Davlatning moliyaviy siyosati


Moliyaviy siyosatning prinsiplari


Download 377.37 Kb.
bet3/6
Sana18.11.2023
Hajmi377.37 Kb.
#1785356
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
moliyaviy-siyosati таркибий қисмлари

2. Moliyaviy siyosatning prinsiplari

Moliyaviy siyosat moliyaning o'zida bevosita mujassam bo'lgan boshqaruvning salohiyatli imkoniyatlarini, ishning aniq metodlari, moliya tizimi (boshqaruv sub’ektlari) organlarini tashkil qilish bilan bir joyga bog'lashga imkon beradi.

Dunyoning barcha mamlakatlarida moliyaviy siyosat moliya tizimi orqali amalga oshirilib, uning faoliyati quyidagi prinsiplar asosida quriladi:


moliya tizimi bo'g'inlarining o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olib moliyaviy boshqaruvni amalga oshirish;
barcha moliyaviy muassasalar funksiyalarining umumiyligi;
barcha quyi boshqaruv organlarining faol ishtirokida markazdan umumiy boshqarish.

Moliyaviy siyosatni amalga oshirishning asosiy metodologik prinsiplari quyidagilardan iborat:


oxirgi maqsadga bog'liqlik;
xo'jalikdagi barcha tarmoqlaming makroiqtisodiy mutanosibligi;
jamiyat a’zolarining manfaatlariga muvofiqligi;
haqiqiy imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlarni hisobga olish.

Moliyaviy siyosatning mazmuni u qamrab oladigan moliyaviy munosabatlar rivojlanishi yo'nalishlarining umumiy ko'lami bilan belgilanadi. Ularning tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin:

  • moliyaviy siyosatning umumiy konsepsiyasini (maqsadlari, prinsiplarini, vazifalarini, amalga oshirish bosqichlari va eng samarali metodlarini) ishlab chiqish;
  • makrodaraja va bozor iqtisodiyoti sub’ektlari darajasida iqtisodiy o'sishni rag'batlantiradigan bozor iqtisodiyotining rivojlanishiga mos bo'lgan dinamik holdagi moliya mexanizmini shakllantirish;
  • markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan resurslar va moliyaviy oqimlarning samarali boshqarilishini oshirish bo'yicha choralar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish;

Moliyaviy siyosatni ishlab chiqishda moliyaviy resurslami taqsimlash va qayta taqsimlash negizida quyidagilami yotishi muhim ahamiyatga egadir:


taqsimlash munosabatlarining sub’ektlarini aniqlash, ya’ni moliyaviy resurslaming egalari va taqsimlovchilarini ajratish;
yuridik shaxslar va aholining o'z ehtiyojlarini qondirishdagi mustaqillik darajasi va davlatning funksiyalariga bog'liq ravishda davlat ixtiyoridagi moliyaviy resurslaming markazlashtirilish darajasini aniqlash;
birinchi darajali ijtimoiy ehtiyojlar va ularni qondirish choralarini tanlash va shularga mos ravishda moliyaviy resurslardan foydalanishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash;
moliyaviy resurslami shakllantirishning manbalari va metodlarini tanlash.

Download 377.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling