«Davlatiy moliya» kafedrasi "Davlat moliyasi" fanidan kurs ishi mavzu: moliyaviy vositachilarning iqtisodiyotda tugan o’rni bajardi
Moliyaviy vositachilar faoliyatini rivojlantirish masalalari
Download 0.71 Mb.
|
Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti-fayllar.org
4. Moliyaviy vositachilar faoliyatini rivojlantirish masalalari.
Bugunki kunda mamlakatimizda moliyaviy vositachilarni qo’llab-quvvatlash va ular faoliyatini yanada rivojlantirish borasida ko’pgina islohotlar o’tkazilmoqda. 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha harakatlar strategiyasida ham moliyaviy vositachilarning asosiylaridan bo’lgan banklar, investitsiya va sug’urta kompaniyalarining mamlakatimizning makroiqtisodiy barqarorligini yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolishda o’rni kattaligi ta’kidlab o’tilgan hamda ular faoliyatini yanada rivojlantirish bo’yicha ham quyidagi bir qancha vazifalar belgilab qo’yilgan: bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash, banklarning kapitalashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investisiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlashni yanada kengaytirish; sug’urta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning xajmini ularning yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobiga kengaytirish, shuningdek kapitalni jalb qilish hamda korxona, moliyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirish; xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, yetakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta o’ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investisiya va kreditlardan samarali foydalanish.8 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018-yilning 28-dekabrida Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida ham mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalaridan biri sifatida bank tizimini rivojlantirish hamda investitsiya muhitini yaxshilash borasida vazifalarni belgilab o’tgan: “ ... bank va moliya tizimida islohotlarni jadal davom ettirish, sohaga zamonaviy bozor mexanizmlarini kengjoriy etish zarur. …Hukumat va Markaziy bank xalqaro moliya institutlari koʻmagida bank-moliya tizimini rivojlantirish boʻyicha uzoq muddatli strategiya ishlab chiqishi lozim”. 9Hamda prezidentimiz Oliy Majlisga murojaatnomasi davomida bank tizimidagi eng asosiy muammo – ular kapitalining asosiy qismi, yaʼni, 83 foizi davlatga tegishli ekanligini va bu esa ,oʻz navbatida, bank sektorida sogʻlom raqobatga toʻsiq boʻlib, xizmat koʻrsatish sifatiga salbiy taʼsir qilishini ham ta’kidlab o’tgan hamda kelgusida xususiy va xorijiy kapitalning kirib kelishi hisobidan davlat banklari ulushini bosqichma – bosqich kamaytirib borilishini ta’kidlab o’tganlar. Bu esa ,o’z navbatida, raqobat muhitining yaxshilanishiga, davlatimizda mavjud banklar faoliyatining, kreditlash sifatining yanada oshishiga olib keladi. Joriy yilning 24-yanvarida ham prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev 2020-yilda va kelgusi 5 yilda mamlakatimizni rivojlantirish uchun eng muhim ustuvor vazifalarni belgilab olish maqsadida Oliy Majlisga yana o’z murojaatnomasini qildi. Murojaatnoma davomida mamlakatimizda mavjud bo’lgan moliyaviy vositachilar faoliyatini yanada rivojlantirish bo’yicha bir qancha masalalarga to’xtalib o’tdilar: “Iqtisodiyotni yuqori sur’atlar bilan rivojlantirish uchun faol investitsiya siyosatini izchil davom ettirish zarur. …2020-yilda o‘zlashtiriladigan investitsiyalarning salmoqli qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalar va kreditlar bo‘lishini alohida qayd etmoqchiman. Investorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash, infratuzilma yaratish xarajatlarini qisman davlat tomonidan qoplash mexanizmlari joriy etilmoqda. … bank tizimini rivojlantirish uchun bu yil keskin choralar ko‘rishimiz lozim. …2020-yildan boshlab har bir bankda keng ko‘lamli transformatsiya dasturi amalga oshiriladi. Bu borada banklarimizning kapital, resurs bazasi va daromadlarini oshirish alohida e’tiborimiz markazida bo‘ladi. Banklarda axborot texnologiyalarini keng tatbiq etish orqali ularning dasturiy ta’minotini tubdan yangilash lozim. Shu yil 1 iyulga qadar “kredit tarixi” axborot tizimini to‘liq ishga tushirish zarur. 10 Murojaatnoma davomida bank tizimida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlaydigan “loyihalar fabrikasi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish, banklarimiz xalqaro moliya bozorlariga chiqib, arzon va uzoq muddatli resurslar olib kelishi, davlat ulushiga ega bo‘lgan banklar bosqichma-bosqich strategik investorlarga sotilishi, aholida bank tizimiga nisbatan ishonchni shakllantirish va banklar faoliyatiga chetdan aralashishga chek qo‘yilishi lozimligini ta’kidlab o’tdilar. Mamlakatimizda sug’urta bozorini rivojlantirish, sug’urta kompaniyalari rolini yanada oshirish masalalari bo’yicha prezidentimiz rahbarligida, vazirliklar va bir qator tegishli idoralar rahbarligida yig’ilishlar, anjumanlar o’tkazilib kelinmoqda. Jumladan, 2019-yilda prezidentimiz rahbarligida sug’urta bozorini rivojlantirish masalalariga bag’ishlangan yig’ilish o’tkazilgan. Bu yig’ilish davomida bir qator vazifalar belgilab olingan. Shuningdek, Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligini tashkil etish taklif qilindi. Mutasaddilarga sugʻurta sohasini oʻrta va uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, 2022-yilgacha aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan sugʻurta mukofoti hajmini 3 baravar, sohaning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini esa 2 baravar oshirish vazifasi qoʻyildi. Iqtisodiyot tarmoqlarini sugʻurta xizmatlari bilan qamrab olish muhimligi qayd etildi. Milliy sugʻurta kompaniyalarining xalqaro moliya bozorlariga chiqishini taʼminlash, ilgʻor korporativ boshqaruv tizimini joriy qilish orqali xalqaro reytinglar olish boʻyicha ham aniq vazifalar belgilandi. 11 Xulosa Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, moliyaviy vositachilarning asosiylari sifatida banklar, investitsiya va sug‘urta kompaniyalarini ko‘rsatish mumkin. Ularning moliyaviy mahsulotlariga , boshqalar qatorida, chek hisobvaraqlari, kreditlar, ipotekalar, o‘zaro fondlarning qimmatli qog‘ozlari va keng ko‘lamli sug‘urta shartnomalari kiradi. Moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatuvchi ko‘pgina firmalar, qo‘shimcha faoliyat sifatida xilma-xil moliyaviy axborotlarni yig‘ish va tarqatish bilan shug‘ullanishadi. Biroq, faoliyatning aynan ushbu sohasiga ixtisoslashgan kompaniyalar mavjud. Reyting agentliklari axborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi eski kompaniyalardan hisoblanadi. Banklarning asоsiy maqsadi pul mablag’larini kreditоrlardan qarz оluvchilarga va sоtuvchilardan хaridоrlarga o’tkazishda vоsitachilik qilishdir. Banklar bilan bir qatоrda, bоzоrlarda pul mablag’larni o’tkazishni bоshqa mоliyaviy va kredit - mоliyaviy tashkilоtlar: investitsiоn fоndlar, sug’urta kоmpaniyalari, brоkerlar va hоkazоlar bajarilishlari mumkin. Ikki pоg’оnali bank tizimining zarurligi bоzоr munоsabatlarining qarama-qarshiliklaridan kelib chiqadi. Bir tоmоndan, bu хususiy mоliya mablag’laridan erkin fоydalanish huquqini talab qiladi. Bu quyi pоg’оna banklar-tijоrat banklari оrqali amalga оshiriladi. Ikkinchi tоmоndan, bu munоsabatlarni ma`lum miqdоrda tartibga sоlish nazоrat qilish maqsadli yo’naltirish zarur. Bunday maхsus institut sifatida Markaziy bank yuzaga chiqadi. 2019-yil 1 – dekabr holatiga mamalaktimizda mavjud bo’lgan tijorat banklari soni 30 tani tashkil qilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining saytidagi ma'lumotga ko‘ra, endi mamlakatimizda beshta davlat banki bor : «Poytaxt bank», O‘zmilliybank, Xalq banki, «Asaka» bank va Asia Alliance Bank. Xususiy banklar soni oltita - «Trastbank», «Turkiston», «Davr-bank», Ravnaq-bank, Hi-Tech Bank, «Oriyent finans». Beshta bank xorijiy kapital ishtirokida tashkil etilgan - «Savdogar», Hamkorbank, «KDB Bank O‘zbekiston», Ziraat Bank Uzbekistan va Eronning Saderat bankining Toshkentdagi sho‘'basi. Qolgan o‘n to‘rttasi - aksiyadorlik-tijorat banklari. Investitsion bankning asosiy maqsadi – bu kompaniya qiymati va joylashtirishning optimal bahosini aniqlash, shuningdek, aktsiyalarni inevstorlarga sotishni taʼminlashdan iborat boʼlishi lozim. Qimmatli qogʼozlarni joylashtirgandan soʼng investitsion bank market-maykerga aylanadi, yaʼni aksiyalarning kotirovkasini ushlab turadi va emitent haqida analitik hisobotlarni chiqaradi. Shunday qilib, emitent kompaniya va investitsion bank oʼrtasida uzoq muddatli va oʼzaro manfaatli hamkorlik oʼrnatiladi. Bozor munosabatlari takomillashuvi iqtisodiy infratuzilmaning qaror topishi bilan birgalikda kechadigan jarayondir. Sug‘urta faoliyati iqtisodiy infratuzilmaning ajralmas qismi sifatida bir tomondan, ijtimoiy kafolatni ta’minlasa, ikkinchi tomondan, shartnomaviy majburiyat va tariflar mexanizmi orqali turli sug‘urta risklaridan ogoh etish negizida iqtisodiyot sub’ektlari manfaatlarining himoyasini ham o‘z zimmasiga oladi. Sug‘urta faoliyati jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlarini himoya qilish, ularning risklar yuz berishi oqibatida ko‘rishi ehtimol bo‘lgan zararlarini qoplashning zaruriy vositasi sifatida paydo bo‘ldi hamda rivojlandi Bugunki kunda mamlakatimizda moliyaviy vositachilarni qo’llab-quvvatlash va ular faoliyatini yanada rivojlantirish borasida ko’pgina islohotlar o’tkazilmoqda. 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha harakatlar strategiyasida ham moliyaviy vositachilarning asosiylaridan bo’lgan banklar, investitsiya va sug’urta kompaniyalarining mamlakatimizning makroiqtisodiy barqarorligini yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolishda o’rni kattaligi ta’kidlab o’tilgan. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling