Davlatning kredit pul siyosati uning dastaklari va amalga oshirish vositalari
Download 342 Kb.
|
DAVLATNING KREDIT PUL SIYOSATI UNING DASTAKLARI VA AMALGA OSHIRISH VOSITALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1,7 foizni
- 16 foizdan 14 foizgacha
- 8-9 foizga
- 3-4 foiz
- 4-5 foiz
2021 yilda esa pandemiya bilan bog‘liq vaziyatning nisbatan yaxshilanishi, karantin choralarining yumshatilishi, iqtisodiyot sub’yektlarining pandemiyaga moslashuv darajasining ortishi hisobiga iqtisodiy faollikning sezilarli tiklanishi kuzatilib, yalpi talab hajmining pandemiyagacha bo‘lgan darajasiga yetishiga xizmat qilmoqda.
Bunda, global iqlim sharoitlarning o‘zgarishi va ta’minot zanjiridagi uzilishlarning saqlanib qolishi fonida yalpi taklif hajmining talabga nisbatan sekinroq tiklanishi jahon miqyosida inflyasion jarayonlarning tezlashishiga olib keldi. 2020 yilning so‘nggi choragidan boshlab asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va 2021 yil boshidan energiya resurslari narxlarida kuzatilgan sezilarli o‘sish aksariyat davlatlarda inflyasiyaning maqsadli ko‘rsatkichidan yuqori shakllanishiga sabab bo‘ldi. 2020 yil va 2021 yilning o‘tgan 9 oyida mamlakatimizda fiskal, monetar va tarkibiy iqtisodiy islohotlar borasida ko‘rilgan chora-tadbirlar iqtisodiy faollikni va yalpi talabni rag‘batlantiruvchi omillardan bo‘ldi. Natijada, 2020 yil yakunlari bo‘yicha real iqtisodiy o‘sish sur’ati 1,7 foizni va 2021 yilning dastlabki 9 oyligida 6,9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2021 yil yakunida 6,5-7,2 foizga teng bo‘lishi kutilmoqda. Pandemiya sharoitida 2020 yilda iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlash va narxlar barqarorligini ta’minlash vazifalari o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash maqasadida Markaziy bankning asosiy stavkasi 16 foizdan 14 foizgacha pasaytirildi hamda pul-kredit sharoitlari biroz yumshatilib nisbatan qat’iy fazaga o‘tkazildi. 2021 yilning o‘tgan 9 oyida esa mazkur pul-kredit sharoitlari o‘zgarishsiz saqlab qolindi. Ta’kidlash lozimki, tashqi va ichki iqtisodiy sharoitlarning kelgusidagi o‘zgarishi bo‘yicha noaniqliklar hali ham yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Shu bois o‘rta muddatli makroiqtisodiy rivojlanish prognozlari tashqi va ichki omillarning ta’siri ko‘lami va davomiyligini inobatga olib asosiy va muqobil ssenariylari ishlab chiqildi. Ssenariylarni shakllantirishda tashqi iqtisodiy sharoitlarning o‘zgarishlari, xalqaro moliya tashkilotlarining jahon iqtisodiyoti va asosiy eksport tovarlari narxlari bo‘yicha prognozlari, asosiy savdo-hamkor davlatlarda kutilayotgan vaziyatlar, ichki iqtisodiy sharoitlardagi ehtimoliy tendensiyalardan kelib chiqildi. Jahonda vaksinatsiyalash jarayonining borishi rivojlangan davlatlar bo‘yicha iqtisodiy o‘sish sur’atlarining tezroq tiklanishi, rivojlanayotgan davlatlarda esa nisbatan sustroq tiklanishini belgilovchi asosiy omillardan bo‘layotgan sharoitda ssenariylar shartlarini belgilashda pandemiya bilan bog‘liq vaziyat muhim omil sifatida qaraldi. Shuningdek, bu yilgi hisob-kitoblarda iqlim o‘zgarishlari va asosiy oziq-ovqat mahsulotlari taklifi, moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari, amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan islohotlar va ularning kutilayotgan natijalari shartli omillar sifatida inobatga olindi. Makroiqtisodiy rivojlanishning asosiy ssenariysida tashqi va ichki iqtisodiy sharoitlarning bosqichma-bosqich yaxshilanib borishi kutilayotgan bo‘lib, keskin tashqi xatarlar yuzaga kelishi ko‘zda tutilmaydi. Pandemiya bilan bog‘liq vaziyat normallashib, inson resurslari migratsiyasi va transchegaraviy harakatlar bo‘yicha uzoq muddatli cheklovlar joriy etilmaydi. Mazkur ssenariyga ko‘ra, iqtisodiy faollik yuqori sur’atlarda jadallashib borib, investitsion va iste’mol talabi pandemiyagacha bo‘lgan darajaga to‘liq tiklanadi. Ushbu ssenariy doirasidagi hisob-kitoblarga ko‘ra, 2022 yilda yalpi ichki mahsulot hajmi o‘zining potensial darajasiga ko‘tarilib, real iqtisodiy o‘sish sur’atlari 5,5-6,5 foizni tashkil etadi va 2023-2024 yillarda 6 foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. 2021 yil yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishi Asosiy ssenariy doirasida iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlashning muhim drayveri sifatida xususiy ichki va tashqi investitsiyalar hamda iqtisodiyot tarmoqlarida amalga oshiriladigan tarkibiy islohotlar qaralmoqda. Kelgusi yillarda mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash vazifasi 2022 yildan bosqichma-bosqich fiskal konsolidatsiya boshlanishini taqozo qiladi va fiskal taqchillikning YaIMga nisbati 2023-2024 yillarda 2,0-3,0 foiz atrofida shakllanishi prognoz qilinmoqda. Yuqorida keltirilgan omillar va tartibga solinadigan narxlarni erkinlashtirish darajasidan kelib chiqib inflyasiya sur’atlarining 2022 yilda 8-9 foizga tashkil etishi, 2023-2024 yillarda esa 5 foizgacha pasayishi kutilmoqda. Makroiqtisodiy rivojlanishning muqobil ssenariysi shartlari sifatida jahonda pandemiya bilan bog‘liq vaziyatning keskinligicha qolishi sababli tashqi sharoitlarning noqulay shakllanishi va iqtisodiy faollikni pasayishi kabi ehtimollar asos qilib olingan. Ushbu ssenariy bo‘yicha yalpi ichki mahsulot hajmining real o‘sishi 2022 yilda 3-4 foiz atrofida bo‘lishi mumkin. Vaziyatning normal fazaga o‘tishi bilan 2023 yildan iqtisodiy faollik va yalpi talabning tiklanishi kuzatilib, 2023 yilda 4,8-5,8 foizni va 2024 yilda 5,5-6,5 foizni tashkil etishi taxmin qilinmoqda. Bunda, ichki iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlash uchun 2022 yilda ham fiskal rag‘batlantirishlar davom ettiriladi va umumiy fiskal taqchillikning YaIMga nisbati 4-5 foiz atrofida bo‘lishini taqozo etishi mumkin. Fiskal konsolidatsiya 2023 yildan boshlanib, fiskal taqchillikning YaIMga nisbati 2023 yilda 3-4 foizgacha, 2024 yilda esa 2,0-2,5 foizgacha pasayishi baholanmoqda. Download 342 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling