Davlatimizning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash strategiyasi Reja: Kirish


O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy xavfsizligining kontseptual asoslari va strategiyasi


Download 278.4 Kb.
bet10/12
Sana17.06.2023
Hajmi278.4 Kb.
#1519621
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Davlatimizning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash strategiyasi

O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy xavfsizligining kontseptual asoslari va strategiyasi.

O’zbekiston Respublikasining xavfsizlik asoslari ijro va qonunchilik apparati tomonidan, qonunlar, Prezident farmonlari, qarorlari, Hukumat va Oliy Majlisning normativ-huquqiy hujjatlarida ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Iqtisodiy xavfsizlikning strategik maqsadi iqtisodiy xavf-xatar va tavakkalchiliklar bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy-iqtisodiy va normativ-huquqiy chora-tadbirlardan iborat konsepsiya ko’rinishidagi iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash bo’yicha ishlanmalar sifatini oshirish mexanizmidir.
Davlat strategiyasini amalga oshirish uchun O’zbekiston Respublikasining umumiy xavfsizlik strategiyasi maqsadlariga erishishning zaruriy shartini ta‘minlashi kerak. Xususan, quyidagilar ta‘minlanishi kerak:

  • inson va fuqoroning huquqlarini, mamlakatda ijtimoiy tinchlikni va jamiyatda ijtimoiy osoyishtalikni kafolatlovchi turmush darajasi sifatini oshirish;

  • milliy manfaatlardan kelib chiqib ichki siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni samarali hal etish;

  • milliy manfaatlarga bog’liq bo’lgan jahondagi jarayonlarga faol ta‘sir etish;

  • jahon xo’jalik aloqalariga teng huquqli integratsiyasi sharoitida mehnat taqsimoti, davlatni barqaror rivojlantirish;

  • xorijiy davlatlardan va ularning uyushmalaridan O’zbekistonni iqtisodiy faoliyatning muhim masalalarida tahlikali qaramlikka yo’l qo’ymaslik.

Strategiyada iqtisodiy xavfsizlikda kutilishi mumkin bo’lgan tahdidlarini aniqlash va mamlakatni iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash tizimida birlamchi ahamiyat kasb etadigan, ularning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishga kattae‘tibor qaratilgan. Shu bilan birga, quyidagi omillardan kelib chiqilgan. Strategiyaning asosiy vazifasi milliy iqtisodiyotning barqarorligini ta‘minlash, mulkning barcha shakllarini himoya qilish, tadbirkorlik faolligini oshirish kafolatlari va shartsharoitlarini yaratish, kriminal jinoyatchi tuzilmalarga qarshi kurash, ijtimoiy ziddiyatlarni keltirib chiqaruvchi daromadlar taqsimotida katta farqlarni, uzilishlarni vujudga keltirmaslik, resurs xomashyo, ishlab chiqarish, ilmiy-texnik va moliyaviy sohalarda inqiroziy jarayonlarni shakllanishiga hamda aholi turmush sifati darajasini pasayishiga yo’l qo’ymaslik.
O’zbekiston Respublikasining 2030-yilgacha ijtimoiyiqtisodiy rivojlanish konsepsiyasida istiqbolda iqtibarqaror rivojlanishiga salbiy ta‘sir ko’rsatadigan potensial xavf-xatar va tahdidlar tahlil qilingan. Konsepsiya iqtisodiy siyosatni amalga oshirish yo’nalishlari bo’lib xizmat qiladigan O’zbekiston Respublikasini o’rtacha va uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning maqsadlari, ustuvorliklari hamda vazifalarini belgilaydi va asoslaydi.
Bunda, maqsadlar sifatida konsepsiyada jadal va barqaror o’sish sharoitlarida respublika har bir fuqarosining sog’lom va samarali hayotini ta‘minlaydigan ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish, yer, suv va energetika resurslaridan ularni kelajak avlodning foydalanishi uchun saqlab qolgan holda samarali foydalanish, ekologik muammolarni hal etish, Orol dengizining ekologik inqirozi oqibatlarini bartaraf etish, atrof-muhitni yaxshilash ko’rib chiqiladi.
Bugungi kundagi vaziyatni tahlil qilish asosida dunyoning ilg’or mamlakatlarida iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashning namoyon bo’lish shakliga ko’ra ikkita katta guruhga ajratish mumkin:

  1. shakl va ko’rinishlarni rivojlanish tedensiyalari;

  2. davlatning iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash usullarining rivojlanishi borasidagi tendensiyalar.

Birinchi guruhga boshqa faoliyat turlariga nisbatan iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash borasida davlat boshqaruv organlarining xatti-harakatlari va chora-tadbirlariga ustuvor ahamiyat berilishi bilan bog’liq bo’lgan tendensiyalar kiradi.
Ikkinchi guruhga milliy loyihalarni amalga oshirish samaradorligi iqtisodiyotning samarali faoliyat ko’rsatishiga tobora bog’liq bo’lib qolayotganligi, iqtisodiyotning raqobatbardoshlik darajasining ortishi yoki zaiflashishiga bog’liq holda milliy xo’jalikning hayotiy muhim sohalarini qo’llab-quvvatlashning zarurligi, dunyoning turli mamlakatlari bilan iqtisodiy integratsiya aloqalarining kuchayishi.
Murakkab ochiq iqtisodiy tizimlar rivojlanishining qonun va qonuniyatlari amal qilish mexanizmi asosida mazkurtendensiyalarni o’rganish mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlashning quyidagi qonuniyatlarini aniqlashtirish imkonini berdi.
Iqtisodiy patronaj ( lotincha, patronus-homiy, qadimgi Rimda huquq va erkinliklari o’z qo’lida bo’lmagan yoki kambag’al fuqarolarning boy odamlarga mutlaq qaramligini ifoda etuvchi homiylikning alohida ko’rinishi amalda bo’lgan)– agar alohida tizimlar yaxlit bir butun tizim sifatida qaralsa, mamlakat iqtisodiyotida alohida ahamiyatga ega bo’lgan iqtisodiy tizimlarning ichki xavfsizligini ta‘min etadi. Iqtisodiy patronaj doirasida global boshqarish tizimiga kiruvchi har bir boshqarish, ishlab chiqarish va shu kabi tizimlarning iqtisodiy nuqtayi nazardan xavfsiz amal qilishi ta‘min etiladi.
Iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashning mazkur shaklini qo’llab-quvvatlashning asosiy sababi shundaki, milliy ishlab chiqarishni rivojlantirish har bir davlatning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Bunda davlat, eng avvalo, faoliyatining buzilishi yoki to’xtab qolishi mamlakat taqdiriga, uning iqtisodiyotiga jiddiy salbiy ta‘sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan milliy iqtisodiyotning eng muhim hayotiy tarmoq sohalarini qo’llab-quvvatlashga e‘tibor qaratadi.
Milliy xo’jalikning favqulodda muhim tarmoqlari iqtisodiyotini tashkil etish va boshqarish bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishning o’ziga xosligini belgilab beradi. Iqtisodiyotning mazkur sektorlarini davlat tomonidan boshqarishning shakl va usullari quyidagilarda namoyon bo’ladi:

  1. buyurtmachi monopoliyasining mavjudligi (aksariyat hollarda davlatning o’zi buyurtmachi hisoblanadi);

  2. mahsulotlarning sifat va texnik tavsiflariga alohida talablar qo’yiladi. Mahsulotlar uchun sig’imlilik, texnologiya darajasining yuksakligi kabi jihatlar muhim sanalsa, mazkur sohalarda amalga oshiriluvchi investitson loyihalar uchun esa uzoq muddatlilik va kapital sig’imlilik kabilar muhim sanaladi;

  3. strategik ahamiyatga ega bo’lgan xomashyo materiallar zaxirasini yaratish, safarbar etiluvchi quvvatlarni bir maromda ushlab turishga doimiy ehtiyoj mavjud;

  4. texnologiyalarni uzatishni cheklash, ishlab chiqarishlarni va olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarni takrorlash, ishlab chiqaruvchilar o’rtasida piramidal aloqalarning vujudga kelishiga olib keluvchi ish tartibi, kooperatsiya va ixtisoslashuv jarayonlarining o’ziga xos jihatlari;

  5. tarmoq korxonalarining jahon bozoriga chiqish borasida ma‘lum cheklov va qiyinchiliklarga duch kelishi.

Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlashning navbatdagi shakli iqtisodiy kooperatsiya hisoblanadi. Iqtisodiy kooperatsiya bir-biriga bo’ysunmaydigan turli iqtisodiy tizimlarning o’zaro hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish orqali mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlashga xizmat qiladi. Iqtisodiy kooperatsiya jarayonida milliy xo’jaliklar bilan turli mamlakatlarning iqtisodiy tizimlari, xorijiy va xalqaro tashkilotlar o’rtasida iqtisodiy resurslarni o’zaro ayriboshlash borasida hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yiladi.
Bir-biriga qarama-qarshi tomonlarning o’zaro raqobat kurashida mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlashning asosiy shakli bo’lib, qarshi iqtisodiy kurash hisoblanadi. Bunda qarshi kurashuvchi tomonlar harbiy kuch va salohiyatdan foydalanmagan holda, zarur iqtisodiy infratuzilmani rivojlantirish, iqtisodiy faoliyat olib borishning resurs bazasini kengaytirish, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish hisobiga mahsulotlar bozorida va ishlab chiqarish sohasida ustunlikni qo’lga kiritishga harakat qiladilar.
Qarshi kurashuvchi tomonlar o’zaro kurashda ustunlikka intilar ekanlar, bunda turli usul va vositalardan foydalanadilar. Bu usul va vositalar sirasiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: sanoat va texnologik shpionaj; eksport-import tashkilotlari, ishlab chiqarish obyektlarida josuslik va razvedka ishlarini amalga oshirish; strategik ahamiyatga ega bo’lgan mahsulotlar, xomashyo resurslari, tovar va xizmatlar bozorida ekspansiyani amalga oshirish; strategik ahamiyatga ega bo’lgan mahsulotlar, strategik xomashyo, oziq-ovqat, valyuta va shu kabilarga nisbatan eksport yoki import borasida embargo joriy etish shular jumlasiga kiradi.
Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash shakli sifatida iqtisodiy qarama-qarshilik – bu milliy xo’jalikni himoya qilish va qarama-qarshi kurashuvchi tomonlarning iqtisodiyotiga samarali ta‘sir ko’rsatishning turli usul va vositalaridan foydalangan holda davlatlar, ularning bloklari va koalitsiyalari yoki boshqa raqobatchilar o’rtasidagi qarama-qarshiliklarni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimidir.
Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotini har tomonlama taraqqiy ettirish, uning jahon xo’jaligidagi raqobatbardoshligini oshirish, iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash maqsadida yuqorida tilga olib o’tilgan iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashning turli usul va vositalaridan keng foydalanish talab etiladi.

Xulosa
Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, hududiy rivojlanishni davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish uchun ma`muriy qarorlar qabul qilish bilangina cheklanib qolmasdan, shu bilan birga, iqtisodiy ra`gbatlantirish tavsifiga ega bo`lgan dastak va usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Moliyaviy jihatdan qo`llab-quvvatlash uchun hududni tanlashda hududdagi muammoli holatlarni chuqur o`rganish lozim bo`ladi.
Muhtaram Prizedentimiz tomonidan hududlarni tashkiliy-axborot, tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy kreditlar, grantlar olish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, xalqaro dasturlar va texnik ko`maklar loyihalarida ishtirok etishida yordam berish va qo`llab-quvvatlash ishlari keng ko‘lamli amalga oshirilmoqda Hududiy rivojlanishni tartibga solishda moliyaviy mexanizmlardan foydalanish muhim ahamiyatga egadir. Subventsiyalar hajmi Davlat byudjeti loyihasi bilan birgalikda tasdiqlanadi. Mabla’glar, birinchi, navbatda hududlarning ish haqi, stipendiyalar, nafaqa va pensiyalarni moliyalashtirishga ajratiladi. Bu o`zgarishlar jumlasiga mahalliy byudjetlarning defitsitsizligi to’g’risidagi qoida kiritildi. Shuningdek, mahalliy hokimliklarga tasdiqlangan ko`rsatkichlardan yuqori, qo`shimcha tarzda tushgan daromadlardan o`z ehtiyojlari uchun ishlatish huquqi berildi. Mahalliy byudjetlarni balanslashtirish umumdavlat soliqlardan ajratmalar normativlarini va berilgan dotatsiyalarni tartibga solish orqali amalga oshiriladi.
Respublika hukumati tomonidan mahalliy hokimiyat organlari va o`zini o`zi boshqarish organlariga davlat boshqaruvi vakolatlari bir qismining o`tkazilishi oqibatida hududiy mahalliy byudjetlarning roli oshadi. Zamonaviy iqtisodiyot umum siyosiy, iqtisodiy, madaniy va qadriyatlarni ishlab chiqishda ifodalanuvchi dunyo mamlakatlari va xalqlari o’rtasidagi o’zaro aloqalarning va bog’liqlikning tobora kuchayib borishi bilan tavsiflanadi. Shu bois globallashuv sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash mexanizmi iqtisodiy tahdidlarni bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy chora-tadbirlar tizimi sifatida ko’rib chiqishimiz mumkin.


Download 278.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling