kelib chiqqan holda o’tkaziladigan rasm-rusumlarni bajarishdagi qoidalaridir. Masalan, milliy to’ylariga bog’liq yuzlab rasm-rusmlarni keltirish mumkin (to’ylarda albatta karnay-surnaylarning bo’lishi, olov yoqilishi, nahorga osh tortilishi, to’ylarni o’tkazishda mahalla-kuyning faolligi va boshqalar).
Diniy normalar - dinga e’tiqod qiluvchilar, dindorlar, diniy tashkilotlar (masjid, cherkov, madrasa va boshqalar) hayotini, shuningdek, diniy marosimlarni tartibga soluvchi xulq -atvor qoidalaridir. Masalan, O’zbekiston aholisining aksariyat qismi dinga, xususan musulmonlar, islom diniga e’tiqod qiladi.
Siyosiy normalar - alohida shaxslar (siyosatchilar) va siyosiy birlashmalar (partiyalar, harakatlar)ning hokimiyatga munosabatini tartibga soluvchi xulq-atvor qoidalaridir.  
Huquq normalari - davlat tomonidan o’rnatiladigan, kafolatlanadigan va muhofaza qilinadigan, barcha uchun umumiy majburiy bo’lgan xulq - atvor qoidalaridir.
Huquqning ijtimoiy normalar orasida tutgan o’rni beqiyosdir. Huquq ijtimoiy munosabtlarni tartibga soluvchi tizim sifatida insoniyat jamiyati taraqqiyotining qonunlarga muvofiq ravishda rivojlanadi. Huquqning asosiy mohiyati muayyan jamiyatda kishilar o’rtasida kelishuvni ta’minlash fuqarolar osoyishtaligini saqlashga ko’maklashish, davlat ishlab chiqqan iqtisodiy – siyosiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish orqali jamiyat taraqqiyotini ta’minlashdan iboratdir.
Huquq bu qonunlar yig’indisi bo’lib muayyan xatti-harakatlar qoidalari sifatida turli davrlarda va jamiyatlarda o’ziga xos hususiyatlarga ega bo’lgan. Huquqning shakllariga davlat olib borayotgan adolatli siyosati, tarixiy milliy an’analar ta’sir qiladi.

Download 22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling