«Davlatiy moliya» kafedrasi "Davlat moliyasi" fanidan kurs ishi mavzu: moliyaviy vositachilarning iqtisodiyotda tugan o’rni bajardi


Download 0.71 Mb.
bet1/9
Sana20.09.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1682118
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti-fayllar.org


Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

«Davlatiy moliya» kafedrasi

"Davlat moliyasi" fanidan

KURS ISHI

MAVZU: MOLIYAVIY VOSITACHILARNING IQTISODIYOTDA TUGAN O’RNI

Bajardi: MM-61 guruhi talabasi E.Nurullayev

Ilmiy rahbar: kat.o’q U.O’roqov

TOSHKENT -2020
Reja:

Kirish
1. Moliyaviy vositachilar va ularning tarkibi.


2. Iqtisodiyotni rivojlantirishda banklarning roli.
3. Investitsion banklar va sug'urta kompaniyalarining moliyaviy vositachi sifatidagi o'rni.
4. Moliyaviy vositachilar faoliyatini rivojlantirish masalalari.
Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar



Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish, davlat va jamiyatni har tomonlama rivojlantirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish, makroiqtisodiy barqarolikni yanada mustahkamlash sharoitida moliyaviy vositachilarning mamlakatimiz iqtisodiyotidagi o’rnini yanada oshirish bo’yicha qilinadigan islohotlarning naqadar muhimligi hozirgi kunning talabida oʻz aksini topmoqda. Mamlakatimizda mavjud bo’lgan moliyaviy vositachilarning barqarorligi respublikamiz iqtisodiy oʻsishining samaradorligiga, aholi turmush darajasining ortishiga va aholini ijtimoiy himoya darajasini belgilashi bilan muhimdir. Shunday ekan, moliyaviy vositachilarning mamlakatimiz iqtisodiyotidagi tutgan oʻrnini, ahamiyatini oʻrganib, mazkur sohada yuzaga keladigan muammolar va ular ustida ilmiy tadqiqotlar olib borish bugungi kunda dolzarb masala hisoblanadi. Moliyaviy vositachilar banklar, investitsiya va sug’urta kompaniyalari, pensiya fondlari va boshqa subyektlardan iborat. Shular ichidan banklarning mamlakatimiz iqtisodiyotidagi o’rni juda kattadir. Mamlakatimiz iqtisodini barqarorlashtirish va makroiqtisodiyt barqarorlikni mustahkamlash uchun bank tizimida ko’pgina islohotlar qilish lozim. Bu borada mamlakatimiz prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 24-yanvardagi Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida ham ta’kidlab o’tgan: “Bank tizimini rivojlantirish uchun bu yil keskin choralar ko‘rishimiz lozim.2020-yildan boshlab har bir bankda keng ko‘lamli transformatsiya dasturi amalga oshiriladi. Bu borada banklarimizning kapital, resurs bazasi va daromadlarini oshirish alohida e’tiborimiz markazida bo‘ladi. … Bank sohasidagi islohotlarning asosiy maqsadi – tijorat banklarini mijoz uchun ishlashga o‘rgatishdan iborat.1
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasida ham moliyaviy vositachilar faoliyatini
yanada takomillashtirish masalalariga to’xtalib o’tilgan:



  • bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash, banklarning kapitalashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investisiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlashni yanada kengaytirish;


  • sug’urta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning xajmini ularning yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobiga kengaytirish, shuningdek kapitalni jalb qilish hamda korxona, moliyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirish;

Mavzuning maqsadi – moliyaviy vositachilarning iqtisodiyotdagi o’rnini hamda ular faoliyatini optimallashtirish yo’nalishlarini o’rganish, amaldagi holatini tadqiq etish hamda bular yuzasidan xulosalarni shakllantirish.


Kurs ishi mavzusining vazifalari. Qo’yilgan maqsadga erishish yo’lida quyidagi vazifalar belgilab olindi:
˗ Moliyaviy vositachilarning iqtisodiy mazmuni va ahamiyatini oʻrganish;
˗ Moliyaviy vositachilarning mamlakat iqtisodiy tizimidagi o’rnini hamda ahamiyatini oʻrganish;
˗ Moliyaviy vositachilarning turlarini va ularning tasniflanishini, ijtimoiy–iqtisodiy ahamiyatini yoritib berish hamda ular faoliyatini optimallashtirish yo’nalishlarini ochib berish;
˗ Mamlakatimizda moliyaviy vositachilarning amaldagi holatini tahlil qilish;
Mavzuning predmeti bo’lib, moliyaviy vositachilarning iqtisodiyotdagi o’rnini va uni optimallashtirish yo’nalishlarini o’rganish hisoblanadi.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling