Davlatning kredit pul siyosati uning dastaklari va amalga oshirish vositalari
Download 342 Kb.
|
DAVLATNING KREDIT PUL SIYOSATI UNING DASTAKLARI VA AMALGA OSHIRISH VOSITALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2019 yilning 26 noyabr kuni soat 11−00
asosiy foiz stavkasi va foiz koridori, pul-kredit siyosati operatsion mexanizmining samarali ishlashini ta’minlovchi bozor instrumentlari to‘plami, shu jumladan, kredit va depozit auksionlari, overnayt depozit va kreditlar joriy etiladi hamda zarur hollarda Markaziy bank obligatsiyalari muomalaga chiqariladi;
ichki valyuta bozorini rivojlantirish strategiyasiни ishlab chiqish ko‘zda tutilgan bo‘lib, bunda tijorat banklarining valyuta kursi shakllanishida market-meyker sifatidagi rolini bosqichma-bosqich oshirib borish, valyuta intervensiyalarini o‘tkazishga bo‘lgan yondashuvni takomillashtirish, shuningdek, hosilaviy instrumentlarni (svop, opsion va fyucherslar) joriy etish masalalari inobatga olingan; imtiyozli kreditlash amaliyotini bozor tamoyillari asosida qayta ko‘rib chiqish orqali kredit bozoridagi segmentatsiya darajasi pasaytirib boriladi; tahliliy-prognozlash salohiyatini oshirish sohasida: makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish tizimi (FPAS) va zamonaviy modellashtirish instrumentlari joriy etiladi; aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining inflyatsion kutilmalari va inflyatsiya omillariни empirik modellar asosida doimiy o‘rganib borish uslublari ishlab chiqiladi. kommunikatsiya siyosatini takomillashtirish sohasida: keng jamoatchilik va biznes vakillariga inflyatsiyaning asosiy omillari va pul-kredit siyosati choralarining o‘z vaqtida yetkazilishini ko‘zda tutuvchi kommunikatsiya siyosatiнинг zamonaviy tamoyillari ishlab chiqiladi; bozor ishtirokchilari bilan muloqot qilishнинг samarali mexanizmlarini tatbiq etish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘nalishlari belgilandi.Shuningdek, bank tizimini isloh qilish strategiyasi doirasida tijorat banklarini aholi va biznes vakillarining jamg‘armalarini investitsiyalarga aylanishiga, iqtisodiyotda uzoq muddatli pullarning shakllanishiga xizmat qiladigan moliya instutitlariga transformatsiya qilish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi.Bank tizimida moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlar ehtimolini kamaytirish maqsadida makroprudensial nazoratning samarali choralari ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.Inflyatsiyaning nomonetar omillariни pasaytirish maqsadida ularning har biri bo‘yicha chuqur va har tomonlama tahlil amalga oshiriladi hamda ishlab chiqilgan takliflar keyinchalik Hukumatga va tegishli vazirlik va idoralarga kiritib boriladi.Bundan tashqari, kelgusi yillarda monetar-fiskal va tarkibiy siyosat sohasidagi islohotlarni samarali muvofiqlashtirish bo‘yicha birgalikdagi harakatlarni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratiladi.Shuningdek, asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha o‘tkaziladigan Markaziy bank boshqaruvi yig‘ilishlari soni bir yilda 4 tadan 8 taga oshirish grafigi tasdiqlandi va boshqaruv yig‘ilishlarini shanbadan payshanba kuniga o‘zgartirildi.Shu munosabat bilan, 2019 yilning 26 noyabr kuni soat 11−00 da OAV vakillari uchun Markaziy bank va Moliya vazirligi rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani tashkillashtirilmoqda. ul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlarida Markaziy bankning o‘rta muddatli makroiqtisodiy rivojlanish prognozlari va kelgusi yillarda pul-kredit sohasida amalga oshiriladigan ishlar, tashqi va ichki iqtisodiy sharoitlar o‘zgargan holatlarda Markaziy bank tomonidan ko‘riladigan choralar va pul-kredit siyosatini yuritishdagi yondashuvlar aks ettirilgan. Shuningdek, ushbu loyihada pul-kredit siyosati instrumentlari, ichki valyuta va pul bozorini takomillashtirish, tahliliy-prognozlash salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha kelgusi yillarga rejalashtirilgan choralar ham aks ettirilgan. Pul-kredit siyosatining 2022 yil va 2023-2024 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqishda, birinchi navbatda, iqtisodiyotda narxlar va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, inflyasiya darajasini 2023 yil yakuniga qadar 5 foizgacha pasaytirish maqsadlaridan kelib chiqilgan. Jahon iqtisodiyoti 2020 yilda koronavirus pandemiyasi va uning ta’sirida yuzaga kelgan global iqtisodiy inqiroz sharoitida qat’iy karantin cheklovlarining kiritilishi sababli iqtisodiy faollikning pasayishi va ta’minot zanjiridagi uzilishlar hamda pul-kredit va soliq-byudjet siyosatlarining sezilarli darajada yumshatilishini boshdan o‘tkazdi. Download 342 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling